Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
2. Budjetning daromad qismini to‘ldirishga qarshi huquqbuzarliklar.
Ushbu huquqbuzarlikning asosiy subyekti sifatida uchinchi shaxslar 461 yuzaga chiqadi. Amaliyotda soliq munosabatlarining bu ishtirokchilari qonun talablariga to‘la rioya qilmaydilar. Ular tomonidan sodir etilgan huquqbuzarliklarga soliq va jarimalar bo‘yicha to‘lanmagan qoldiq summalarini olish talablarining buzilishi, ya’ni bank yoki kredit tashkiloti tomonidan soliq organlari yoxud sud qarori orqali to‘lanadigan summalarning umuman o‘tkazilmaganligi yoki o‘z vaqtida o‘tkazilma- ganligi kiradi. Budjetning daromad qismini to‘ldirmaslikka qaratilgan huquqbuzar- liklar ichida eng ko‘p tarqalgani soliq to‘lashga mo‘ljallangan mablag‘larni noqonuniy ishlatishdir. Bu huquqbuzarlik bank yoki kredit tashkilotlarning soliq to‘lovchilardan tushgan soliq miqdorlarini o‘tkazmaslik yoki muddati buzilib o‘tkazishlarda ifodalanadi. 3. Soliq tizimiga qarshi huquqbuzarliklarga quyidagilar kiradi: – asossiz ravishda qonunlarda ko‘zda tutilmagan hollarda soliq to‘lashdan ozod qilish (imtiyozlar tizimini yaratish yoki qonunlarda belgilanmagan yoki boshqa hollarda mansabdor shaxslarga berilgan vakolatlardan noto‘g‘ri foydalanish); – noqonuniy soliqni kiritish yoki belgilash; – noqonuniy soliqlarni undirish (to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita majburlov yo‘li bilan soliq undirish, ya’ni qonunlar bilan belgilanmagan yoki kiritilmagan soliqlarni to‘lashga undash hamda g‘ayriqonuniy katta hajmdagi soliqlarni to‘lashga majbur qilish. Shu bilan birga, qonunlarda belgilangan muddatlardan oldin soliq to‘lashga majbur qilish ham ushbu guruhga mansubdir). 4. Soliq to‘lash majburiyatlariga qarshi huquqbuzarliklarda quyidagi turlarni, xususan, soliqni to‘lamaslik yoki o‘z vaqtida to‘lamaslik hamda soliqlar bo‘yicha imtiyozlardan g‘ayriqonuniy foydalanishni ta’kidlash mumkin. Imtiyozlarni noto‘g‘ri belgilash, soliq organlariga imtiyozli soliqlar to‘lash uchun tegishli hujjatlarni, asoslanmagan ma’lumotlarni soliq organlariga topshirishlar g‘ayriqonuniy imtiyozlar hisoblanadi. 5. Soliq to‘lovchining majburiyatlarini bajarish kafolatlari tizimiga qarshi huquqbuzarliklar quyidagilardan iborat: – soliq to‘lovchining g‘ayriqonuniy hisob-kitobni ochishi; – soliq to‘lovchiga g‘ayriqonuniy ravishda hisob-kitobni ochish; – kassa intizomining buzilishi (qonunda belgilangan tartibdan chetga chiqib naqd pullarni qabul qilish, saqlash va ulardan foydalanish qoidalarining buzilishi); 462 – g‘ayriqonuniy hisob-kitoblar (naqd pullar bo‘yicha operatsiyalar- ning qonunlarda belgilangan miqdorlarini buzib amalga oshirish); – soliq to‘lovchi haqidagi axborotlarni soliq organlariga berishdan bo‘yin tovlash. 6. Buxgalteriya hisobi, buxgalterlik hamda soliq hisobotlarini tuzish, buxgalteriya hisobini olib borish borasida sodir etilgan huquqbuzar- liklarga: – buxgalteriya hisobini yuritish tartibiga rioya qilmaslik bilan bog‘liq jinoyat (xo‘jalik operatsiyalarini hujjatlashtirish hamda ularning buxgal- terlik registrlarida ifodalanish qoidalarini buzish); – buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining aniqligi va haqqoniyligini ta’minlamaslik; – buxgalteriya hisobi va soliq hisobotini tuzish tartibini buzish (soliq organlariga buxgalteriya va soliq hisobini belgilangan ko‘rinishda va normativ hujjatlarda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni taqdim etmaslik); – buxgalteriya va soliq hisobotlarini taqdim etishdan bo‘yin tovlash (belgilangan muddatlarda yoki soliq organlari talabi bo‘yicha buxgalteriya va soliq hisobotini taqdim etishdan qasddan bir necha marotaba bo‘yin tovlash) kiradi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling