Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining davlatning soliq
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
5. Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining davlatning soliq
siyosatini qo‘llab-quvvatlash va himoya qilishda roli «Huquqbuzarlik» tushunchasi huquq nazariyasi tomonidan chuqur o‘rganilgan. Soliq sohasidagi huquqbuzarlikni ham shu asosda g‘ayriqonuniy aybli qilmish, harakat yoki harakatsizlik oqibatida o‘z majburiyatlarini qisman yoki to‘la bajarmaslik yuzasidan vujudga keladigan huquqiy majburiyat, soliq sohasidagi huquqbuzarlik subyekti huquqlarining buzilishi deb qabul qilinsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Soliq huquqbuzarligining yuridik tarkibi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: huquqbuzarlikning obyektiv tomoni, obyekti, huquqbuzarlikning subyektiv tomoni, subyekti. Shuningdek, yuridik tarkib soliq borasida huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun sanksiya (jarima) ko‘rinishidagi yuridik mas’uliyatni ham o‘z ichiga oladi. Huquqbuzarlikning obyektiv tomoni qonunga xilof xatti-harakatlarni (masalan, belgilangan tartibni buzgan holda soliq to‘lash obyektlari hisobini olib borish, bu, o‘z navbatida, tekshirilayotgan muddat ichida daromadlarni yashirishga olib keladi) yoki harakatsizlikni (masalan, soliq organlariga berilishi kerak bo‘lgan soliqlarni hisoblash hamda to‘lash uchun zarur hujjatlarni taqdim etmaslikni) o‘z ichiga oladi. Soliq huquqbuzarligining obyekti sifatida soliq huquqbuzari sodir etgan huquqbuzarlik tan olinadi, ya’ni soliq undirish, boj, turli yig‘imlar va soliq tizimiga birlashgan boshqa majburiy to‘lovlarni belgilash va undirish bo‘yicha yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlar hisoblanadi. 460 Bu munosabatlar soliq huquqi normalari bilan boshqariladi va ularning mazmunini ifodalaydi. Soliq huquqbuzarligining subyektiv tomoni ayblilikda ifodalanadi. Muayyan huquqbuzarlikka nisbatan olinganda qasddan yoki ehtiyotsizlik kabi ayb ko‘rinishlari qo‘llaniladi. Soliq huquqbuzarligining subyekti soliq to‘lovchi, uchinchi shaxslar va soliq organlari bo‘lishlari mumkin. Huquq nazariyasidan ma’lumki, soliq sohasida yuridik javobgarlik, ko‘zda tutilgan xatti-harakat soliq huquqbuzarligi deyiladi. Soliq huquqbuzarliklari uchun turli sanksiyalar ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga, ijtimoiy xavfli soliq huquqbuzarliklariga soliq jinoyatlari kabi jinoiy javobgarlik qo‘llaniladi (O‘zbekiston Respublikasi JKning 168, 179, 180, 181, 184-moddalari). O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 41-bobi «Yakunlovchi qonunlar»ida soliq munosabatlari subyektlarining javobgarligi (132- modda) xususida, lekin bu kodeksda «soliq huquqbuzarligi» tushunchasining ta’rifi, tavsifi berilmagan. Bizning fikrimizcha, agarda Soliq kodeksida «soliq huquqbuzarligi» tushunchasining ta’rifi berilganda, bunday xatti-harakatga jarimalarni belgilashda uning ahamiyati katta bo‘lur edi. Yuqorida keltirilgan fikrlar asosida soliqqa oid huquqbuzarliklar quyidagi guruhlarini ta’kidlash mumkin: 1. Soliq to‘lovchilarning huquq va erkinliklariga qarshi huquqbuzarliklar. Bu guruh soliq to‘lovchining xo‘jalik faoliyatida qonunlarga xilof ravishda qarshilik ko‘rsatishini o‘z ichiga oladi. Bu quyidagilarda, ya’ni soliq organlari mansabdor shaxslarining tadbirkor- larni soliq hisob-kitobiga qo‘yishga g‘ayriqonuniy e’tirozi mavjudligida, soliq to‘lovchining bankdagi hisob raqamlari orqali o‘tkaziladigan operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yishida yoki soliq to‘lovchi mulkini g‘ayriqonuniy «hisobga» olishda, hisob-kitob harakatlarini, hisobot hujjatlarini o‘zgartirish, kengaytirish, ko‘paytirish bo‘yicha asossiz talablari borligida va boshqalarda o‘z ifodasini topadi. Soliq to‘lovchining huquq va erkinliklariga qarshi qaratilgan huquqbuzarliklarga soliq sohasidagi sirlarni oshkor etish, ya’ni qonun yo‘li bilan soliq sirlarini tashkil qilgan soliq organining lavozim egasi yoki o‘z kasbiy yoki lavozimiga oid majburiyatlarni bajarish chog‘ida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan axborotlarni g‘ayriqonuniy ishlatish yoki o‘zga shaxsga berish kiradi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling