Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Xalqaro reyting kompaniyalarining «barqaror» reyting
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Xalqaro reyting kompaniyalarining «barqaror» reyting
bahosini olgan banklar «Mudis» «Fitch reyting» «Standart end Purs» TIF Milliy bank Ipoteka bank G‘alla bank Aloqa bank «Turon» bank Kredit standart bank O‘zsanoatqurilish bank Paxta bank Asaka bank Hamkor bank «Ipak yo‘li» bank TIF Milliy bank Kapital bank Shuningdek, xalqaro amaliyot negizida banklar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarning milliy individual reyting tizimini joriy etish maqsadida, O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi tomonidan Markaziy bank hamda qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlash- tirish va nazorat qilish markazi bilan kelishilgan holda tegishli chora- tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Shunga muvofiq, 2008-yil davomida «Axbor-Reyting» milliy reyting agentligi tomonidan 21 ta tijorat bankiga turli darajadagi reyting baholari berildi. 2008-yilda tijorat banklarining kapitallashuv darajasini yanada oshirish, barqarorligini ta’minlash, investitsiya jarayonlarida ishtirokini yanada kengaytirish, ularning erkinligini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi. Kreditning obyekti har qanday pul emas, balki o‘z egalari qo‘lidagi bo‘sh qolgan pullardir. Kredit takror ishlab chiqarishga xizmat qilishi kerak. Kredit iqtisodiy o‘sishning shartidir. Iqtisodiy o‘sish ommaviy farovonlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Shu bois ham, moliya-kredit sohasidagi jinoyatchilikka yo‘l qo‘ymaslik huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining vazifalaridan biri hisoblanadi. Faqatgina yuksak ma’naviyatli xodimlar bank-kredit sohasidagi moliyaviy resurslarni suiiste’mol qilishga yo‘l qo‘ymaydilar. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar mutaxassislarining ma’lumotlariga ko‘ra, 2002–2007-yillarda ayrim shaxslar respublikamiz iqtisodiyotida 530,7 milliard so‘m mablag‘ni o‘zlashtirib yuborganlar. Prokuratura organlarining aralashuvi bilan aybdorlar tomonidan yetkazilgan zararning 435 milliard so‘mi, ya’ni 78 foizi qoplangan. Ko‘rinib turibdiki, bu summa iqtisodiy o‘sishga emas, 404 balki ayrim shaxslar manfaatlariga xizmat qilgan. Aybdorlarning aksariyati rahbar xodimlardir. Bunday insonlar respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar g‘oyasini obro‘sizlantiradi. Shu bois, bu borada joylarda tegishli tushuntirish ishlarini olib borish maqsadga muvofiqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi (2010-yil 12-noyabr) «Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi» nomli ma’ruzasida: «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida mamlakatimiz moliya-bank tizimi o‘zining barqaror va ishonchli ekanini isbotladi. Shu bilan birga, bu tizimning yanada mustahkamlanishi xususiy banklar va xususiy mulkka asoslangan lizing, sug‘urta kompaniyalari, kredit uyushmalari, mikromoliyaviy tashkilotlar kabi moliyaviy institutlarni tashkil etishning qonunchilik asoslarini shakllantirish hisobidan bank-moliya sohasiga xususiy kapitalni jalb qilish bilan ham bog‘liq. Bu esa bank va boshqa moliyaviy xizmatlar bozorida raqobatning kengayishi hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatining oshishiga imkon beradi va eng yuksak xalqaro standartlar talabiga mos zamonaviy bozor infratuzilmasining rivojlanishi uchun sharoit yaratadi. Ta’kidlash kerakki, «Standart End Purs», «Mudis» va «Fitch Reytings» kabi nufuzli xalqaro reyting agentliklari ikki yildan buyon O‘zbekiston bank tizimiga muttasil ravishda «barqaror» reyting darajasini bermoqda, ayni paytda mamlakatimizning shunday bahoga sazovor bo‘lgan banklari soni yildan-yilga ortib bormoqda. Agar 2010-yilda mamlakatimizning 15 ta tijorat banki «barqaror» reytingini olgan bo‘lsa, hozirgi kunda ularning soni 23 taga yetdi, bu banklarning aktivlari yurtimiz bank tizimi umumiy aktivlarining 98 foizini tashkil etmoqda. Ma’lumki, aholining bank tizimiga ishonchi ortib borayotgani banklar faoliyati samaradorligining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Shu ma’noda, 2011-yilda depozitlarga 18 trillion so‘mdan ortiq, o‘tgan yilga nisbatan 36,3 foiz ko‘p mablag‘ jalb qilingani, jumladan, aholi depozitlari 38,8 foizga oshgani ayniqsa e’tiborlidir. Banklarning kredit portfeli tarkibi sifat jihatidan tubdan o‘zgar- moqda. Agar 2000-yilda kredit portfelining 54 foizi tashqi qarzlar hisobidan shakllantirilgan bo‘lsa, 2011-yilda uning 85,3 foizi ichki 405 manbalar – yuridik va jismoniy shaxslar depozitlari hisobidan shakllan- tirildi. Bu esa, o‘z navbatida, iqtisodiyotimiz tarmoqlariga investitsiya kiritish va shuning hisobidan taraqqiyotimizni ta’minlashda ichki imkoniyatlarimiz tobora ortib borayotganining dalilidir. Tijorat banklarining investitsiyaviy faolligi ortmoqda. Tijorat banklari qo‘yilmalarining 75 foizdan ortig‘ini uch yildan ziyod bo‘lgan uzoq muddatli investitsiya kreditlari tashkil etmoqda. Umuman, so‘nggi o‘n yilda banklarimiz tomonidan iqtisodiyotning real sektorini kreditlash 7 barobar oshganini alohida qayd etish lozim, deb o‘ylayman. Bizning iqtisodiy nochor korxonalarni banklar balansiga o‘tkazib, ularni sog‘lomlashtirish borasida qo‘llagan noan’anaviy yondashuvimiz o‘zini oqladi va samaradorligini ko‘rsatdi, deb bugun to‘la asos bilan aytishimiz mumkin. Hozirgi paytda banklarga berilgan 164 ta bankrot korxonadan 156 tasida ishlab chiqarish faoliyati to‘liq tiklandi, 110 ta korxona yangi investorlarga sotildi. Bunday korxonalarni texnik qayta jihozlash va modernizatsiya qilish ishlariga tijorat banklari tomonidan 275 milliard so‘m miqdorida investitsiya kiritildi, natijada 22 mingdan ziyod ish o‘rni yaratildi» 1 , – deb ta’kidladi. Hozirgi vaqtda yana bir muhim masala – mamlakatimiz iqtisodiyo- Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling