Xizmatlar narxlari, Shartlari va ularni to'lash tartibi
Download 19.23 Kb.
|
SHARTNOMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. SHARTNOMANI OZGARTIRISH VA BEKOR QILISH UCHUN ASOSLAR
- 7. IJROCHI VA BUYURTMACHINING JAVOBGARLIGI
- 8. SHARTNOMANING MUDDATI
4.2.9. Ijrochining shartnoma tuzishi uchun talab etgan tegishli hujjatlarni taqdim etish majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi. XIZMATLAR NARXLARI, ShARTLARI VA ULARNI TO'LASH TARTIBI 5.1. Xizmat narxi 1-ilovada ko'rsatilgan narxlar ro'yxatiga muvofiq 1 100 000 ( bir million bir yuz ming) so’m deb belgilandi. 5.2. To'lovlar oldindan 30%i shartnoma muddati yakunida qolgan 70%i pul ko’chirish orqali amalga oshiriladi. 5.3. Xizmat narxlarini oshirish Ijrochi tomonidan o'quv xarajatlarining oshishi (arenda va kommunal to’lovlarning ko’tarilishi, ta'lim jarayonini ta'minlaydigan tashkilot (mutaxassis) ish va xizmatlari narxlarining oshishi) va/yoki inflyatsiya jarayonlari (iqtisodiyotdagi vaziyatni hisobga olgan holda) bilan bog'liq ravishda, bir tomonlama amalga oshiriladi. 5.4. Xizmat narxining o'zgarishi Ijrochi rahbariyatining buyrug'i bilan tasdiqlanadi, u 7 ish kun ichida tegishli ma'lumotlarni joylashtirish orqali Buyurtmachiga yetkaziladi. Shu bilan birga, yangi narxlar e'lon qilingan kunga qadar Buyurtmachi tomonidan to'lanadigan darslar qayta hisoblanmasligi kerak. 6. SHARTNOMANI O'ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH UCHUN ASOSLAR 6.1. Ushbu Shartnoma shartlari tomonlarning kelishuvi bilan o'zgartirilishi mumkin. 6.2. Ushbu Shartnoma Tomonlarning har ikkalasining iltimosiga binoan muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin, bu haqida tomonlar Shartnoma bekor qilinishining kutilayotgan sanasidan 7 ish kunidan kechiktirmay yozma ravishda xabar berilishi lozim. 6.3. Ushbu shartnoma Ijrochining tashabbusi bilan quyidagi hollarda bir tomonlama bekor qilinishi mumkin: 6.3.1. Buyurtmachning to'lovni 5 kundan ortiq kechiktirishi; 6.3.2. Buyurtmachining shartnoma 3.2.12 , 3.2.13 va 3.2.18 bandlarigi harakatlari (harakatsizligi) natijasida Ijrochining ta'lim xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha majburiyatlarini to'g'ri bajara olmasligi. 6.3.3. Buyurtmachi tomonidan shartnoma 3.2.7.bandi qoidalarning takroran buzilishi. 6.3.4 Buyurtmachi ta’lim olayotgan kursidagi oraliq imtihonlardan 2 marta ketma ket yiqilsa ushbu kursdan chetlatiladi va ijrochi qayta o’qitish vakolatini olmaydi. 6.4. Buyurtmachining tashabbusi bilan shartnoma bekor qilingandan so'ng, Ijrochi Buyurtmachiga ushbu shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarish bilan bog'liq bo'lgan xizmatlarni va haqiqatda qilingan xarajatlarni (kurs o’quvchilari ularga ajratilgan joy va o’qituvchi maoshini hisobga olgan holatda keyingi oylar uchun to’langan to’lovini 50% miqdorida kompentsatsiya sifatida ushlab qolinadi.) olib tashlagan holda, shartnomani bekor qilgan kundan boshlab 7 (yetti) bank kuni ichida to'lov miqdorini qaytaradi. Agar Buyurtmachi bir oy davomida to’rtta darsda qatnashgan bo'lsa, to'lov qaytarilmaydi. 6.5. Agar ta'lim xizmatlarini ko’rsatishda kamchiliklar aniqlansa yoki Ijrochi xizmat ko'rsatish shartlarini (xizmatni ko'rsatish boshlanishi va (yoki) tugashi shartlari) buzgan bo'lsa, Buyurtmachi o’z tanloviga ko’ra: ko'rsatilgan xizmat bo’yicha kamchiliklarni bartaraf etishni talab qilish yoki Shartnomani bajarishni rad etish agarda xizmat kamchiliklari 7(yetti) kun ichida Ijrochi tomonidan bartaraf etilmasa, o’tilmagan darslar uchun to'lov miqdorini talab qilish. 7. IJROCHI VA BUYURTMACHINING JAVOBGARLIGI 7.1. Shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun Tomonlar Shartnoma va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bo'yicha javobgar bo'ladilar. 7.2. Guruhdan chetlatilgan va yakuniy imtihonlardan o‘ta olmagan, darslarni yaxshi o‘zlashtira olmagan o‘quvchilar tegishli predmet/programmani qayta o‘qish uchun Xizmat narxi 1-ilovada ko'rsatilgan narxlar(to’lovlar)ning 50%ni qayta amalga oshirgan holda o‘qishlari mumkin. 8. SHARTNOMANING MUDDATI 8.1. Ushbu Shartnoma Tomonlar tomonidan tuzilgan kundan boshlab kuchga kiradi va Tomonlar o'z majburiyatlarini to'liq bajarmaguncha amal qiladi. 9. FORS-MAJOR VA BOSHQA HOLATLAR 9.1. Ushbu Shartnoma tuzilgandan keyin Tomonlar oldindan ko'ra bilmagan va oqilona choralar bilan to'sqinlik qila olmagan holda yuzaga kelgan Favqulodda hodisalar natijasida Shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini qisman yoki to'liq bajarmaganligi uchun javobgarlikdan ozod qilinadi. Favqulodda xarakterga ega bo'lgan bunday hodisalarga quyidagilar kiradi: embargo, epidemiya, zilzila, yong'in, toshqin va boshqa tabiiy hodisalar, davlat organlari tomonidan yangi qonun hujjatlari, qonunosti ko'rsatmalar, qoidalar, xatlar qabul qilinishi, shuningdek hokimiyat organlarining aralashuvi yoki taqiqlovchi harakatlari. Bunday holda, Shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarish muddati bunday holatlar va ularning oqibatlari davomiyligiga mutanosib ravishda keyinga qoldiriladi. 9.2. Ushbu shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarish imkonsizligi yuzaga kelgan Tomon, yuqoridagi holatlarning paydo bo'lishi, kutilayotgan davomiyligi va bekor qilinishi to'g'risida boshqa tomonga darhol 5 kun ichida yozma ravishda xabar beradi. Download 19.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling