Reja: Pul tizimi va uning mazmuni


Download 174.5 Kb.
Sana07.10.2023
Hajmi174.5 Kb.
#1694741
Bog'liq
Pul tizimi mazmuni, turlari va elementlari


Pul tizimi: mazmuni, turlari va elementlari
Reja:

1.Pul tizimi va uning mazmuni


2.pul tizimi shakllar va ularning evolyutsiyasi, bimetalizm, monometalizm
3.Oltinga almashdigan kredit pullar tizimi
4.Pul tizimi elementlari
5.Bazai xorijiy davlatlar pul tizimining o’ziga xos xususiyatlari
6.O’zbekiston Respublikasi pul tizimi barqarorligini ta’minlash yo’llari

XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida tovar – pul munosabatlarining


rivojlanishi, xalqaro va mahalliy valyuta bozorlarining vujudga kelishi,
shuningdek, davlatchilik asoslarining mustahkamlanishi davlat tomonidan pul
muomalasini tartibga solishning zaruriyatini keltirib chiqardi. Davlat tomonidan
pul muomalasini amalga oshirish tartibini belgilashda mamlakat tarixi, siyosiy
holati, milliy an’analari hamda uning iqtisodiy salohiyati muhim ahamiyat kasb
etadi.
Pul tizimi – bu mamlakatda pul muomalasini amalga oshirishning shakli
bo‘lib, uning asosini milliy valyuta tashkil etadi va milliy valyuta orqali tartibga
solinadi.
Pul tizimi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
1.pul tizimini tashkil etish tamoyillari;
2.pul birligi;
3. baho masshtabi;
4. pulning turlari;
5. pul birliklari va belgilarini emissiya qilish tartibi va ularning
ta’minlanganlik asoslari;
6. pul muomalasini tartibga solishning usullari;
7. mamlakatda pul oborotining tarkibi va uni tashkil etish.
Pul tizimini tashkil etish tamoyillari –pul tizimini tashkil etishning asosiy
elementlaridan hisoblandi. Pul tizimini tashkil etishda davlat tomonidan pul
tizimini tashkil etishning tartib vaqoidalari nazarda tutiladi. Ta’kidlash joizki,
bozor iqtisodiyoti amal qilayotgan barcha mamlakatda muomalaga pul
belgilarini emissiya qilish, bank tizimining tarkibi bir – biriga o‘xshasada har
bir mamlakatda pul – kredit va moliya siyosatini amalga oshirishning o‘ziga
xos tamoyillari mavjud. Ushbu tamoyillarning asosiylari quyida keltirilgan.
Pul tizimini markazdan boshqarishi tamoyili. Pul tizimini boshqarishning
ushbu tamoyili mamlakatni ma’muriy – taqsimlash modeliga xos bo‘lib, bu
jarayonda barcha pul munosabatlari tegishli ko‘rsatma va reja asosida amalga
oshiriladi. Mamlakatda faoliyat yuritadigan barcha banklar va ularning filiallari
davlat ixtiyorida va nazorati ostida faoliyat yuritadi. Muomalada pul massasini
tartibga solish tegishli reja va derektiv ko‘rsatmalar orqali bajariladi.
Pul tizimini talab va taklif asosida tartibga solish tamoyili. Pul tizimini
tashkil etishning ushbu tamoyilida asosiy e’tibor milliy valyutaning sotib
olishqobiliyatini mustahkamligi va inflyatsiya darajasining normal me’yoriga
qaratiladi.
Mamlakat Markaziy banki mustaqil ravishda pul – kredit siyosatini amalga
oshiradi, kredit muassasalari Markaziy bank tomonidan belgilangan tegishli
iqtisodiy normativlarga rioya etgan holda o‘zining faoliyatini tashkil etadi.
Pul birligi. Pul birligi va uning nomi hukumatning tegishli qonun va
me’yoriy hujjatlari asosida belgilanadi. Qonun va tegishli me’yoriy hujjatlar
asosida belgilab qo‘yilgan pul belgilari mamlakatda yagona to‘lov vositasi
vazifasini bajaradi. Mamlakat iqtisodiyotida muomalada bo‘lgan pul birligi
o‘zining nomiga ega bo‘ladi. Milliy valyutaning nomi barcha mamlakatlarda
turlicha nomda yuritiladi. Masalan, AQShda dollar, Buyuk Britaniyada funt
sterling, Xitoyda yuan va boshqalar (quyidagi jadvalda jahon mamlakatlarining
pul birliklarining nomlari keltirilgan).
Pul tizimining turlari
Kishilik jamiyatining vujudga kelishi, rivojlanishi va takomillashuvi
barobarida tovar – pul munosabatlari ham shunga monand holda rivojlanib va
takomillashib kelmoqda. Shuningdek, pul tizimi ham mavjud ijtimoiy –
iqtisodiy jarayonlar davomida ikki turdan iborat bo‘ldi. Xususan:
– metall pullar tizimi, bunda tovar pul (qimmatbaho metall) muomala
vositasini bajaradi, metall pullar to‘lov vositasini bajarganda ularda pulning
barcha funktsiyalari namoyon bo‘ladi;
– qog‘oz – kredit pullar tizimi, oltin va kumush tanga pullar evolyutsion
tarzda qog‘oz – kredit pullari tomonidan muomaladan siqib chiqarildi.
Metall pullar tizimi sharoitida metall qanday shaklda bo‘lishidan qa’tiy
nazar, to‘lov vositasi sifatida qabul qilindi. Metall pullar tizimi ikkiga bo‘linib,
birinchisi, bimetallizm, ikkinchisi, monometallizm sifatida guruhlanadi.
Bimetallizm– bu pul tizimida davlat qonuniy jihatdan to‘lov vositasi ikkita
metallni (odatda oltin va kumush) chegaralanmagan miqdorda erkin zarb
qilishga ruxsat beradi.
O‘z navbatida bimetllizm tizimi uchta shaklda amal qildi:
– birinchidan, parallel valyuta tizimi, ushbu metall pullar o‘rtasidagi
munosabat ularning bozor bahosidan kelib chiqqan holda stixiyali ravishda
o‘rnatildi;
– ikkinchidan, ikkiyoqlamali valyuta tizimi, metall pullar o‘rtasidagi
munosabat davlat tomonidan belgilandi va shuning asosida oltin va kumush
tangalar zarb qilindi;
– uchinchidan, «oqsoq» valyuta tizimi – ushbu tizimda oltin va kumush
tangalar qonuniy to‘lov vositasi sifatida xizmat qildi, lekin kumush tangalar
yopiq holda, oltin tangalar esa erkin zarb etildi. «Oqsoq» valyuta tizimi
deyilishiga sabab kumush tangalar ushbu davrda to‘laqonli valyuta sifatida
umum ekvivalent rolini amalga oshirmaydi.
Muomalada ikkita metall pulning vazifasini bajargan paytda ular o‘rtasida
bahoni aniqlashda muammolar va ziddiyatli holatlar vujudga keldi. Shu bilan
birga, pul tizimining bimetllizm shakli beqaror va bir – biriga o‘zaro qarama –
qarshi edi. Shuningdek, rivojlangan tovar – pul munosabatlari sharoiti
talablariga yetarli darajada javob bermas edi.
Pul tizimining bimetallizm shakli hukm surgan davri asosan XVI – XVII
asrlarga to‘g‘ri keladi. Yevropa mamlakatlarida 1866 yillarda bimetallizm pul
tizimini saqlab qolish maqsadida kumushning qiymatini oltinga nisbati rasmiy
belgilab qo‘yildi. Unga ko‘ra, o‘sha paytda kumush va oltin o‘rtasida
munosabat 15,5:1nisbatda o‘rnatildi. XIX asrning o‘rtalarida ushbu tenglik
o‘rtasida farq kengayib 22:1 tartibda belgilandi. Buning natijasida oltin va
kumush tangalar muomaladan chiqib, boylik jamg‘armasini bajara boshladi.
Jamiyatda tovar – pul munosabatlarining rivojlanishi va ijtimoiy – iqtisodiy
yagona umumekvivalent vazifasini bitta metall pul bajarish zarurligini
ko‘rsatdi. Buning natijasida monometallizm pul tizimi shakllandi.
Monometallizm pul tizimi sharoitida – bitta qimmatbaho metall (oltin va
kumush, asosan oltin) umum ekvivalent vazifasini bajardi. Shu bilan birga, pul
timizining monometallizm davrida muomalaga oltin tangalarga maydalanadigan
boshqa pul belgilari (xazina biletlari, banknotlar va mayda monetalar) ham kirib
kela boshladi.
Xalqaro valyuta – kredit munosabatlarini amalga oshirishda XIX asrda to‘liq
va XX asrning boshlarigacha muomalada oltin asosiy rol o‘ynadi. Oltin
standartining rivojlangan davri 1880 – 1914 yillarga to‘g‘ri keladi.
Monometallizm o‘z navbatida oltin tanga, oltin quyma va oltin deviz
standartini o‘z ichiga olar edi.
Oltin tanga standarti tovarlarning bahosi oltinda ifodalanadi, mamlakat
bozorlarida oltin to‘lov vositasini bajaradi va erkin ravishda zarb etiladi. Oltin
pulning barcha funktsiyalarini bajaradi. Oltin tanga standarti sharoitida pul
tizimi talab va taklif asosida tartibga solinib, muomaladan ortiqcha bo‘lgan
oltin tanglar “avtomatik ravishda” jamg‘armaga yo‘naltirildi, muomalada
qo‘shimcha to‘lov vositasiga ehtiyoj tug‘ilganda ular jamg‘armadan
muomalaga qaytariladi. Oltin tanga standarti sharoitida mamlakatda pul tizimini
tashkil etish silliq va samarali tarzda amalga oshirildi, biroq kishilarning tovar
moddiy qiymatlarga bo‘lgan talabining hajmi iqtisodiyotdagi mavjud oltin
zaxiralari hajmidan sezilarli darajada ortib bordi, shuningdek, oltin tanga
standarti sharoitida Markaziy banklarda ma’lum darajadagi oltin zaxiralarini
shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqardi.
Oltin tanga standartining asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat edi:
– oltin tangalarni qat’iy o‘rnatilgan qiymatlarda erkin ravishda zarb etish;
– o‘zining qiymatini oltinda ifoda etadigan pullarni maydalash;
– oltinning mamlakatlar o‘rtasida erkin ayirboshlanuvi;
– oltin pulning barcha funktsiyalarini bajarishi.
Birinchi jahon urushi juda katta miqdordagi moliyaviy xarajatlarni vujudga
kelishiga sabab bo‘ldi, buning natijasida hukumat byudjet taqchilligini qoplash
maqsadida muomalaga qog‘oz pullarni emissiya qildi. Bu o‘z navbatida birinchi
jahon urushida ishtirok etgan barcha mamlakatlarda (AQShdan tashqari) oltinni
qog‘oz pullarga almashtirish va xorijga olib chiqib ketish qonunan ta’qiqilab
qo‘yildi. Birinchi jahon urushidan keyin, birorta mamlakat oltin tanga
standartiga qaytish imkoniyatini qila olmadi. 1920 yillarda qator mamlakatlarda
oltin quyma standarti joriy etildi.
Oltin quyma standarti sharoitida banknotalar davlat tomonidan o‘rnatilgan
summada oltin quymalarga ayirboshlanadi, oltin quyma standarti sharoitida
muomalada oltin tangalarning to‘lov vositasi sifatida harakati va erkin zarb
qilinishi amal qilmaydi. Oltin quyma standartlari asosan oltin zaxiralariga boy
bo‘lgan AQSh, Angliya, Frantsiya va Yaponiyada hukm surdi. Unga ko‘ra
muomalaga oltin tangalarning erkin zarb qilinishi barham topib, pullarni oltinga
almashtirish quyilmalarning qiymati asosida chegaralanib qo‘yildi. Masalan,
Buyuk Britaniyada bir oltin quyilmasi 12,4 kg.ga to‘g‘ri kelar edi. Ushbu
quyilmani olish uchun 1700 funt sterling zarur edi. Frantsiyada bir quyilma
12,7 kg bo‘lib, ushbu quyilma 215 ming franka baholanar edi. Katta miqdorda
oltin zaxiralariga ega bo‘lmagan mamlakatlarda (Avstraliya, Germaniya,
Daniya, Norvegiya va boshqalar) oltin deviz standarti amal qilar edi. Oltin
deviz standarti joriy etilgan mamlakatlarda milliy valyutalar devizlarga, ya’ni
oltinga erkin almashadigan chet el valyutalariga ayirboshlanishi joriy etildi.
Buning natijasida bir mamlakatning ikkinchi mamlakatga valyutaviy bog‘liqligi
vujudga keldi. 1929 – 1933 yillarda yuz bergan butunjahon iqtisodiy inqirozi
natijasida oltin monometallizmining barcha shakllari amal qilish faoliyatini
to‘xtatdi, AQSh dollarining oltinga nisbatan pariteti saqqlanib qoldi. 1930
yillardan boshlab xalqaro va mahalliy hisob – kitoblarda qog‘oz – kredit pul
tizimi faoliyat yurita boshladi.
Ushbu tizimning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat edi:
– oltinning umumekvivalent sifatida muomaladagi harakati to‘xtatildi,
banknotlarning oltinga ayirboshlanishi va maydalanishi barham topdi, oltin
ichki va tashqi oborotdan chiqib zaxira sifatida saqlanadigan bo‘ldi;
– banklarning kredit operatsiyalari asosida muomalaga naqd va naqdsiz pul
belgilari chiqarildi;
– pul oborotining asosiy ulushini naqd pulsiz hisob – kitoblar egallay
boshladi;
– davlat tomonidan pul muomalasini tartibga solish kuchaytirildi, iqtisodiyotda
pul muomalasini tartibga solishning instrumentlari ishlab chiqildi.
Qog‘oz – kredit pullar tizimi. Qog‘oz – kredit pullar tizimining evolyutsion
rivojlanishi, iqtisodiyotning globallashuvi va xalqaro mehnat taqsimotining
chuqurlashuvi sharoitida pul oborotini vaqtdan va moliyaviy jihatdan yanada
tejamliroq bo‘lishini, shuningdek, uni samaraliroq ishlashini ta’minlamoqda.
Agar dastlabki qog‘oz pullar taxminan X asrning oxiri XI asrning boshlarida
muomalaga chiqarila boshlangan bo‘lsa, 1930 yillarning oxiriga kelib ular
qatorida kredit pullari to‘lov hisob – kitob va pul aylanmalarini amalga
oshirishda ishtirok eta boshladi. Bu o‘z navbatida iqtisodiyotda pul – kredit
siyosatini amalga oshirish va pul muomalasini tashkil etishga ijobiy ta’sir
ko‘rsata boshladi.
Iqtisodiyotning rivojlangan hozirgi davrida pulning asosiy turlari banklarning
kredit biletlari (banknotlar), tangalar, pul cheklari, elektron–plastik
kartochkalar, hisob raqamlarda yozuvda aks ettirilgan pullar hisoblanadi.
Muomalaga pullarni emissiya qilish Markaziy bankka yuklatilgan. Markaziy
bank «banklarning banki» sifatida kredit resurslarini shakllantirish va ushbu
resurslarni naqd va naqd pulsiz ko‘rinishida muomalaga chiqarishi mumkin.
Markaziy bank tomonidan muomalaga chiqarilgan naqd pullar uning
majburiyati bo‘lib, tijorat banklari ushbu pullarni muomalada aylanishini
ta’minlaydi. Tijorat banklari qog‘oz – kredit pullarni Markaziy bankdagi
vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘lari doirasida ishlatishi mumkin.
Pulning metallik nazariyasi
Pulning metallik nazariyasi XVI– XVII asrlarda dastlab kapitalning boylik
sifatida jamg‘arish, kapitalistik tuzumning shakllanishi va rivojlanishi
sharoitida vujudga keldi. Agar, kapitalizm natural – feodal tuzum sharoitida
rivojlanib uning asosini bozor munosabatlari tashkil etishini e’tiborga olsak,
pulning metallilik nazariyasi kishilik jamiyatining natural – feodal tuzumi
davriga borib taqaladi.
Ma’lumki, pul birligining sotib olish qobiliyati metall asosida aniqlanadi,
metall tangalar o‘zida pulning haqiqiy qiymatini aks ettirib, ulardan tanga
(moneta)lar zarb etilgan. Shu bois ham metall pul nazariyasini qo‘llab –
quvvatlovchi iqtisodiy nazariyachilar vakillari qog‘oz pul nazariyasini inkor
etadilar. Metall pul nazariyasi vakillari ushbu ta’limotni yoqlab chiqqanlarida
asosan nodir metallarni, ya’ni kumush va oltin tangalarni nazarda tutadilar.
Ularning ta’limotida kumush va oltin tangalar real qiymatni aks ettiruvchi
haqiqiy pul bo‘lib, ular o‘z qiymatlarini yo‘qotmaydilar. Shu bilan birga,
kumush va oltin pullar ayirboshlash munosabatlarida real qiymatlari asosida
ishtirok etib, iqtisodiyotda inflyatsiya muammosini keltirib chiqarmaydi, deya
ta’kidlaydilar. Dastlab pulning metallik nazariyasi angliya iqtisodiy
nazariyachilarining ta’limotlarida paydo bo‘lgan. pul nazariyasi tarafdorlari
sifatida U.Stafford(1554 – 1642) T.Men (1571 – 1641), D.Nors (1641 –
1691)larni ta’kidlash mumkin. Ularning pul nazariyasi asosida metall pullar
ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlari sharoitida tabiiy ravishda vujudga
keladigan jarayon sifatida emas, balki metall pullarni vujudga kelishini kishilik
jamiyatining ma’lum davrida shakllangan, rivojlangan va chuqurlashib
borayotgan ayirboshlash natijasi sifatida qarashgan. Metall pul nazariyasining
taniqli asoschilari sifatida Fransua Kene va Adam Smitlar ekanligini ta’kidlash
maqsadga muvofiq. Klassik maktabining fiziokratlar yo‘nalishining asoschisi
Fransua Kene o‘zining ishlab chiqarish va takror ishlab chiqarish
munosabatlariga bag‘ishlangan asarida metall pul nazariyasiga yetarlicha
e’tibor qaratadi.
Xususan, u takror ishlab chiqarish qo‘shimcha xarajat (investitsiya)lar
hisobiga uzluksiz yangilanib turadi. Qo‘shimcha xarajatlar metall ko‘rinishida
pullar hisobiga amalga oshirilib, metall pullar ishlab chiqaruvchi va iste’molchi
o‘rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda
ayirboshlash vositasi sifatida ishtirok etadi, iste’mol qiymatiga ega bo‘lgan
tovarlar ayirboshlash jarayonida bir marta ishtirok etganidan so‘ng ushbu
jaryonni tark etadi va iste’mol qilinadi. Biroq, pullar esa ayirboshlash
jarayonida takror va takror ishtirok etadi, aynan shu jarayonda pullarning metall
tangalardan iborat bo‘lishi, birinchidan ular o‘zining dastlabki xossasini
yo‘qotmaydi, ikkinchidan ularda pulning haqiqiy qiymati o‘z aksini topgan
ta’limot asosida metall pul nazariyasini yoqlab chiqadi.
Klassik maktabning asoschisi, taniqli ingliz iqtisodchisi Adam Smit bozorda
ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlar
«ko‘rinmas qo‘l» qoidalari va «tabiiy tartiblash» tizimi yordamida amalga
oshiriladi, aynan shu munosabatlarda metall tangalar ushbu jarayonni amalga
oshirishda muhim moliyaviy mexanizm sifatida ishtirok etadilar, degan
ta’limotni ilgari suradi. Ularning nazdida “ko‘rinmas qo‘l” talab va taklif bo‘lib,
ishlab chiqaruvchi o‘zi yaratgan moddiy ne’matlari bilan bozordagi taklifni
shakllantiradi, iste’molchi esa ma’lum darajadagi ehtiyojini qondirish uchun
qilgan harakati natijasida talabni vujudga keltiradi. Aynan mana shu jarayonda
tomonlarning manfaatlari bozorga taklif etilayotgan moddiy ne’matlar massasi
va ularni sotib olish uchun zarur bo‘lgan pul massasi o‘rtasidagi bog‘liqlik
natijasida o‘zining yechimini topadi. Agar iste’mol uchun taklif etilayotgan
tovar massasi pul massasiga nisbatan ko‘p bo‘lsa ularning bahosi pasayadi va
iste’molchining tanlov imkoniyatlari ortadi va aksincha. Adam Smitt va boshqa
metall pul nazariyasi tarafdorlari aynan mana shu jarayonda muomalada metall
tangalarning ishtirok etishi ishlab chiqaruvchilar tomonidan yaratilgan moddiy
ne’matlarning haqiqiy qiymatini xolisona baholashda qo‘l kelishi asosida metall
pul nazariyasini ilgari suradilar, chunki to‘lov vositasi sifatida metall tangalar
amal qilgan sharoitda bozorga taklif etilayotgan moddiy ne’matlar hajmi pul
hajmidan kam bo‘lganda, metall tangalarning ortiqcha qismi pul sohibi
tomonidan moddiy boylik sifatida jamg‘armaga yo‘naltiriladi, ya’ni metall
tangalar (asosan oltin, kumush tangalar nazarda tutilayapti) kam miqdorda
taklif etilayotgan tovar va moddiy ne’matlar qiymati (bahosi)ni sun’iy ravishda
ortib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Buning asosiy sababi metall pullar haqiqiy
qiymatga ega bo‘lib, kelgusida ham ular o‘zining qiymatini yo‘qotmasligi pul
sohibiga katta ishonch bag‘ishlaydi va avtomatik ravishda bozordagi talab va
taklifga qarab ma’lum davrda to‘lov vositasi sifatida, ma’lum davrda esa
moddiy boylik sifatida namoyon bo‘ladi.
Bizning nazarimizda, metall pul nazariyasi tarafdorlarining asosiy yutuqlari
ham shunda bo‘lib, muomalada metall pullar to‘lov vositasi vazifasini bajargan
paytda iqtisodiyotda inflyatsiya muammosi vujudga kelmagan, shu bilan birga
davlat tomonidan pul – kredit siyosatini amalga oshirish va tartibga solish kabi
masalalariga ehtiyoj tug‘ilmagan.
Shu bilan birga, pulning metallilik nazariyasi tarafdorlarining ayrim
kamchiliklari mavjud bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilarda ko‘rinadi.
Birinchidan, pulning metallik nazariyasi tarafdorlari pulning barcha
funktsiyalarini bajaruvchi haqiqiy pullarni keyinchalik ularning o‘rinbosarlari
hisoblangan qog‘oz pullar bilan almashtirilishini inkor etdilar. Ular haqiqiy
qiymatga ega bo‘lgan metall pullarni qog‘oz pullarga almashtirish
mumkinligini va uning tabiatini tasavvur qila olmadilar. Biroq, o‘sha davrlarda
ham qog‘oz pullar Xitoyda juda keng miqyosda to‘lov vositasini bajarar edi.
Ikkinchidan, metall pul nazariyachilari pullarni tovar ayirboshlash
munosabatlari ta’sirida vujudga kelganligini, shuningdek, pulning tarixiy –
iqtisodiy kategoriya ekanligini tushunib yetmadilar. Uchinchidan, metallik pul
nazariyachilari ta’limotida boylikning asosini savdo tashkil etadi, boylikning
asosini oltin va boshqa qimmatbaho metallarni jamg‘arishda degan noto‘g‘ri
tasavvur mavjud edi. Bu jamiyatda har qanday boylikning asosida oltin yoki
qimmatbaho metallar emas, balki boylik kishilarning moddiy va ma’naviy
jihatdan yetukligi hamda har qanday boylikning asosida mehnat yotishini inkor
etishdi.
XVIII asr va XIX asrning birinchi yarmida metallik pul nazariyasi bozor
iqtisodiyoti ishtirokchilari talablarini to‘liq qondirmay qoldi, bu ushbu
nazariyaning o‘z o‘rini yo‘qotishiga olib keldi. Biroq bu jarayon juda uzoq
muddat davomida qiyinchiliklar bilan yuz berdi, chunki metallik pul
nazariyasini yoqlab nemis (K.Knis, 1821 – 1898 yy.), ikkinchi jahon urushidan
keyin amerkalik (M.Xalpern), frantsuz (Sh.Rist, A.Tulemon, J.Ryueff,
M.Debre), angliyalik (R.Xarrod) iqtisodchilar shular jumlasidandir.
Jamiyatda ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarning taboro rivojlanib borishi, shu
bilan birga kishilarning ehtiyoji ortib borishi natijasida ayirboshlash
munosabatlari hajmining o‘sishi, ishlab chiqarish hajmining keskin sur’atlar
bilan ko‘payishi muomalada foydalanib kelingan metall tangalar bilan parallel
ravishda qog‘oz pullar ham to‘lov vositasi sifatida amal qila boshladi,
evolyutsion tarzda ma’lum ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgarishlar oqibatida metall
(kumush va oltin) pullar o‘z o‘rnini qog‘oz pullarga bo‘shatib berdi. Bu pulning
nominalist nazariyasining vujudga kelishiga zamin yaratdi.
Pulning nominallik nazariyasi
Nominal pul nazariyasi xususidagi natijasida ushbu nazariyani turlicha
nomlanishining guvohi bo‘ldik. Masalan, rus tilida pul nazariyasi haqida
yozilgan adabiyotlarda “nominallisticheskaya teorii deneg”, “metallicheskaya
teorii deneg” tarzida, o‘zbek tilidagi iqtisodiy adabiyotlarda “pulning
nominalistik nazariyasi”, “nominal pul nazariyasi” yoki “metall bo‘lmagan pul
nazariyasi” tarzidagi so‘z birikmalarini uchratish mumkin. Shu bois, dastlab
pulning “metall bo‘lmagan nazariyasi” haqida ayrim mulohazali holatlarni
oydinlashtirib olish maqsadga muvofiq degan fikrga keldik. Metall bo‘lmagan
pul nazariyasi turli iqtisodiy adabiyotlarda turlicha talqin etilishining asosiy
sabablaridan biri, pul nazariyasi to‘g‘risida yaratilgan iqtisodiy asarlarning
deyarli barchasi xorijiy tillarda, asosan ingliz, nemis tillardan rus tiliga
undan so‘ng esa o‘zbek tiliga o‘girilganligida bo‘lsa kerak.
Nominal pul nazariyasi tarafdorlari ushbu nazariyaning asosida qog‘oz
pullar e’tirof etilishini e’tiborga oladigan bo‘lsak, shuningdek nominal pul
nazariyasining amal qilishining asosiy omili sifatida pul nominallarini davlat
tomonidan belgilanishi va uning ta’minlanishi ham davlat tomonidan amalga
oshirilishini nazarda tutadigan bo‘lsak, nominal pul nazariyasini “qog‘oz pullar
nazariyasi” tarzida ifodalash ham mumkin bo‘ladi.
Nominal pul nazariyasini “qog‘oz pul nazariyasi” tarzida yuritilishi uning
aniqliligini, metall pul nazariyadan ushbu nazariyani, nominal pul nazariyasini
qanday farqlari mavjudligini ortiqcha qiyinchiliklarsiz aniqlash imkonini
beradi. Nominal pul nazariyasi xususidagi dastlabki qarashlarni quldorchilik,
keyinchalik feodal tuzumi sharoitidagi qadimgi faylasuflar ta’limotlarida
kuzatish mumkin. Pulning nominal nazariyasi XVII – XVIII asrlarda,
muomalaga haqiqiy bo‘lmagan metall pullar kiritilgan davrda shakllangan.
Dastlabki nominal pul nazariyasining asosini qog‘oz pullar emas, balki haqiqiy
bo‘lmagan tanga monetalar tashkil etgan.
Pulning nominal nazariyasini ilgari surgan dastlabki iqtisodiy nazariya
vakillari Dj.Berkli (1685 – 1780) va Dj.Styuart (1712 – 1780) hisoblanadi.
Ularning nazariyalari asosida quyidagi ikkita holat yotardi: pul davlat
tomonidan yaratiladi va pulning qiymati uning nominali bilan aniqlanadi. Pul
birligining sotib olish qobiliyati uning nominali asosida, ya’ni qog‘oz pulda
ko‘rsatilgan nominal qiymati bilan aniqlanadi.
Nominal pul nazariyasi tarafdorlarining asosiy zaifligi shundaki, ularning
ta’limotiga ko‘ra pulning qiymatini davlat belgilaydi. Bu bilan ular pulning
mehnat mahsuli nazariyasi va tovar tabiatiga ega ekanligini inkor qiladi. Biroq
bozor iqtisodiyoti sharoitida pulning sotib olish qiymati talab va taklif asosida
belgilanadi, shuningdek, milliy xo‘jalik doirasida to‘lov vositasini bajaradigan
pullarning kursi xalqaro miqyosda amal qiladigan xorijiy valyutalarga bo‘lgan
talab asosida o‘zgarib turadi.
Nominalist pul nazariyasi vakillarining rivojlangan davri asosan XIX
asrning oxiri va XX asrning boshlariga to‘g‘ri kelib, uning ko‘zga ko‘ringan
tarafdorlaridan biri, nemis olimi G.Knapp (1842 – 1926) hisoblanadi.
G.Knappning pul nazariyasini, uning ta’limoticha ma’lum qiymatga ega
bo‘lmagan monetalarda emas, balki xazina biletlari asosida asoslashga harakat
qiladi. Nominal pul nazaryachilarining asosiy kamchiligi shundaki, ularning
ta’limotida pulning qiymati davlat tomonidan belgilanadi degan g‘oya ilgari
suriladi. Kredit pullar (veksellar, banknotalar, cheklar) esa ularning ta’limotida
inobatga olinmaydi va e’tibordan chetda qoldiriladi. Chunki kredit pullarning
qiymati davlat tomonidan emas, balki ularning emitentlari tomonidan
belgilangan nominal qiymatga ega bo‘lib, ushbu qiymat o‘zgarishga moyildir,
ya’ni ularni muomalaga chiqargan emitentlar kredit pullarining dastlabki
qiymatda saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar. Bizning nazarimizda,
nominal pul nazariyasi vakillari qog‘oz pullarning qiymatini nafaqat oltin
qiymatidan, balki tovarlar qiymatidan ham ajratib oldilar va ularning nominal
qiymatining barqarorligi, sotib olish qobiliyati davlatning tegishli hujjatlari
asosida aniqlanadi degan mantiqsiz g‘oyani ilgari suradilar.
Nominal pul nazariyasi vakillarining ta’limoti Germaniya tomonidan
birinchi jahon urushini moliyalashtirish uchun muomalaga chiqarilgan katta
miqdordagi emissiya jarayonida namoyon bo‘ldi. Biroq, ushbu ta’limotning
haqiqatga yaqin emasligi Germaniyada 1920 yillarda yuz bergan giprinflyatsiya
sharoitida isbotlandi. Muomalaga asossiz ravishda emissiya qilingan juda katta
miqdordagi qog‘oz pullar juda tez muddatda 700 – 800 foiz darajasida
inflyatsiyaga uchrashi natijasida mamlakatda pul – kredit, moliya tizimi izdan
chiqdi. Buning natijasida ishlab chiqarishga bo‘lgan qiziqish pasayib, kishilar
moddiy ne’mat yaratish hisobiga emas, balki mavjud moddiy ne’matlarni sotish
hisobiga qo‘shimcha daromad olish payiga tushib qoldilar. Chunki ishlab
chiqarish va qo‘shimcha moddiy ne’matlarni yaratish ma’lum darajadagi vaqtni
talab etar, bu vaqtda esa ishlab topilgan daromad inflyatsiya natijasida o‘zining
qiymatini yo‘qotar edi. Tahlillar natijasi shuni ko‘rsatadiki, nominal pul
nazariyasi iqtisodiyotning markazdan boshqarish tuzumi sharoiti va talablariga
mos keladi. Chunki ushbu tuzumda pulning nominal qiymati davlat tomonidan
o‘rnatilib, uning amal qilishi ham to‘liq nazorat ostiga olinadi. Shunda ushbu
nazariya tarafdorlari tomonidan ilgari surilgan ta’limot o‘zini oqlaydi.
Ta’kidlash joizki, markazdan boshqarish tuzumi yoki markazdan rejalashtirish
tuzumi sharoitida qog‘oz pullarning nominali davlat tomonidan o‘rnatilishi
bilan birga, yaratilgan tovar moddiy qimmatliklarning bahosi ham yuqoridan
belgilanadi. Shu bilan birga, muomalaga emissiya qilinadigan pulning miqdori,
ularning harakati va amal qilish kabi barcha jarayonlar ham davlat tomonidan
rejalashtirilib, ushbu rejaning bajarilishi to‘lig‘icha tegishli organlar tomonidan
nazorat qilib boriladi. Biroq, bozor iqtisodiyoti sharoitida nominal pul
nazariyasini amaliyotga joriy etish va uning amal qilishining imkoniyati mavjud
emas. Chunki davlat banklari tomonidan muomalaga emissiya qilingan pul
belgilari tegishli talab va taklif asosida tovar moddiy qimmatliklarning bahosini
belgilaydi. Uning sotib olish qobiliyatini mustahkam yoki zaif bo‘lishi
davlatning nazdidan anchagina yiroqda bo‘lib, davlat unga ta’sir o‘tkazish
imkoniyatiga ega bo‘lmaydi. Bunday holat pulning miqdoriy pul nazariyasini
vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
Pul tizimi pul muomalasini tashkil etishning tarixiy jihatdan qaror topgan va
qonun bilan mustahkamlab qo’yilgan shaklidir. Boshqacha aytganda, bu pul
muomalasining aniq bir mamlakatda muayyan vaqt ichida qo’llaniladigan qoidalari
va normalari majmuidir.
Milliy valyuta tizimi pul tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi. Pul mablag’lari
iqtisodiyotda amal qiladigan shaklga qarab pulmablag’larining ikki turi: metall
pullar muomalasi tizimi va pul belgilari muomalasi tizimi farqlanadi.
Metall pullar muomalasi tizimlari pullik tovar (oltin va kumush) bevosita
muomalada bo’lgan sharoitda amal qilgan. Bunda mazkur metall pullarning barcha
funktsiyalarini bajargan, mavjud kredit pullar esa metallga erkin almashtirilgan.
Metall pul belgilarining muomalasi tizimida bimetallizm davri va
monometallizm davri farqlanadi. Bunday holda bimetallizm iqtisodiy jarayonlarda
ikkita asl metallarning bir vaqtda foydalanishi bilan tavsiflanadi, monometallizm
esa umumiy ekvivalent sifatida bir metallga o’tishni anglatadi. Bunda bimetallizm
holatida quyidagicha xillar ajratib ko’rsatiladi:
1) parallel valyuta tizimi – oltin bilan kumush o’rtasidagi o’zaro nisbat
bozorda stixiyali ravishda belgilanadi;
2) qo’shaloq valyuta tizimi – ikki metall o’rtasidagi o’zaro nisbat davlat
tomonidan ushbu metallarga bo’lgan talabga, shuningdek, ushbu davlatdagi
iqtisodiy va siyosiy vaziyatga qarab belgilanadi;
3) nuqsonli valyuta tizimi – metallar iqtisodiy tizimda mavjud bo’ladiyu,
lekin teng huquqlarga ega bo’lmaydi. Odatda, davlat kumush valyutaning zarb
qilinishi va foydalanishiga cheklashlar kiritadi.
Faqat bir metallning amal qilishi tizimi sifatidagi monometallizmda ham
ayrim o’zgarishlar yuz berdi:
1) oltin tangali standart – to’laqonli oltin valyutaning amal qilishi, unda
tovarlarning qiymati ham ushbu valyuta bilan hisoblanadi;
2) oltin yombili standart – oltin muomalada bulmaydi, lekin unga katta
miqdorlardagi (yombi miqdorida) almashinish amalga oshiriladi;
3) oltin valyutali (oltin devizli) standart – pullarning almashinishi faqat oltin
yombili standartli mamlakatlarning valyutalariga amalga oshiriladi.
Pul tizimi deganda mazkur mamlakatda pul muomalasini qonuniy va
mutanosib ravishda tashkil qilishda qo’llaniladigan uslublar majmuasi
tushuniladi.
Valyuta tizimi - bu, mamlakatlar o’rtasida valyuta munosabatlarini tashkil
etish shaklidir.
Valyuta tizimi - bu, xo’jalik aloqalarini baynalmilallashuvi asosida tarixan
shakllangan, valyuta amali bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir.
Valyuta tizimining mohiyati, tashkil etilish shakllari va roli jamiyatning
iqtisodiy tizimi bilan belgilanadi.
Valyuta tizimi davlat, rezident va norezident shaxslarga tashqi iqtisodiy
faoliyatni amalga oshirish uchun sharoit yaratib beradi. Sub’ktlarning ushbu
faoliyati amalga oshishida valyuta qonunchiligi alohida ahamiyat kasb etadi.
Maxsus adabiyotlarda valyuta tizimlarining 3 ko’rinishi farqlanadi, ya’ni
milliy, jahon va hududiy valyuta tizimlari.
2.Pul tizimining shakllari va ularning evolutsiyasi: bimetallizm;
monometallizm; qog’oz va kredit pullari tizimi.
Pul tizimining elementlari – pul birligi, baho masshtabi, pulning turlari,
emissiya tizimi, pul muomalasini tartibga soluvchi davlat muassasasi.
Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida kabul kilingan metallga va pul
muomalasi bazasiga karab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga
bo’linadi.
Bimetalizm - pul tizimida umumiy ekvivalent rolini metall (kupincha oltin va
kumush) bajargan, bu tizimda ikkala ikkala metalldan xam shgalarning erkin
muomalaga chikarilishi va ularning cheksiz almashishiga amal kilingan.Parallel
valyuta tizimida ikki metall kiymati stixiyali, metallning bozor baxosiga munosib
tarzda belgilangan. Bu pul tizimida davlat metallar erasidagi mutanosiblikni
urnatib kuygan. Oltin va kumush tangalarning chikarilishi va ularning axoli
tomonidan kabul kilinishi ana shu mutanosiblikka muvofik amalga oshirilgan.
Bimetalizm XVI-XVII asrlarda keng tarkalgan bulib Garbiy Yevropaning
kator mamlakatlariga esa XIX asrgacha yetib kelgan. 1865 yili Frantsiya, Belgiya,
Shveytsariya va Italiya mamlakatlari bimetalizmni xalkaro sulx - Lotin tanga
Ittifoki yordamida saklab kolishga urinishgan. Tuzilgan konventsiyada ikkala
metalldan xam 5 frank va undan yukori kiymatli tangalarni chikarish, oltin va
kumush urtasida 1:15,5 kiymat mutanosibligini urnatish shartlari kuzda tutilgan.
Biroq, bimetallik pul tizimining kullanilishi rivojlangan kapitalistik xujalik
extiyojlariga mos kelmasdi, chunki kiymat ulchovi sifatida bir vaktning uzida ikki
metall - oltin va kumushning qo’llanilishi pulning ushbu funktsiyasi tabiatiga
to’g’ri kelmagan. Umumiy qiymat o’lchovi bulib fakat birgina tovar xizmat kilishi
mumkin. Bundan tashqari ikki metall orasidagi davlat tomonidan o’rnatiladigan
nisbat ularning bozor narxiga to’g’ri kelmas edi. XIX asr oxirida kumush ishlab
chiqarishning arzonlashishi va uning qadrini yo’kotishi natijasida oltin tangalar
muomaladan xazinaga keta boshladi. Bunda Kopernik-Greshemning konuni
yuzaga chiqqan, ya’ni yomon pullar muomaladan yaxshilarini chiqarib tashlagan.
Kapitalizm taraqqiyoti mustaxkam pul, yagona umumiy ekvivalent bo’lishni
talab qildi, shuning uchun bimetalizm o’z o’rnini monometalizmga bo’shatib berdi.
Monometalizm - bu pul tizimida yagona metall (oltin yoki kumush umumiy
ekvivalent va pul muomalasining asosi bo’lib xizmat qiladi. Amalqilayotgan tanga
va boshqa qiymat belgilari qimmatbaxo metallar almashiniladi.
Kumush monometalizmi Rossiyada 1843-1852 yillarda, Gollandiyada 1847-
1875 yy. da mavjud bulgan.
Chor Rossiyada kumush monometalizmi tizimi 1839-1843 yillarda
o’tkazilgan pul isloxati natijasida qabul qilingan. Pul birligi kumush rubli bo’lgan.
Keyinchalik muomalaga kredit biletlari xam chiqarilgan, ular kumush tanga bilan
teng muomalada qatnashgan va erkin tarzda metallga almashtirilgan. Lekin bu
isloxot sunayotgan krepostnoylik tizimi davlat byudjeti va tashqi savdo balansi
taqchiligi sharoitida pul muomalasini uzoqroq muddatga tartibga sola olmagan.
1853-1856 yillardagi Krim urushi ko’p miqdorda qo’shimcha kredit pullar
emissiyasini talab qildi va natijada ular qog’oz pulga aylanib qoldi.
Ilk bor oltin monometalizmi (standart) pul tizimi sifatida Buyuk
Britaniyada XVIII asr oxirida qaror topgan va qonun bilan 1816 yilda
tasdiqlangan. Ko’pchilik boshqa davlatlarda u XIX asrning oxirlarida joriy
qilingan: germaniyada - 1871-1873 yilda, Shvetsiya, Norvegiya, Daniyada -
1873 yilda, Frantsiyada - 1876-1878 yilda, Avstriyada - 1892 yilda, Rossiya za
Yaponiyada - 1897 yilda, AKSh da - 1900 yilda.
Oltin tanga standarti kapitalizmning erkin raqobatiga juda mos kelgan, ishlab
chikarish, kredit tizimi, jaxon savdo kapitali kelib chiqishining rivojlanishiga
yordam bergan.
3. Pul tizimini tashkil qilish shart-sharoitlari. Pul tizimini tashkil qilish
prinsiplari
Tizim deganda o’zaro bog’liq elementlarning birligi tushuniladi.
Pul tizimi – bu bir biri bilan o’zaro bog’liq holda xarakatlanuvchi va pul
tizimining yaxlitligini ta’minlovchi elementlarning yig’indisidir.
Pul tizimi – bu mamlakatda yoki alohida olingan iqtisodiy hududda pul
muomalasini tashkil qilishning davlat-huquqiy shaklidir.
Pul tizimini obektiv va subektiv asoslari mavjud. Pul tizimining obektiv
asoslariga tovar pul munosabatlarining rivojlanganlik darajasi kiradi. Pul
tizimining subektiv asoslariga to’lov hujjatlarini va vositalarini hamda ulardan
foydalanish tartibini qonunchilik hujjatlarida belgilab qo’yilishi kiradi.
Pul tizimining ikkita jihati mavjud:
1. Funktsional jihat(aspekt) – pul tizimi funksiyanal jihatidan pul
muomalasidan tashkil qilish prinsiplari, shakllari va usullarining yig’indisidir.
2. Instituttsional jihat – institutsional jihatdan pul tizimi pul muomalasini
tashkil qiluvchi va tartibga soluvchi institutlarning yig’indisidir. Bunday
institutlarga Markaziy bank, tijorat banklari, kliring markazlari, hisob uylari kabi
muassasalar kiradi.
Pul tizimini tashkil qilish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi
1. Pul tizimining barqarorligi va elastikligi prinsipi. Pul tizimining
barqarorligi deganda pulning barcha funksiyalarini to’liq bajarilishini ta’minlash
tushuniladi. Pul tizimining elastikligi deganda pul tizimining iqtisodiyotning pul
mablag’lariga bo’lgan talabini o’zgarishiga o’z vaqtida javob bera olishiga aytiladi.
2. Muomalaga chiqarilgan pullarning ta’minlanganlik printsipi. XX asrning
70-yillariga qadar muomalaga chiqarilgan naqd pullar oltin bilan ta’minlanar edi.
Muomaladagi har bir AQSh dollari 1$=0.88 gramm sof oltin asosiga ega edi. 1
unsiya = 35$ bahoda almashtirib berdi. 1 unsiya = 31.1 gramm sof oltinga teng.
Milliy valyutaning oltin bilan ta’minlanishi baho masshtabi deb ataladi. 1976-
1978- yillarda bo’lib o’tgan Yamayka jahon valyuta tizimida oltinni
demonitizatsiya qilish tugatildi. Bu oltindan to’lov vositasi sifatida foydalanishni
ta’qiqlash. Natijada baho masshtabi dunyo mamlakatlarida bekor bo’ldi, eng oxirgi
davlat Shvetsariya baho masshtabini 2011-yilda bekor qildi. Hozirgi davrda
muomalga chiqarilayotgan pullar Markaziy bankning aktivlari bilan ta’minlanadi.
3. Pul aylanmasini rejalashtirish va prognos qilish prinsipi.
4. Pul aylanmasini nazorat qilish printsipi
Pul tizimlari XVI-XVII asrlarda ishlab chiqarish kapi-talistik usulining
yuzaga kelishi va qaror topishi munosabati bilan shakllangan, biroq shunday bo’lsa
ham, uning ayrim element-lari bundan ancha oldin paydo bo’lgan. Tovar-pul
munosabatlari va ishlab chiqarishning kapitalistik usuli rivojlanishi bilan pul
tizimida sezilarli o’zgarishlar yuz beradi.
Pul tizimi turlari pul qanday shaklda amal qilishiga bog’liq, ya’ni umumiy
ekvivalent - tovar sifatida yoki qiymat belgisi sifatida bo’lishiga qarab quyidagicha
pul tizimlar mavjud bo’lgan.
1. Metall pul muomalasi tizimlari.2. Qog’oz va kredit pullar muoma-lasi
tizimlari.
Birinchi tizimda metall pul bevosita muomalada bo’ladi va pul-ning barcha
funktsiyalarini bajaradi, kredit pullar esa metallga almashinishi mumkin;
Kredit va qog’oz pullar muomalaga kiritilishi bilan qog’oz pullar muomalasi
tizimi yuzaga kelgan.
Mamlakatda umumiy ekvivalent sifatida qabul qilingan me-tallga va pul
muomalasi bazasiga qarab pul tizimi bimetalizm va monometalizm pul tizimlariga
bo’linadi.
4. Ba’zi xorijiy davlatlar pul tizimining o’ziga xos xususiyatlari.
Zamonaviy pul tizimi quyidagi elementlarni uz ichiga oladi: pul birligi;
valyuta kursini o’rnatish qoidalari, baxolar masshtabi; pul ko’rinishlari; emissiya
tizimi; davlat yoki kredit apparati.
Xalqaro operatsiyalar bo’yicha so’mning konvertarizatsiyasi – Respublikamizda xalqaro operatsiyalar bo’yicha so’mning konvertarizatsiyasi 2003-
yilni 15-oktyabradn joriy etilgan va unga tashqi savdo, savdo bilan bog’liq
bo’lmagan pul junatmalari, xalqaro munosabatlarda kreditlar, qarzlar, xorijiy
davlatlardagi diplomatiya va boshqa vakolatxonalari, xalqaro notijorat
tashkilotlariga
badallar va boshqa to’lovlar kiradi.
Pul tizimining tarkibiy qkismi milliy valyuta tizimidir.
Pul biriligi - qonuniy tarzda o’rnatilgan pul belgisi bo’lib, barcha tovarlar
baxosini uzaro solishtirish va ifodalash uchun xizmat kiladi. Ko’pincha pul biriligi
mayda bo’linuvchi qismlarga ajraladi. Kupchilik mamlakatlarda o’nlik bo’linish
tizimi urnatilgan. Masalan, 1:10:100 (AKSh dollari 100 sentga, 1 funt sterling -
100 pensga, 1 Indoneziya rupiyasi - 100 sentga teng va x.k)
Rasman baxolar masshtabi o’zining iqtisodiy ma’nosini davlat monopolistik
kapitalizmi rivojlanishi va kredit pullarni oltinga almashinishi to’xtatilgandan
so’ng yo’qotdi. 1976-1978 yilda o’tkazilagan Yamayka valyuta isloxoti natijasida
oltinning rasmiy narxi va pul birliklarning oltin tarkibi bekor qilindi.
Qonuniy to’lov vositasi bo’lgan pul ko’rinishlari - bular asosan bank kredit
biletlari, qog’oz pullar (xazina biletlari) va tangalardir. Masalan,AQSh da
muomalada quyidagi pullar mavjud: 100, 50, 20,15, 5 va1 dollarlar, bank biletlari.
Xazina biletlaridan tashkari ; kumush-mis va mis-nikel tangalar (50,20, 10, 5, 1
sentli) chiqariladi Buyuk Britaniyada muomalada 50, 20, 10, 5, 1 f. st. banknotalar:
1 f. st., 50, 10, 5, 2 pensli, 1 va 1/2 pensli tangalar amal qiladi. Yana eski 2 va 1
shilling tagalari yuritiladi, ular yangi
10 va 5 pensga teng. Agar rivojlangan mamlakatlarda asosan bank biletlari
chiqarilsa, qator rivojlanayotgan mamlakatlarda ko’prok xazina biletlari chiqarish
keng tarqalgan. Masalan, Indoneziyada 50, 25, 10, 5, 1 sen qiymatli, Xindistonda -
1 rupiya qiymatli xazina biletlari chiqariladi.
Respublika hukumati tomonidan iqtisodiy mustaqillikka erishish borasida
qat’iy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Bu, ayniqsa, iqtisodiyot tarkibini tubdan
o’zgartirishda, shu jumladan an’anaviy sektorlarni zamonaviylashtirish va
mamlakat ichida nisbatan yuqori darajadagi qo’shilgan qiymat hosil qilishga qodir
bo’lgan yangi tarmoqlarni tashkil etishda yaqqol ko’zga tashlandi. Mazkur choratadbirlar oxir-oqibatda milliy pul tizimini shakllantirish va iqtisodiyotda
islohotlarning navbatdagi bosqichini amalga oshirishning poydevori bo’lib xizmat
qildi.
Yuzaga kelgan vaziyat va pul tizimi rivojining yuqorida ko’rsatilgan
variantlari tahlili asosida dastlab O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1993-yil 12-noyabrdagi «O’zbekiston Respublikasi hududida
so’m-kuponlarni muomalaga kiritishni joriy qilish to’g’risida»gi qaroriga muvofiq
1993-yil 15 noyabrdan boshlab oraliq valyuta sifatida «so’m-kupon» 1 so’m - 1
rubl nisbatda muomalaga kiritildi.
1994-yilda milliy valyutaning muomalaga kiritilishibank tizimi
rivojlanishining birinchi bosqichini yakunladi va ikkinchi bosqichini boshlab berdi.
Bu iqtisodiyotdaamalga oshirilayotgan islohotlarda sifat jihatidan yangibosqich
boshlanganidan darak berardi. Bu davrda Markaziy bank asosiy e’tiborni
makroiqtisodiy barqarorliknita’minlashga va shu asosda iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish va iqtisodiy o’sish uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratdi.
Shu paytdan boshlab, Markaziy bankning asosiy kuch vavositalari mustaqil
pul-kredit siyosatini ishlab chiqish vauni amalga oshirish, tijorat banklari
faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish, samarali to’lov tizimini
yo’lgaqo’yishga erishishga yo’naltirildi.
Bu davrda pul tizimining huquqiy bazasi mustahkamlanib, bank qonunchiligi
takomillashtirildi. 1995-yili «O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki
to’g’risida»gi Qonuni va 1996-yili O’zbekiston Respublikasining «Banklar va
bank faoliyati to’g’risida»gi Qonunining yangi tahrirda qabul qilinishi zamonaviy
pul tizimini tashkil etilishini, tijorat banklarini xalqaro moliya bozorlariga
chiqishini, aholi, korxonalar va xorijiy sarmoyadorlarning pul tizimiga bo’lgan
ishonchini mustahkamlanishini, barqaror iqtisodiy o’sishni hamda xalq
farovonligini oshirilishini ta’minlashga qaratilgan istiqbollarni belgilabberdi.
5. O’zbekiston Respublikasi pul tizimining rivojlanishi.
O’zbekiston Respublikasining zamonaviy pul tizimi 1994-yil 1-iyulda milliy
valyuta muomalaga kiritilgandan so’ng shakllandi. Chunki milliy valyuta har
qanday mamlakat pul tizimining asosiy elementi hisoblanadi. Kurs Respublika
valyuta birjasida aniqlanadi. O’zbekiston Respublikasining valyutani tartibga
solish to’g’risida qonuniga ko’ra so’mning kurs rejimi erkin suzish rejimidir, ya’ni
so’mning nominal almashuv kursini AQSh dollariga bo’lgan talab va taklifga
qarab aniqlanishini bildiradi. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
to’g’risidagi qonunning 23-moddasiga muvofiq hamda O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevralidagi 63-sonli qaroriga muvofiq
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki pul massasining o’sishini nazorat qiladi.
Bunda M2 pul agregati nazorat obekti sifatida olingan. O’zbekistonda Markaziy
bank pul tizimini tartibga soluvchi rasmiy organ hisoblanadi. O’zbekistonda pul
tizimi to’g’risidagi maxsus qonun 1993-yilda bekor qilingan, shu sababli hozirgi
kunda pul tizimining me’yoriy huquqiy asoslari bo’lib, quyidagi qonunchilik
hujjatlari hisoblanadi.
1. O’zbekiston Respublikasining fuqarolik kodeksi
2. O’zbekiston Respublikasining Markaziy banki to’g’risidagi qonun
3. O’zbekiston Respublikasining banklar va bank faoliyati to’g’risidagi qonun
4. O’zbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish to’g’risidagi
qonuni(1-marta bu qonun 1993-yil 7-mayda qabul qilingan, 2003-yil 11-dekabrda
esa Valyutani tartibga solish to’g’risidagi qonun yangi tahrirda qabul qilindi)
O’zbekiston respublikasi pul tizimida naqd pul aylanmasini tartibga solish
muhim ahamiyat kasb etadi. Iqtisodchi olimlarning naqd pul aylanmasiga
bag’ishlangan tadqiqotlari shuni ko’rsatadiki respublika naqd pul aylanmasi bilan
iqtisodiy faollik o’rtasida uzviy aloqadorlik mavjud.
Pul tizimining tarixiy turlari – metal pullar tizimi, kredit va qog’oz pullar
tizimi.
Naqd pullarga bo’lgan talabni qisqartirish maqsadida respublikada plastik
kartochkalar muomalasini rivojlantirishga ustuvor yo’nalish deb qaralmoqda.
Muomaladagi milliy pul birliklarining barchasi banknotalar hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi moliya vazirligi pul emissiyasi sohasida hech qanday
vakolatga ega emas.
«Milliy valyuta – milliyiftixor, davlat mustaqilligining ramzi, suveren davlatga xos
belgidir. Bu respublikaga tegishli umumiy boylik va mulkdir»1
Har bir jamiyatda pulga yuklatilgan vazifalarning samarali bajarilishi
iqtisodiy va ijtimoiy o’sishni rag’batlantiradi, pul qadrining tushishi esa
tartibsizlikka, jamiyat rivojlanishida bosh-qa to’qinliklar bo’lishiga olib kelishi
mumkin.
Pulning barqarorligi deganda, pulning sotib olish qiymati-ning o’zgarmasligi
va valyuta doimiyligi tushuniladi.
O’zbekiston Respublikasi pul tizimining bosqichlari – I bosqich 1992
yilni 15-noyabridan so’m kuponlarni joriy etilishi va II bosqich 1994 yilni 1-
iyulidan milliy valyuta so’mni muomalaga kiritilishi.
Rivojlanayotgan mamlakatlar pul tizimining elementlari – pul birligi;
valyuta kursini belgilovchi omillar; baho masshtabi; pul ko’rinishidagi kredit
biletlari; qog’oz pul va tanga emissiya tizimi; davlat yoki kredit apparati.
Pulning sotib olish qobiliyati shu pul birligiga to’g’ri keluv-chi tovar va
xizmatlar miqdori bilan ifodalanadi. Binobarin, pul-ning sotib olish qobiliyatini
ifodalovchi «ko’rsatkich» tovarlar va xizmatlar bahosi hisoblanadi. Agar tovar va
xizmatlar bahosi bar-qaror bo’lsa, pulning sotib olish qobiliyati ham barqaror
bo’ladi. Agar pul o’zgarmagan sharoitda tovarlar bahosi oshadigan bo’lsa, bu hol
pulning sotib olish qobiliyati tushganini ko’rsatadi va aksincha, tovar va xizmatlar
bahosining tushishi pulning sotib olish qobiliyatini oshganligidan dalolat beradi.
Demak, pulning qadri tovarlar va xizmatlar bahosiga teskari proportsional –
narx pasaysa, pul qadri oshadi yoki narx oshsa pulning qadri tushadi.
Pul tovar bo’lganligi uchun ham unga talab va taklif ta’sir qiladi. Pul taklifi
muomalaga chiqarilgan turli shakldagi pullarning yig’indisi bo’lib, u talabdan ortiq
yoki kam bo’lishi mumkin. Muomalaga chiqarilgan pul miqdori pulning aylanish
tezligiga qarab ham o’zgarib turishi mumkin.
Pulga bo’lgan talab mamlakat pul aylanmasi asosida aniqlanadi. Pul talabi
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, aholi, davlat tashkilotlari olib boradigan naqd
pullik va naqd pulsiz aylanma uchun zarur pul miqdori asosida aniqlanadi. Pulga
bo’lgan ehtiyoj xo’jalik sub’ektlari - ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar
.
o’rtasida bo’ladigan pullik jarayonlarning ko’lamiga va tezligiga bog’liq. Pulni
qo’llash yo’li bilan bajariladigan jarayonlarning ko’lami qancha keng bo’lsa, pulga
bo’ladigan talab shuncha ko’p bo’ladi. Agar pul bilan bog’liq operatsiyalar tez
bajarilsa, pulga bo’lgan talab shuncha kam bo’ladi demak, muomalaga kam pul
chiqarish kerak bo’ladi.
Pulga bo’lgan taklif va talabning tengligi pul muvozanatini bildiradi. Pulga
bo’lgan taklif, unga bo’lgan talabdan oshmasa pul barqaror deb xulosa qilish
mumkin, aksincha bo’lsa, pulning qadri tushib ketadi va puldan qochish jarayoni
boshlanadi. Amaliyotda pulni jamg’argandan ko’ra uni tovarlarga aylantirib
qo’yish yoki boshqa bir qadrliroq valyutani jamg’arish qulay bo’lib qoladi.
Pulningbarqarorliginita’minlashningasosiy yo’nalishlaridan yana biri byudjet
taqchilligining bo’lmasligidir. Davlat byudjeti xarajatlarining daromadlaridan
oshib ketishi natijasida yuzaga keladigan byudjet taqchilligi muomalaga tovarlar
bilan ta’minlangan pullar chiqarish hisobidan qoplanadi. Bu tadbir muomalada
ta’minlangan pulning ko’payishiga, oqibatda pul qadrining tushib ketishiga olib
keladi. Shuning uchun har bir mamlakat pul taqchilligi bo’lmasligiga yoki uning
salmog’i sezilarsiz bo’lishiga erishishi kerak.
Pulning barqarorligini ta’minlashning yana bir yo’nalishi bu oltinva valyuta
zaxiralarining mavjudligi va ularning ko’payishidir. Oltin valyuta zaxiralarining
salmog’i qancha ko’p bo’lsa, pul shuncha barqaror bo’lishi mumkin.
Milliy valyutani mustahkamlashning yana bir sharti – inflyattsiyaga qarshi
puxta o’ylangan siyosat yuritishdir. Muomalaga chiqarilgan har bir so’m muayyan
miqdordagi tovar va xizmatlar bilan ta’minlangan bo’lishi zarur. Ichki bozorimizni
tovarlar bilan to’ldirish, aholiga xizmat ko’rsatishning sifati va turlarini oshirish
ham milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashning asosi hisoblanadi.
Ma’lumki, har bir davlat o’zining pul tizimiga ega bo’ladi. O’zbekistonning
mustaqil davlat sifatida ajralib chiqishi uning mustaqil pul tizimiga ega bo’lishini taqozo
qildi. Mustaqil pul tizimi joriy qilinishining I bosqichi 1993 yildan boshlab «so’mkupon»larning muomalaga chiqarilishi hisoblanadi. O’zbekiston pul tizimini qurishning
ikkinchi bosqichi – 1994 yil iyuldan boshlab milliy valyuta–«so’m»ning muomalaga
chiqarilishi bo’lib, u O’zbekiston tarixida juda katta ahamiyatga ega.
Har bir davlatning pul tizimi ma’lum elementlardan tashkil topadi va qonun
asosida yuqori davlat organlari orqali boshqarib boriladi.
O’zbekiston Respublikasi pul tizimi elementlari quyidagilar hisoblanadi:
– pul birligining nomi;
– pul birligining turlari - qog’oz va metall pullar;
– ularni muomalaga chiqarish qoidalari;
– pul, kredit, valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari;
– naqd pulsiz to’lov aylanmasi va kredit pullar (chek, veksel) muomalasini
olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar;
– milliy valyutani chetga olib chiqish va chetdan olib kelish qoi-dalari;
– xalqaro hisob-kitoblarni tashkil qilish asoslari;
– milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan
o’rnatilgan valyuta kursi.
Alohida olingan davlatning pul tizimi o’z xususiyatlariga ega bo’lib, uning
elementlari u yoki bu tomonga o’zgarishi mumkin.
Pul tizimi ijtimoiy hayotning ko’zgusi hisoblanadi, desak xato bo’lmasa
kerak. Shuning uchun ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni pultizimini ob’ektiv
talablar, ya’ni pul tizimining yagona bo’lishi, pul birligi qiymatining doimiyligi va
pul muomalasining talabga qarab o’zgarib turishi kerakligini qo’yadi.
Sobiq SSSRning davlat sifatida tarqalib ketishi markazlashgan pul
tizimining ham tugashiga olib keladi. Natijada ba’zi respublikalar rublni milliy
valyutasi sifatida ishlatib turgani holda, o’z pul siyosatini olib bordi. Estoniya,
Latviya, Litva, Ukraina birinchi bo’lib rubl zonasidan chiqib o’z milliy valyutasini
qabul qilishdi. Keyinchalik, Ozarbayjon, Qirg’iziston va Moldaviya respublikalari
bu yo’nalishni davom ettirdilar. Rubl tizimida vujudga kelgan tartibsizliklar, milliy
valyutalar va kuponlarning muomalaga chiqarilishi, yagona pul–rubl zonasining
tugashiga, uning har xil kursga ega bo’lishiga olib keladi.
1992 yil oxiriga kelib Rossiyada tovarlar bahosining oylik o’sishi 25-30
foizgacha ko’tarildi. Moskva valyuta birjasida rubl-ning nominal qiymati bir
dollarga 125 rubldan, 1992 yil dekabrda 485 rublgacha, 1993 yil martda 1 dollar
660 rublgacha tenglashdi. Pul qadrining tushishi, naqd pul yetishmovchiligiga,
oxiri esa ish xaqi, nafaqalarni to’lashda qiyinchiliklar bo’lishiga olib keldi. SSSR
davridagi oxirgi banklar to’g’risidagi qonunga asosan davlat banki o’rniga
Markaziy bank, mustaqil davlatlarda Markaziy (yoki milliy) banklar tashkil qilindi.
O’zbekiston Respublikasining pul tizimi xususiyatlari – samarali pulkredit
siyosatini olib boorish, davlat qarzini boshqarish, soliq siyosatini amalga
oshirish, moliya bazasini shakllantirish, monetary siyosatni amalga oshirishda
pul massasi ustidan nazoratni ta’minlash.
O’zbekiston Respublikasi pul tizimi elementlari – pul birligi, pul birligining
turlari, ularni muomalaga chiqarish qoidalari, pul, kredit, valyuta boshqaruvini
amalga oshiruvchi davlat organlari, naqd pulsiz to’lov aylanishi va kredit
pullar muomalasining olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar,
milliy valyutani cheklash va chetdan sotib olish qoidalari, xalqaro hisob
kitoblarni tashkil qilish asoslari, milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish
tartibi va davlat tomonidan belgilangan valyuta kursi.
Rossiya Markaziy banki pul emissiyasi bilan bog’liq bo’lgan operatsiyalarni
bajarish huquqini o’z qo’liga oldi. Bundan tashqari, davlat pul belgilarini bosib
chiqaruvchi muassasa Rossiyada joylashgan edi. Mustaqil davlatlar Markaziy
banklarining pul muomalasini olib borish bo’yicha harakatlari cheklagan edi.
Natijada pul taqchilligi yuzaga keldi va u alohida olingan respublikalarda har xil
darajada namoyon bo’ldi. Masalan, Rossiya Markaziy banki muomalaga chiqargan
pullarda Rossiyaning salmog’i 1991 yil dekabrda 64 foizni tashkil qilgan bo’lsa,
1992 yil iyunga kelib emissiyaning77 foizi Rossiyani naqd pul bilan ta’minlashga
yo’naltirilgan. Qolgan barcha Respublikalarni naqd pul bilan ta’minlash uchun
muomalaga chiqarilgan pullarning faqat 23 foizigacha sarflangan, ya’ni boshqa
respublikalar ehtiyojini pul bilan ta’minlash salmog’i tushib ketgan. Masalan,
Belorussiya, Gruziyaning salmog’i 3 foizdan 1,5 foizgacha, Ukraina va Boltiqbo’yi
respublikalarining salmog’i yanada ko’proq qisqargan. O’zbekistonda ham pul
resurslari taqchilligi naqd pulga bo’lgan talabning qondirilmaganligida namoyon
bo’lgan. Shu iqtisodiy tanglik sharoitida pul tizimini shakllantirish bo’yicha
mustaqil davlatlar oldida ikki muiobil yo’l turardi.
– Yagona pul tizimi zonasi – rubl zonasida qolish va yagona pul siyosatini
olib borish;
– O’z milliy valyutasini muomalaga chiqarib, o’z pul tizimiga ega bo’lish va
qo’shni mamlakatlar inflyatsiyasidan o’zini himoya qilish.
Pul taqchilligi davom qilayotgan va Rossiya rubllari barqaror bo’lmagan
sharoitda pul taqchilligini yo’qotish maqsadida ko’pgina respublikalar, jumladan,
O’zbekistonda ham mustaqillikning birinchi yillarida pul tizimini shakllantirish loyihasi tuzildi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, muomalaga kupon talonlar chiqarildi va keyinchalik O’zbekiston o’zining milliy valyutasini muomalaga chiqardi. O’zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo’lmish so’m jamiyat
manfaatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi milliy
pulimizning qadrini mustahkamlashdan iborat. Bu juda mas’uliyatli va oson bo’lmagan vazifa. O’zbekistonning o’z iqtisodiyotini bozor talablariga mos ravishda rivojlantirishga qaratishi, bozor iqtisodiyotiga o’tishda mamlakatimizning o’ziga xos xususiyatlariga ega ekanligi milliy valyutaning barqaror bo’lishini taqozo qiladi. Hozirgi kunimiz, iqtisodiyotimizning rivojlanishida amalga oshirilayotgan iqtisodiy jarayonlar, katta qurilishlar va moliyalashtirishlar O’zbekiston iqtisodiy mustaqillikka erishish uchun to’g’ri yo’l tanlaganini ko’rsatib turibdi. Zero, mustaqil pul tizimiga ega bo’lmasdan iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat barpo etish mumkin
emas.
Foydalanilgan adabiyotlar

“Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли Фармони.


Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. – Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 488 б.
Мирзиёев Ш.М. Танқидий таҳлил, қатъий тартиб-интизом ва шахсий жавобгарлик – ҳар бир раҳбар фаолиятининг кундалик қоидаси бўлиши керак. – Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 104 б.
Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини биргаликда барпо этамиз. – Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 56 б.
Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш – юрт тараққиёти ва халқ фаровонлигининг гарови. – Тошкент: “Ўзбекистон” НМИУ, 2017. – 48 б.
Каралиев Т. Саттаров О. ва бошқалар “Тижорат банклари фаолияти таҳлили”. Ўқув қўлланма. 2013-йил. 192 бет.
Деньги, кредит, банки. Учебник. Болвачев А.И., Богачева М.Ю., ИНФРА-М 2012 г.-591с.
Абрамова М.А. Деньги, кредит, банки. – М.:КНОРУС,2014. – 312 с.
Лаврушина О.И. Деньги. Кредит. Банки. Учебник. – М.: КНОРУС. 2013. 448 с.
Glosary
1. Pul tizimi - deganda mazkur mamlakatda pul muomalasini qonuniy va mutanosib ravishda tashkil qilishda qo’llaniladigan uslublar majmuasi tushuniladi.
2. Pul tizimining elementlari – pul birligi, baho masshtabi, pulning turlari,
emissiya tizimi, pul muomalasini tartibga soluvchi davlat muassasasi.
3. Pul tizimining tarixiy turlari – metal pullar tizimi, kredit va qog’oz pullar
tizimi.
4. O’zbekiston Respublikasi pul tizimining bosqichlari – I bosqich 1992
yilni 15-noyabridan so’m kuponlarni joriy etilishi va II bosqich 1994 yilni 1-
iyulidan milliy valyuta so’mni muomalaga kiritilishi.
5. Rivojlanayotgan mamlakatlar pul tizimining elementlari – pul birligi;
valyuta kursini belgilovchi omillar; baho masshtabi; pul ko’rinishidagi kredit
biletlari; qog’oz pul va tanga emissiya tizimi; davlat yoki kredit apparati.
6. O’zbekiston Respublikasining pul tizimi xususiyatlari – samarali pulkredit siyosatini olib boorish, davlat qarzini boshqarish, soliq siyosatini amalga
oshirish, moliya bazasini shakllantirish, monetary siyosatni amalga oshirishda pul
massasi ustidan nazoratni ta’minlash.
7. O’zbekiston Respublikasi pul tizimi elementlari – pul birligi, pul birligining turlari, ularni muomalaga chiqarish qoidalari, pul, kredit, valyuta boshqa
ruvini amalga oshiruvchi davlat organlari, naqd pulsiz to’lov aylanishi va kredit pullar muomalasining olib borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar,
milliy valyutani cheklash va chetdan sotib olish qoidalari, xalqaro hisobkitoblarni tashkil qilish asoslari, milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat tomonidan belgilangan valyuta kursi.
8. Xalqaro operatsiyalar bo’yicha so’mning konvertarizatsiyasi – Respublika-mizda xalqaro operatsiyalar bo’yicha so’mning konvertarizatsiyasi 2003-
yilni 15-oktyabradn joriy etilgan va unga tashqi savdo, savdo bilan bog’liq
bo’lmagan pul junatmalari, xalqaro munosabatlarda kreditlar, qarzlar, xorijiy
davlatlardagi diplomatiya va boshqa vakolatxonalari, xalqaro notijorat tashkilotlariga badallar va boshqa to’lovlar kiradi.
9. Pul nazariyasi – pul tabiati va pulning ishlab chiqarishni shakllantirishga
ta’siri haqidagi nazariyalar.
10. Pul haqidagi asosiy nazariyalar – metallic, nominallik, miqdoriylik, monetarizm va boshqalar.
11. Metallik nazariyasi – XVI asrning oxiri va XVII asrning boshlarida Angliyada paydo bo’lgan. Uning asosiy g’oyasi faqat qimmatbaho metallar pul
vazifasini bajarishi, jamiyatning boyligi qimmatli metallar zaxirasi bilan
bog’ligi hamda boylikning manbai savdo ekanligida.
12. Nominallik nazariyasi – XVII-XVIII asrlarda Angliyada paydo bo’lgan
va uning asosiy g’oyasi pulni davlat chiqaradi va uni qiymati unda ko’rsatilgan
nominal bilan belgilanadi.
13. Miqdoriylik nazariyasi – XVI-XVIII asrlarda Fransiyada paydo bo’lib
uning g’oyasi pulni xarid qobiliyati bozorda o’rnatiladi, muomalada barcha
emissiya qilingan pullar yuradi, baholar darajasi pul miqdoriga to’g’ri proporsional.
14. Monetarizm nazariyasi – hozirgi zamon pul nazariyalaridan biri bo’lib
1950 yilda AQSh da paydo bo’lgan va u miqdoriylik nazariyasining bir
ko’rinishi bo’lib, ushbu nazariyadagi g’oyalarga pul miqdoriga bank foizi va
inflyatsiyani ta’sir etishi qo’shimcha ta’kidlangan.
15. Pul to’g’risida oqimlar – oltin tanga standarti, quyma oltin standarti,oltin deviz standarti.
Mavzu yuzasidan nazorat savollar:

1.Pul tizimi mohiyati nima?


2.Pul tizimi qanday elementlarni o'z Ichiga oladi?
3.Metall pullar tizimi necha va qanday turlarga bo'linadi?
4.Pul tizimining nechta jihati mavjud?
5.O'zbekiston Respublikasining zamonaviy pul tizimi qachon shakllana boshladi?
6.Nominal pul nazariyasini qaysi iqtisodiy nazariya vakillari ilgari surishgan?
7.Monometalizm deganda nimani tushunasiz?

TEST SAVOLLARI:


1.O’zbekiston Respublikasi pul tizimining bosqichlari – I bosqich so’m kuponlarni joriy etilishi qachon edi.



A)1991-yil 11-noyabr
B)1993-yil 4-iyul

C) 1994-yil 1-iyul
D)1992-yil 15-noyabr

2. Qaysi nazarya XVI– XVII asrlarda dastlab kapitalning boylik sifatida
jamg‘arish, kapitalistik tuzumning shakllanishi va rivojlanishi sharoitida
vujudga keldi.
A) Nominal C)Miqdoriy
B) Metallik D)Klassik
3. Metall pullar tizimi nechta turga bo`linadi.
A)2 B)5 C)3 D)4
4.1920 yillarda qator mamlakatlarda qanday
standart joriy etildi.
A) Oltin deviz C)Qog`oz-pul
B) Oltin quyma D) Oltin-kumush
5. Ilk bor oltin monometalizmi (standart) pul tizimi sifatida qayerda XVIII asr
oxirida qaror topgan.
A) Fransiya C) Germaniya
B)AQSH D) Buyuk Britaniya
6.Pul tizimining ikkita jihati mavjud.
A) 3 B)2 C)4 D)5
7. "O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki to'g'risida" qonun qachon qabul
qilingan.
A) 1995-yil 15-dekabr B)1996-yil 11-sentabr
B) 1997-yil 3-avgust D) 1995-yil 21-dekabr
8. Pulning nominal nazariyasini ilgari surgan dastlabki iqtisodiy nazariya
vakillari.
A)A.Smit va D.Rikardo C) Dj.Berkli va Dj.Styuart
B)J.Bond va T.Kruz D) Knapp va Kenne
9. Ozarbayjon pul birligi.
A) Manat B) Lira C) Sum D) Dirham
10. Barcha pul tizimlariga xos bo’lgan elementlar.
A) Baho masshtabi, valyuta kursi, emissiya, pul muomalasi, pul birligi.
B) Pul birligi, baho masshtabi, pulni turlari, emissiya, muomaladagi pul massasini tartibga soluvchi davlat muassasi.
C) Pul birligi, valyuta kursi, pulni konvertirlanganligi, pulni turlari, emissiya
tizimi.
D) Baho masshtabi, valyuta pariteti, pul birligi, pulni almashtirish shartlari,
emissiya tizimi.
11. Pul tizimining tarixiy turlari
A) Metal pullar tizimi, kredit va qog’oz pullar tizimi
B) Haqiqiy pullar, haqiqiy pullar o’rnioni bosuvchi pullar
C) Bimetallizm, Monometalizm
D) Qimmatli metallar tizimi, kredit pullar tizimi
12. Dastlabki pul tizimi qachon paydo bo’lgan?
A) XVI asrda
B) XVII asrda
C) XII asrda
D) XVI-XVII asrlarda
13. Hozirgi zamon pul nazariyasi.
A) Metallik
B) Monetarizm
C) Nominallik
D) Miqdoriylik
14. J.Boden qaysi pul nazariyasining asoschisi hisoblanadi
A) Miqdoriylik
B) Metallik
C) Mehnat
D) Monetarizm
15. Qaysi pul oqimi metallic nazariyasining bir yo’nalishi hisoblanadi
A) quyma oltin standarti
B) oltin deviz standarti
C) oltin tanga standarti
D) mehnat nazariyasi

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11

12

13

14

15

D

B

A

B

D

B

D

C

A



















SWOT tahlili.


1. STRONG
Pulning paydo bo`lishi kuchli tomoni shundaki,Pul maxsulot,
tovarlarni ishlab chiqarish va xaridorlarga kerakli vaqt, miqdor va sifatda
ma’lum shartlarda ayirboshlashni tashkil etish va boshqarish maqsadida
vujudga keldi va xizmat qilmoqda.Ayirboshlash jarayonida ekvivalentligi
(moslik) yuzaga chiqishi va unga rioya etila borishligi.
3.Weakness
Kuchsiz tomoni shundaki, dastlabki pullar; Metall pullar vaqt o`tishi

sayin, qo`ldan qo`lga o`tib emirilgan.Qiymati og`irligini
borgan.

yo`qotib

3.Opportunity
Ishlab chiqarish va tovar aylanmasining rivojlanishi, metall pullarning
etishmasligi kredit munosabatlarining rivojlanishiga olib keladi. Tovar va to’lov
aylanmasining ehtiyojini qoplash maqsadida muomalaga oltin, kumush tangalar
bilan bir qatorda kredit vositalari: chek, veksel, banknotalar chiqarilgan.
4.Threatings
Xatarli tomoni,pulning paydo bo`lishi insoniyat yutug`i bilan birga , Tovar-pul
munosabatlarining rivojlanishi,ishlab chiqarish vujudga kelishi tabiiy
resurslarning kamayishi,tabiatga ,ob havoga,insoniylik munosabatlariga
salbiyta`sir qildi.

FUNCTIONS OF MONEY


Money is often defined in terms of the three functions or services that it
provides. Money serves as a medium of exchange, as a store of value,
and as a unit of account.
Medium of exchange. Money's most important function is as a medium of
exchange to facilitate transactions. Without money, all transactions would
have to be conducted by barter, which involves direct exchange of one
good or service for another. The difficulty with a barter system is that in
order to obtain a particular good or service from a supplier, one has to
possess a good or service of equal value, which the supplier also desires.
In other words, in a barter system, exchange can take place only if there is
a double coincidence of wants between two transacting parties. The
likelihood of a double coincidence of wants, however, is small and makes
the exchange of goods and services rather difficult. Money effectively
eliminates the double coincidence of wants problem by serving as a
medium of exchange that is accepted in all transactions, by all parties,
regardless of whether they desire each others' goods and services.
Store of value. In order to be a medium of exchange, money must hold its
value over time; that is, it must be a store of value. If money could not be
stored for some period of time and still remain valuable in exchange, it
would not solve the double coincidence of wants problem and therefore
would not be adopted as a medium of exchange. As a store of value,
money is not unique; many other stores of value exist, such as land, works
of art, and even baseball cards and stamps. Money may not even be the
best store of value because it depreciates with inflation. However, money is
more liquid than most other stores of value because as a medium of
exchange, it is readily accepted everywhere. Furthermore, money is an
easily transported store of value that is available in a number of convenient
denominations.
Unit of account. Money also functions as a unit of account, providing
a common measure of the value of goods and services being exchanged.
Knowing the value or price of a good, in terms of money, enables both the
supplier and the purchaser of the good to make decisions about how much
of the good to supply and how much of the good to purchase.
Pulning funktsiyalari
Pul ko'pincha uch nuqtai nazaridan belgilangan vazifalar yoki xizmatlar u
beradi. Pul sifatida xizmat qiladi: almashinuvining o'rta sifatida, qiymati
do'kon va bir deb hisob birligi.
Almashinuv vositasi. Pulning eng muhim funktsiyasi – bitimlarni
osonlashtirish uchun almashinuv vositasi. Pul bo'lmasa, barcha
operatsiyalar barter bilan amalga oshirilishi kerak edi ,bu to'g'ridan-to'g'ri
bitta tovarni yoki xizmatni boshqasiga almashtirishni o'z ichiga
oladi. Barter tizimidagi qiyinchilik shundan iboratki, etkazib beruvchidan
ma'lum bir tovar yoki xizmatni olish uchun, etkazib beruvchi ham istagan
teng qiymatdagi tovar yoki xizmatga ega bo'lishi kerak. Boshqa so'z bilan
aytganda, bir barter tizimida, birja bo'lib olishi mumkin faqat bir bor,
agar talab qilmoqda ikki tasodif ikki harakat qiluvchi tomonlar
o'rtasida. Biroq, ehtiyojning ikki baravar ko'payishi ehtimoli kichik va
tovarlar va xizmatlar almashinuvini ancha qiyinlashtiradi. Pul, bir-birlarining
tovarlari va xizmatlaridan foydalanishni xohlashlaridan qat'iy nazar, barcha
bitimlarda, barcha tomonlar tomonidan qabul qilinadigan almashinuv
vositasi sifatida xizmat qilish orqali istalgan muammoning ikki barobarini
samarali ravishda yo'q qiladi.
Qiymatlar ombori. Pul ayirboshlash vositasi bo'lishi uchun vaqt o'tishi
bilan pul o'z qiymatini ushlab turishi kerak. Agar pul birmuncha vaqt
saqlanib qololmasa va almashinishda qimmatbaho bo'lib qolsa, bu
muammoning ikkiyoqlik tasodifini hal etolmaydi va shuning uchun
almashtirish vositasi sifatida qabul qilinmaydi. Qiymatlar ombori sifatida pul
noyob emas; Er, san'at asarlari va hatto beysbol kartalari va shtamplar kabi
ko'plab boshqa qimmatbaho do'konlar mavjud. Pul hatto eng yaxshi qiymat
ombori ham bo'lmasligi mumkin, chunki u inflyatsiyani pasaytiradi. Biroq,
pul ko'proq likvid boshqa qimmatbaho do'konlarga qaraganda, chunki u
almashish vositasi sifatida hamma joyda osongina qabul qilinadi. Bundan
tashqari, pul osonlikcha tashiladigan qiymat do'kon bo'lib, u bir qator qulay
nominatsiyalarda mavjud.
Hisob birligi. Pul, shuningdek, almashinadigan tovarlar va xizmatlar
qiymatining umumiy o'lchovini ta'minlovchi hisob birligi vazifasini ham
bajaradi. Tovarning qiymati yoki narxini, pul nuqtai nazaridan bilish, etkazib
beruvchiga ham, sotib oluvchiga ham qancha mahsulotni etkazib berish va
qanchasini sotib olish to'g'risida qaror qabul qilish imkoniyatini beradi.



Download 174.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling