Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Moliyaviy xavfsizlikka tahdidlar
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Moliyaviy xavfsizlikka tahdidlar ichki va tashqi turlarga bo‘linadi.
Ichki va tashqi tahdidlar moliyaviy tizimning takror ishlab chiqarishni kafolatlashga, davlat qarziga xizmat ko‘rsatishga yetarlicha qodir emasligi natijasida yuzaga keladi. Ichki tahdidlar asosan quyidagilar tufayli yuzaga keladi: – noadekvat (noto‘g‘ri) moliyaviy-iqtisodiy siyosat; – hokimiyat va boshqaruv organlarining eng oddiy xatolari; 393 – davlat moliyaviy tizimini boshqarishdagi xatolar, suiiste’molliklar va boshqa og‘ishlar (xo‘jasizlik, sansalorlik, turli-tuman iqtisodiy jinoyatlar va sh.k.). Hozirgi sharoitda moliyaviy xavfsizlikka tashqi tahdidlar alohida ahamiyatga ega. Moliyaviy resurslarni boshqarishda moliyaviy menejment muhim o‘rin tutadi. Moliyaviy menejment – bu moliyaviy resurslarni boshqarish tizimi bo‘lib, unga moliyaviy siyosat, uning usullari va vositalari, shuningdek boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ishtirok etuvchi va moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun ushbu qarorlarni amalga oshiruvchi odamlar kiradi. Moliyaviy menejmentning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: – qarorlar qabul qilish; – qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish. Axborot yetarli bo‘lmagan, qabul qilingan qarorlarning oqibatlarini deyarli bilib bo‘lmaydigan katta noaniqlik sharoitida qabul qilinadigan nostandart, ijobiy qarorlar eng katta ahamiyatga ega. Moliyaviy menejment moliyaviy tizimning barcha tarkibiy qismlarini qamrab oladi va bozor munosabatlari sharoitida boshqaruv tuzilishining muhim tarkibiy unsuri (elementi) hisoblanadi. Moliyaviy menejmentning asosini qisqa va uzoq muddatli davrda moliyaviy resurslardan samarali foydalanish omillarini tahlil qilishga asoslanadigan hamda moliyaviy xizmatlar faoliyatining yo‘nalishlarini belgilab beradigan moliyaviy siyosat tashkil qiladi. Tegishli siyosatni belgilash maqsadida o‘tkaziladigan moliyaviy tahlil manbalariga davlat moliya organlarining rasmiy hisobotlari, institutsional bozor tuzilmalari (banklar, investitsiya kompaniyalari, tovar, fond va valuta birjalari)ning axboroti, statistik ma’lumotlar, tarmoqlararo va davlatlararo qiyoslash ma’lumotlari, kompaniyalarning tashqi foydalanish uchun tayyorlangan moliyaviy-buxgalterlik hisobotlari kiradi. Korxonalarda tegishli moliyaviy siyosatni belgilash va qarorlar qabul qilish maqsadida xo‘jalikning ichki jarayonlarini to‘liqroq ifodalovchi ichki boshqaruv axborotidan ham foydalaniladi. Moliyaviy menejmentning quyidagi maqsadlari ajratiladi: – korxona aktivlarining tuzilishini maqbullashtirish; – korxonaning moliyaviy barqarorligi va mustaqilligini ta’minlash. Moliyaviy menejment maqsadlariga erishish tegishli boshqaruv usullaridan foydalanish orqali ta’minlanadi. Moliyani boshqarishning quyidagi asosiy metodlari (usullari) ajratiladi: 394 – bashoratlash va rejalashtirish; – o‘zini o‘zi moliyalashtirish; – moliyalashtirish va kreditlash; – soliqqa tortish; – sug‘urta; – lizing; – trast; – faktoring; – garov; – moliyaviy rag‘batlantirish; – sanksiyalar (jazolar) qo‘llash. Moliyaviy menejment turli moliyaviy vositalar to‘plami orqali amalga oshiriladi. Ularning ayrimlarini keltiramiz: – birlamchi: pul mablag‘lari, debitorlik va kreditorlik qarzlari, qisqa muddatli moliyaviy qo‘yilmalar – aksiya va obligatsiyalar; – ikkilamchi: opsionlar, fyucherslar, forvard shartnomalari. Moliyaviy menejmentning hal qiluvchi tarkibiy qismi insondir, chunki korxonalar xodimlar yuksak ijodiy faollik ko‘rsatgan sharoitdagina muvaffaqiyatli rivojlanishi mumkin. Ayni vaqtda moliyaviy menejment mehnat jamoasini bevosita boshqarish tizimi emas, balki ijobiy tashabbus rivojlanishi uchun eng qulay ijtimoiy-ruhiy muhit yaratishni taqozo etadi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling