1-mavzu: “Bank faoliyti statisikasi” fanining predmeti, metodi va vazifalari


Download 41.89 Kb.
bet1/4
Sana13.11.2023
Hajmi41.89 Kb.
#1770046
  1   2   3   4
Bog'liq
1-maruzaBFS (4)


1-mavzu: “Bank faoliyti statisikasi” fanining predmeti, metodi va vazifalari

Reja:
1.1.“Bank faoliyati statistikasi ” faniga kirish.


1.2.“Bank faoliyati statistikasi ” fanining predmeti, metodi va vazifalari.

Asosiy tushunchalar: bank statistikasi, bank menejmenti, bank marketingi, statistik kuzatish, bank tizimi, buxgalteriya hisobi, kredit, tahlil, hisob-kitob, kredit muassasalari


1.1. “Bank faoliyati statistikasi ”
faniga kirish
Mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi uchun banklar samarali faoliyat ko'rsatishlari lozim. Chunki, ular davlat korxonalarini moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlaydilar, xususiy shaxslarni moliyalashtiradilar va davlatning pul-kredit siyosatini amalga oshishini taъminlaydi.
Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo'yicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta ko'rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy maъlumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi "Oliy taъlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2909-son qarori qabo'l qilindi.
Mazkur qarorga binoan oliy taъlim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy taъlim muassasalarining maqsadlaridan biridir.
Bank statistikasi bo'yicha nazariy bilim berish, hamda bank tizimida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorlashdan iboratdir.
Shundan kelib chiqib:
 talabalar fanni o'rganish davrida har bir o'tiladigan mavzu bo'yicha o'qituvchi tomonidan so'raladigan “asosiy tushunchalar”, savollarga javob berib, tegishli masalani echa olishi;
 o'qish davrida yozma nazorat ishlarni bajarishi va referatlar tayyorlashi;
 fanni o'zlashtirish natijasida va kelajakda talaba bank faoliyatida bo'ladigan o'zgarishlarni tahlil qilishni bilishi lozim.
Mazkur uqo'v fanini o'rganish uchun talabalar “Pul va banklar”, “Bank ishi”, “Umumiqtisodiy nazariya” kabi fundamental bilimlarini egallamoqlari lozim. Shu bilan birgalikda “Bank faoliyati statistikasi ” fani “Bank ishi”, “Banklarda operatsion texnika va buxgalteriya hisobi”, “Bank menejmenti va marketingi “ kabi fanlar bilan bog'likdir.
“Bank faoliyati statistikasi ” o'quv fannini o'zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida talabalar qo'yidagi bilimlarga ega bo'ladilar:
 “Bank faoliyati statistikasi ” xaqida tushunchaga ega bo'lish;
 bank statistikasining asosiy maqsadini va muhimligini bilishi;
 statistik izlanishlar haqida tassavurga ega bo'lish;
 banklarda statistikani tashkil qilish asoslarini bilish;
 statistikaning asosiy vazifalari o'rganish;
 O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki statistika maъlumotlarni yigish va umumlashtiruvchi departamentlar haqida tushunchaga ega bo'lish;
 statistik izlanish asoslari va ko'rsatkichlar sistemasini bilishi;
 Naqd pulsiz hisob-kitoblar statistikasini bilishi;
 pul muomilasi statistikasining bank muassalarida tashkil qilish va uning asosiy vazifalarini bilishi;
 bank muassasalarida pul muomilasi bo'yicha statistik hisobotlar tuzishni o'rganishi;
 hisobotlarni tahlil qilishda asosiy ko'rsatkichlarini o'rganishi;
 qiska mudatli kreditlash statistikasi vazifalarini bilishi;
 kapital quyilmalar moliyalashtirish va kreditlash statistikasini o'rganishi.



Download 41.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling