Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti 321-guruh talabasi Rayhona Nabijonovaning Gigiyena


Yorug’lik koeffitsienti va derazalarning qorong’ulanish darajasini aniqlash


Download 74.96 Kb.
bet2/7
Sana18.06.2023
Hajmi74.96 Kb.
#1559998
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Zamonaviy turar joylar va shaharlardagi yashash mavzelariga bo\'l

Yorug’lik koeffitsienti va derazalarning qorong’ulanish darajasini aniqlash.


Yorug’lik koeffitsienti-derazalar oyna solingan yuzasining pol maydoniga nisbatidir. Uni aniqlash uchun derazalarning oyna solingan qismi (kesakisi va panjarasidan tashqari) hamda pol maydonini o’lchanadi. Derazalar maydonini pol maydoniga bo’linadi. Masalan: xonada 2 ta derazaning oyna solingan yuzasi 2,1 m2 ni, pol maydoni yesa 13 m2 ni tashkil yetadi. Demak, yorug’lik koeffitsienti (YoK)=2,1:13. Suratda birni hosil qilish uchun kasrning surat maxrajini 2,1 ga bo’lamiz. Bunda YoK=1:6,2 bo’ladi.


Tabiiy yoritilganlik koeffitsientini (TYoK)ni aniqlash

Tabiiy yoritilganlikni aniqlash uchun xozirgi kunda sanitariya amaliyotida yorug’likni sezuvchan fotoelement (selen fotoelementi) va unga ulangan strelkali galvanometrdan iborat ob’yektiv lyuksmetrlar qo’llaniladi. Yorug’lik nurlari fotoelementga tushganda fotoelektr toki paydo bo’lib, u galvanometr strelkasini siljitadi. Yoritilish qancha intensiv bo’lsa, strelkaning og’ish burchagi shuncha katta bo’ladi. Galvanometr ko’rsatishlari yoritilganlikning lyukslardagi qiymatiga muvofiq keladi. Asbobda ikkita klemma: galvanometrni kichik yoritilganlik sharoitlarida (100 lk gacha) ishlatilganda ulash uchun va katta yoritilganlik sharoitlarida (1000 lk gacha) ishlatilganda ulash uchun klemmalar bo’ladi. SHunga muvofiq galvanometrning 0 dan 100 lk gacha shkalasi bor. Agar yoritilsh katta bo’lsa va galvanometr strelkasi shkaladan o’tib ketsa, bu holda fotoelementga yorug’lik oqimini 10 va 100 baravar susaytiradigan svetofiltrli qoplama kiygaziladi. Svetofiltrlarni qo’llash o’lchash chegaralarini kengaytirish imkonini beradi.


TYoKni aniqlash uchun lyuksmetr bilan ish joyidagi yoritilganlik (Yoi) va, ayni vaqtda, tashqi yoritilganlik (Yot) o’lchanadi. Bu nisbatni foizlarda ifodalab, TYoKni hisoblab chiqariladi.

TYoK=


Turar joy xonasidagi sun’iy yoritilganlik vatt metodi bilan aniqlanadi. Bunda xonadagi lampalar soni va ularning vattlardagi yakuniy quvvati hisoblanadi. Olingan qiymat xona maydoniga taqsimlanadi va lampalarning 1 m2 ga tushadigan vattlardagi solishtirma quvvati hosil qilinadi. Yoritilganlikni aniqlash uchun bu qiymatni «e» koeffitsientga ko’paytiriladi. Bu koeffitsient qanday miqdordagi lyukslar 1 Vt/m2 ga teng solishtirma quvvat berishini ko’rsatadi. (jadvalga qarang)



Download 74.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling