Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ipoteka krediti
- Davlat krediti
Iste’mol krediti. Iste’mol krediti aholi ehtiyojlarini qondirishga
mo‘ljallangan. U tovar yoki pul shakllarida bo‘lishi mumkin. Bu kredit eng avvalo uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlarini sotib olish uchun beriladi. U tovarlar sotilayotgan do‘konlar tomonidan to‘lov muddatini kechiktirish yoki bank tomonidan shu maqsad uchun qarz berilishi tarzida bo‘lishi mumkin. Odatda bu kredit uchun belgilanadigan foiz yuqori bo‘ladi. Hozirgi paytda imtiyozli kreditlar ham berilmoqda. Masalan, AQShda banklar iste’molchilarga kredit kartochkalari beradi, ularga narxi 2500 dollarga qadar tovarlar xarid etiladi, xarid puli 401 banklarga do‘konlar bergan schotga qarab to‘lanadi. Bunday kredit g‘oyat imtiyozli bo‘ladi, uning foizi boshqa qarz foizidan ancha kam bo‘ladi, hatto foizsiz ham bo‘lishi mumkin. Talabalarga o‘qish haqini to‘lashlari uchun maxsus qarz beriladi. Bu qarz uchun foiz eng ko‘p bo‘lganda 8 foiz qilib belgilanadi, qarz yiliga 2500 dollar, oxirgi kursda esa 5000 dollar miqdorda beriladi. Bunday qarzni talaba o‘qishni tugatib, pul topgach, uzadi. Hozirgi paytda, yakka uy-joylar qurish uchun uzoq muddatli kreditlar pul shaklidagi iste’mol kreditlaridir. Respublikamizda ham hozirgi paytda uy-joy qurish, oliy o‘quv yurtlarida o‘qish uchun imtiyozli kredit berish keng qo‘llanilmoqda. Ipoteka krediti – ko‘chmas mulk (yer, bino, uy-joy kabilar)ni garovga qo‘yib olinadigan kredit. Odatda ipoteka kreditidan asosan qishloq xo‘jaligida asosiy fondlarni yangilash uchun yirik kapital qo‘yilmalarni qoplash uchun foydalaniladi. Davlat krediti – davlat bir tomondan qarz oluvchi, ikkinchi tomondan qarz beruvchi sifatida maydonga chiqadi. Bunda davlat krediti paydo bo‘ladi. Davlat aholidan, firma, korxonalar, tashkilotlar, banklardan qarz oladi. U davlatning qarzdorlik guvohnomasi bo‘lib, u vaqti kelganda, qarzni uzish va foiz to‘lashni kafolatlaydi. Ularni markaziy va mahalliy hokimiyatlar chiqaradilar. Qarz va uning foizi budjet hisobidan qoplanadi. Davlat qarzni eng avvalo budjet tanqisligini qoplash uchun oladi. AQShda davlat obligatsiyalari emissiya tufayli davlat qarzi 3 trln. dollardan oshib ketdi. Kredit munosabatlarida davlat faqat qarzdor vazifasini o‘tamay, qarz beruvchi rolini ham bajaradi. Davlat o‘z mablag‘lari hisobidan bankda qarz fondini tashkil etadi, xazinadan qarz beradi. Xazina qarzi davlat budjetidan, korxona va firma, tashkilotlarga ularning moliyaviy sanatsiyasi (sog‘lomlashtirish) uchun sarflanadi. Bu qarz ham ma’lum muddatga, qaytarib berish va foiz to‘lash sharti bilan beriladi. Foiz g‘oyat imtiyozli bo‘lib, daromad olishni ko‘zlamaydi. Davlat o‘z qarzidan voz kechishi ham mumkin. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling