Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Bank muassasalarining rivojlanish dinamikasi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Bank muassasalarining rivojlanish dinamikasi 
 (1990–2011-yillar) 
Ko‘rsatkichlar 1990-yil 
1995-yil 
2000-yil 
2005-yil 
2010-yil 
Tijorat banklari soni 
16 
32 
35 
29 
31 
Tijorat banklari 
muassasalari soni 
2389 3171 4234 7028 9293 
Mamlakatimiz tijorat banklari yalpi kapitalining barqaror o‘sishi va 
bank aktivlari portfelini boshqarish sohasida yuritilayotgan mutanosib 
siyosat natijasida, bank tizimida bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi 
tomonidan belgilangan xalqaro standartlardan uch barobar ko‘p bo‘lgan 
kapitalning yetarlilik darajasi ko‘rsatkichini ta’minladi. Yurtimizda 1995–
2010-yillar davomida yalpi kapitalning real o‘sishi 12,5 barobarni tashkil 
etdi, bu esa banklarning kapital bazasi mustahkamlanganidan dalolat 
beradi. Bu, o‘z navbatida, ularning to‘lov qobiliyatiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Bank tizimida 1995-yildan 2010-yilgacha bo‘lgan davrda depozitlar 
bazasi solishtirma ko‘rsatkichlarda 13 barobar oshdi. Tijorat banklari 
yalpi depozitlarining yuqori darajada o‘sishi aholi omonatlarini jalb 
qilishning yuqori sur’atlari bilan izohlanadi, bu shubhasiz, aholining bank 
tizimiga bo‘lgan ishonchi yanada ortib borayotganidan dalolatdir. 2010-
yilning oxirida aholining mamlakatimiz tijorat banklariga qo‘ygan 


 416
omonatlari hajmi 4447 milliard so‘mni tashkil etdi va bu solishtirma 
narxlarda 1995-yil ko‘rsatkichlaridan 52 barobar ko‘pdir. Jismoniy 
shaxslar tomonidan bank muassasalarida ochilgan bank hisob raqamlari 
soni 1995–2010-yillarda 16 barobar ko‘paydi va 2010-yil yakunlariga 
ko‘ra, katta yoshdagi har 1000 kishiga 1012 tani tashkil etdi, bu xalqaro 
amaliyotda yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. 2000-yilda banklar kredit 
portfelining 54 foizi tashqi qarzlar hisobidan shakllangan bo‘lsa, 2010-
yilda kredit portfelining 85,1 foizi ichki manbalar hisobidan 
shakllantirildi. Shu bilan birga, banklar kredit portfelining 75,2 foizini uch 
yildan ko‘p bo‘lgan uzoq muddatli investitsiya kreditlari tashkil etadi. 
Ta’kidlash joizki, tijorat banklarining moliyaviy ko‘rsatkichlari va 
O‘zbekiston Respublikasi bank tizimining asosiy parametrlari xalqaro 
reyting kompaniyalarining talab va mezonlariga mos keladi. Bu esa, 
2010-yilda umumiy aktivlari bank tizimi jami aktivlarining 90 foizidan 
ziyodini tashkil etadigan 15 ta tijorat banki uchun «Fitch Reytings», 
«Mudis» va «Standart end Purs» kabi yetakchi xalqaro reyting 
agentliklarining «barqaror» reyting bahosini olishga erishish imkonini 
berdi. 
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda eng yuqori xalqaro 
standartlarga javob beradigan to‘lovlarni amalga oshirish tizimi yaratildi. 
Agar 1990-yilda to‘lovlarni amalga oshirish uchun bir kun, ba’zan hatto 
haftalar ketgan bo‘lsa, 1997-yildan boshlab bir necha daqiqalarda barcha 
hisob-kitoblarni to‘liq avtomatlashtirilgan tartibda amalga oshirish 
imkonini beradigan yangi to‘lov tizimi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bugungi 
kunda O‘zbekiston to‘lov tizimi dunyodagi eng zamonaviy tizimlardan 
biri bo‘lib, u barcha to‘lovlarni real vaqt rejimida amalga oshiradi. 
Mamlakatimizda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimining rivojlanishida 
to‘lovlarni plastik kartochkalar vositasida amalga oshirish tizimining 
yaratilgani muhim o‘rin tutmoqda. So‘mdagi plastik kartochkalar dastlab 
1996-yilda paydo bo‘ldi va bankdagi hisob raqamlari bo‘yicha 
qo‘shimcha daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lgan bank mijozlari 
uchun qulayligi sababli keng qo‘llana boshlandi. Hozirgi vaqtda 
muomaladagi bank plastik kartochkalari soni qariyb 8 million donani 
tashkil etmoqda. Bugungi kunda savdo va xizmat ko‘rsatish 
shoxobchalarida o‘rnatilgan, plastik kartochkalarga xizmat ko‘rsatadigan 
terminallar soni 86 mingtaga yetdi. 
Ayni paytda tijorat banklari tomonidan bank xizmatlari ko‘lami 
muntazam kengaytirib borilmoqda va mijozlar uchun qulay yangi xizmat 
shakllari joriy etilmoqda. Ular bank hisob raqamlari egalariga real vaqt 


 417
tartibida o‘z hisob raqamlari haqidagi ma’lumotlarni mobil va elektron 
aloqa vositalari orqali olish imkonini bermoqda. Banklar tomonidan aholi 
punktlarida mingdan ortiq infokiosklar o‘rnatilgan, ular orqali mijozlar 
to‘lovlar, jumladan, kommunal xizmat to‘lovlarini mustaqil tarzda amalga 
oshirishlari mumkin. Bundan tashqari, bank mijozlariga qulayliklar 
yaratish maqsadida «Bank-mijoz» dasturi joriy qilingan. Ushbu dastur har 
kuni bankda katta hajmdagi hisob-kitoblarni amalga oshiradigan 5 
mingdan ziyod yirik korxonalarga bankdagi o‘z hisob raqamlarini ish 
joyidan turib boshqarish va ular haqida zarur ma’lumotlar olish imkonini 
bermoqda. 
Bank tizimining mustaqillik yillarida faol rivojlanishi natijasida 
tijorat banklarining mijozlari soni 18,5 barobar ko‘paydi va 18,8 millionni 
tashkil etdi. Jumladan, jismoniy shaxs maqomidagi mijozlar 19,2 barobar 
ko‘payib, 17,5 million kishiga yetdi. Keyingi vaqtda mamlakatimizda 
bank kredit muassasalari bilan bir qatorda bankdan tashqari kredit 
muassasalari (kredit uyushmalari, lombardlar va mikrokredit tashkilotlari) 
tizimi ham rivojlanmoqda. 
Bankdan tashqari, kredit tashkilotlari tizimining shakllanishi, 
O‘zbekiston Respublikasining «Kredit uyushmalari to‘g‘risida», 
«Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida»gi qonunlarining qabul qilinishi 
bilan boshlandi. Bugungi kunda O‘zbekistonda jami aktivlari hajmi 351 
milliard so‘mni tashkil etadigan 209 ta bankdan tashqari, kredit instituti 
ham faoliyat ko‘rsatmoqda. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling