Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Budjet kamomadi va profitsiti. Davlat qarzlari
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
5.1. Budjet kamomadi va profitsiti. Davlat qarzlari.
Ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo‘lishini taqozo qiladi. Lekin ko‘pchilik hollarda davlat budjeti xarajatlarining daromadlardan ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida budjet taqchilligi tez sur’atlar bilan o‘sadi. Bu holning sabablari ko‘p bo‘lib, ularning ichida, davlatning jamiyat hayotining barcha sohalaridagi rolining uzluksiz o‘sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining kengayishi alohida o‘rin tutadi. Budjet taqchilligining o‘sishi mutlaq miqdorda va uning yalpi milliy mahsulot (YAMM)ga nisbatida aniq namoyon bo‘ladi. 2002-yilda Respublikamiz davlat budjetining taqchilligi YAIMga nisbatan bir foizdan oshmagan 1 . Budjet taqchilligining o‘zgarishi xo‘jalik konyuktura- laridagi joriy tebranishlar, ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va yuksalishlarni ham aks ettiradi, krizislar davrida davlat budjet mablag‘lari hisobidan iqtisodiyotning ma’lum sektorlarini ushlab turishga, umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan tarmoqlarda investitsiyalar hajmini saqlab turishga majbur bo‘ladi. 1 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. ɂԕɬɢɫɨɞɢɺɬɧɢ ɷɪɤɢɧɥɚɲɬɢɪɢɲ ɜɚ ɢɫɥɨԟɨɬɥɚɪɧɢ ɱɭԕɭɪ- ɥɚɲɬɢɪɢɲ – ɷɧɝ ɦɭԟɢɦ ɜɚɡɢɮɚɦɢɡ. – ɏɚɥԕ ɫʆɡɢ. – 2000. – 15 ɮɟɜ. 411 Budjet taqchilligini moliyalashtirish (qoplash)ning muhim sharoiti davlat krediti bo‘lib chiqadi. Davlat krediti deganda, davlat qarz oluvchi yoki kreditor sifatida chiqadigan barcha moliyaviy iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi tushuniladi. Moliyaviy resurslarni davlat qarz olishning asosiy shakli – bu davlat zayomlarini chiqarish hisoblanadi. Ularni joylashtirish jarayonida davlat aholi, banklar, savdo va sanoat kompaniyalarining vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini jalb qiladi. Davlat o‘z majburiyatlarini nafaqat xususiy sektorda joylashtirishi, balki ularni Markaziy bankda hisobga olishi ham mumkin. Bunda bank muomalaga pulning tovar hajmining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lmagan qo‘shimcha massasini chiqaradi. Mazkur holda, davlat budjetini moliyalashtirish pul muomalasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri inflyatsion ta’sir ko‘rsatadi. Pul massasining o‘sishi jamiyat haqiqiy boyligining ko‘payishi bilan birga bormaydi. Davlat qarzlarining to‘xtovsiz ko‘payib borishi, milliy daromadni foiz to‘lovlari shaklida, tobora ko‘proq qayta taqsimlanishiga olib keladi. Katta budjet taqchilligi va davlat majburiyatlari bo‘yicha foiz to‘lovlari o‘sish sharoitida, davlat qarzlarini to‘lash vaqtini imkon darajada cho‘zishga harakat qiladi. Buning uchun turli xil usullardan foydalanish mumkin. Jumladan, davlat o‘zining qisqa muddatli majburiyatlarini, o‘rta va uzoq muddatli zayomlarga almashtiradi. U o‘zining qisqa muddatli majburiyatlarini, ancha yuqori foiz bo‘yicha yangi, uzoq muddatli zayomlar chiqarish hisobiga ham sotib olish mumkin. Bunday turdagi tadbirlar qisqa davrli samara berishi va vaqtincha davlatning moliyaviy ahvolini yengillatishi mumkin, chunki u odatda kelgusida foiz stavkasining oshishi va qarzlar umumiy miqdorining o‘sishi bilan bog‘liq. Xo‘jalik hayotida baynalminallashuv jarayonlarining tez o‘sishi, xalqaro kreditning jadal rivojlanishi natijasida davlat o‘ziga zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarni jalb qilish uchun, bo‘sh pul mablag‘larining milliy chegaradan tashqaridagi manbalaridan faol foydalanadi. Buning natijasida tashqi qarz vujudga keladi. Shunday qilib, davlat zarur moliyaviy resurslarini ham ssuda kapitallarining milliy bozoridan ham va tashqi bozoridan qarz oladi. Xalqaro kreditning tez o‘sishi kapitalning mamlakatlararo migratsiyasi, mamlakat va regionlar iqtisodiy o‘zaro bog‘liqligi chuqurlashuvining muqarrar natijasi hisoblanadi. Xalqaro kredit moliyaviy resurslarni ham 412 xususiy sektorning ehtiyojlarini qondirish, davlat budjeti taqchilligini qoplash uchun jalb qilish imkoniyatini sezilarli kengaytiradi. Shu bilan birga, tashqi qarzlarning o‘sishi bir qator boshqa muammolarni keltirib chiqaradi. Ulardan asosiysi, milliy vositalar bilan nazorat qilib bo‘lmaydigan ham kreditor, ham debitor mamlakatlar iqtisodiyotining kuchayib boruvchi bog‘liqligidir. O‘zbekiston iqtisodiyotining barqaror va mutanosib rivojlanib borayotganini 2005-yildan boshlab davlat budjeti profitsit bilan bajarilayotgani ham yaqqol tasdiqlab turibdi. Quyidagi jadvalga qarang. 3-jadval Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling