Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


bo‘lmaslik (mulkdan foydalanish huquqi);  — subyektning


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet266/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

bo‘lmaslik (mulkdan foydalanish huquqi); 
 subyektning (oldi-sotdi, tovar olib kirish) harakati (faoliyati); 


 439
 xo‘jalik faoliyatining natijasi (daromad, foyda). 
Soliqqa tortish obyekti va soliqqa tortish bilan bog‘liq obyekt har bir 
soliq va boshqa budjetga undiriladigan majburiy to‘lovlar bo‘yicha Soliq 
kodeksiga asosan aniqlanadi. Masalan, qo‘shimcha qiymat solig‘ining 
soliq solish obyekti bo‘lib, soliq solish oboroti va soliq solish importi 
hisoblanadi. 
Soliq majburiyatining paydo bo‘lish vaqtini to‘g‘ri aniqlash uchun 
soliq bazasini tashkil etish usuli katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bunda 
asosan ikki usul qo‘llaniladi – kassa va hisoblash usullari. 
Kassa usulida daromad soliq to‘lovchiga aniq davr ichida tushgan 
summaga to‘g‘ri keladi, xarajat deganda esa, real to‘langan summalar 
hisobga olinadi. Daromad hisoblashning kassa usuli odatda chakana 
savdoda qo‘llaniladi, chunki u yerda sotish vaqti to‘lash vaqtiga mos 
keladi. 
Hisoblash usulida ushbu soliq davrida olish huquqi mavjud bo‘lgan 
barcha daromadlar, ularning haqiqatda olingan yoki olinmaganligidan 
qat’i nazar, hisobga olinadi, xarajatlar esa joriy davrda mulkiy 
majburiyatlar summasi paydo bo‘lishi bilan hosil bo‘ladi. Bunda 
majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilganligi ahamiyatga ega 
bo‘lmaydi. 
Soliq stavkasi – bu soliq hisoblanadigan soliq bazasining birlik 
hisobiga to‘g‘ri keladigan soliq me’yorini ifodalaydi. Boshqacha qilib 
aytganda, soliq stavkasi bu soliqqa tortish me’yoridir. 
Soliq stavkasi qat’iy yoki foiz ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 
Masalan, qo‘shimcha qiymat solig‘ining soliq stavkasi – soliq solish 
oboroti va import oborotining 20 foiz qismini tashkil etadi (bu foiz 
stavkasi). Qat’iy soliq stavkasiga yer solig‘ining stavkasi misol bo‘la 
oladi. Bunda soliq solish birligiga (yer uchastkasining maydoni) qat’iy 
soliq summasi to‘g‘ri keladi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling