6. Kredit berishga tabaqalashgan holda yondashish. Bu tamoyil
turli qarz oluvchilarga individual tarzda yondashishni ifodalaydi. Bank
qarz berib, qaytarib olmaslik xatarini hisoblab chiqib, har bir mijoz uchun
qarz berish yoki bermaslik masalasini har tomonlama tahlil qilib, hal
etadi.
Kreditning tarixiy rivojlanish jarayonida turli shakllari paydo bo‘lib,
ularning eng asosiylari tijorat va bank kreditidir. Tijorat krediti – bu
korxonalar, tadbirkorlar va boshqa xo‘jalik subyektlarining bir-biriga
tovar shaklida beradigan kreditidir. Bunda tovarlar qarzga beriladi.
Ko‘pincha, tijorat krediti veksel (qarz majburiyatnomasi) bilan
hujjatlashtiriladi. Tijorat krediti cheklangan tarzda qo‘llaniladi. Uning
keng tarzda qo‘llanishiga quyidagilar to‘sqinlik qiladi:
a) qarz beruvchining zaxira mablag‘i, zaxira fondining cheklan-
ganligi;
b) tovar shaklida kredit ishlatilishining cheklanganligi. Aytaylik,
korxona material qarz olgan bo‘lsa, uni faqat ishlab chiqarish vositasi –
xom ashyo sifatida ishlatishi mumkin, uni ish haqi tarzida ishlata olmaydi;
v) bu qarz ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan korxo-
nalardan ularni iste’mol qiladiganlarga berilishi mumkin, aksincha emas.
Tijorat kreditining bu cheklanganligi bank krediti yordamida hal etiladi.
Bank krediti – bu moliya-kredit muassasalari (banklar, fondlar,
assotsiatsiyalar) tomonidan har qanday xo‘jalik subyektlari (tadbirkorlar,
korxonalar, tashkilotlar va boshqalar)ga pul shaklida – ssuda tarzida
beriladi. Bank krediti qisqa (bir yilgacha), o‘rta (bir yildan besh yilgacha)
va uzoq (besh yildan ortiq) muddatga berilishi mumkin. Kredit faqat tovar
muomalasi (aylanishini)ga xizmat ko‘rsatib qolmay, kapital jamg‘arilish-
ga ham xizmat ko‘rsatadi. Bank krediti bitimlar hajmi, muddati,
yo‘nalishi bo‘yicha cheklanmaganligi jihatidan tijorat kreditidan farq
qilishi uni kreditning asosiy va ustun shakliga aylantiradi. Kreditning
ulardan tashqari quyidagi shakllari mavjud:
Do'stlaringiz bilan baham: |