Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oltinchidan, tadbirkorlar, katta puldorlar qo‘lidagi pullar.
fondlarning mablag‘lari. Bu fondlar pullarining hosil bo‘lishi va
ishlatilishi har xil vaqtda yuz beradi. Bu ma’lum miqdorda pul mablag‘larining bo‘sh qolib, qarz fondiga aylanishi uchun imkon beradi. Beshinchidan, aholi pul daromadlari va jamg‘armalari. Fuqarolar- ning iste’molchi sifatida qimmatbaho tovarlar olish, uy qurish, marosimlar o‘tkazish uchun jamg‘arilgan pullari ishlatilgunga qadar bo‘sh bo‘ladi. Oltinchidan, tadbirkorlar, katta puldorlar qo‘lidagi pullar. Bulardan tashqari, davlat budjetidan uzoq muddatli qarz berish uchun maxsus mablag‘ ajratiladi. Undan tashqari MB qo‘shimcha emissiya tufayli moliya-kredit muassasalariga kreditlar berishi mumkin. Ma’lum vaqt mobaynida bo‘sh pullar uning egalariga hech qanday daromad keltirmaydilar, shuning uchun kam miqdordagi foiz bilan ham qarz berish foydali bo‘lib qoladi. Natijada ana shu bo‘sh pullar qarz kapitaliga 398 aylantiriladi. Bunda banklar muhim rol o‘ynaydi. Ular yuqori foiz bilan pulga muhtoj bo‘lgan ishbilarmonlar, tadbirkorlar va boshqalarga o‘z maqsadlarini amalga oshirish uchun qarz beradi. Hozirgi sharoitda xo‘jalikni moliyalashtirishda qarz mablag‘larining ulushi oshib borishi tendensiyasi kuzatilmoqda. Ularning ulushi, ayniqsa kapital quyilmalar hajmida ko‘payib bormoqda. Bunday tendensiya Yaponiya, Italiya, Fransiyada yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, Yaponiya firmalari ishlab chiqarishni kengaytirish uchun sarflagan mablag‘larining 4/5 qismi chetdan jalb qilingan, ya’ni qarz olingan. Kredit turlari va tamoyillari. Kredit turlari xilma-xil, ularga turli jihatdan yondashish mumkin: – qarz oluvchilarning asosiy guruhlariga ko‘ra: korxonalar, aholi, davlat krediti; – ko‘zlangan maqsadga ko‘ra: iste’mol, qishloq xo‘jaligi, savdo, investitsiya, budjet kreditlari; – berilgan vaqtiga ko‘ra: qisqa (bir yilgacha), o‘rta (bir yildan besh yilgacha), uzoq (besh yildan ortiq) muddatli kreditlarga bo‘linadi; – funksiya qilish sohasiga ko‘ra, kredit ikki turga bo‘linadi: oborot kapitalini tashkil etish, uni tor ma’noda kredit deb yuritiladi hamda asosiy kapital olish uchun sarflanadigan, odatda uni qarz deb yuritiladi: 1. Overdraft – bank mijoziga kunlik foiz to‘lash sharti bilan hisob raqamidagi mablag‘i yetmagan hollarda shartlashilgan miqdorda qarz berib, bank krediti ta’minlanishini talab qilmasligi mumkin. Bunda bank mijozi hisobiga kelib tushgan pulni darrov o‘z hisobiga o‘tkazib olmaydi. Mijoz qarzni o‘ziga qulay paytda to‘laydi. 2. Kontokorrent shaklida qarz berganda, bank moliyaviy jihatdan barqaror deb topgan mijozlariga oborot mablag‘lari uchun kreditni qattiq cheklamasligi mumkin. 3. Avans – Yevropa mamlakatlarida bankning har xil shartga ko‘ra (overdraft, kontokorrent ham shunga kiradi) qarz berishi; – kreditni qaytarish ta’minlanganligiga ko‘ra ham ikki turga bo‘linadi: ta’minlanmagan yoki blankli (overdraft, kontokorrent) va ta’minlangan kredit; – kredit berish usuliga ko‘ra: kompensatsion, ya’ni o‘z mablag‘larini to‘ldirish uchun hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan va to‘lov to‘g‘ridan-to‘g‘ri qarzni qaytarish, haq to‘lash topshirilgan kredit; – kredit qaytarilishiga ko‘ra: to‘lash muddati uzaytirilgan, bo‘lib to‘lanadigan hamda birato‘la qaytariladigan kreditlarga bo‘linadi. Qarz hajmi va muddatining cheklanishi darajasiga ko‘ra limitlangan va 399 limitlanmagan kreditlarga bo‘linadi. Kreditning qaysi turi, qanday shaklda berilishidan qat’i nazar, kredit berishning asosiy tamoyillariga rioya qilinishi kerak. Ular quyidagilar: Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling