Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Jahon mamlakatlarining inqirozga qarshi kurashga sarflangan
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Jahon mamlakatlarining inqirozga qarshi kurashga sarflangan
moliyaviy xarajatlari Mamlakat Moliyaviy xarajatlar, mlrd. dollar Mamlakat YAIMga nisb. foiz hisobida (2008-yil) Rossiya 222 13,9 Buyuk Britaniya 1020 37 AQSh 3539 25 Germaniya 893 23 Yaponiya 576 12 Xitoy 570 13 Dunyo bo‘yicha 9400 15 Jahon moliyaviy inqirozining O‘zbekistonga ta’siri va uning mamlakatimizda yengil kechishiga sabab bo‘lgan quyidagi omillar: – ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lining ta’minlanganligi; – davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi zarurligining aniq belgilab olinganligi; – O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va zarur resurslar bazasining mavjudligi; – oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi; – aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o‘sishining oldini olishga doir chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilganligi; – davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘lik barqaror va ishonchli ekani, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchliligi bilan izohlanadi. O‘zbekiston uchun inqirozni bartaraf etish va jahon bozorida yangi marralarga chiqishning ishonchli yo‘li sifatida 2009-yilga mo‘ljallangan 1 ɉɪɟɡɢɞɟɧɬ ɂɫɥɨɦ Ʉɚɪɢɦɨɜɧɢɧɝ «ɀɚԟɨɧ ɦɨɥɢɹɜɢɣ-ɢԕɬɢɫɨɞɢɣ ɢɧԕɢɪɨɡɢ, ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ ɲɚɪɨɢɬɢɞɚ ɭɧɢ ɛɚɪɬɚɪɚɮ ɷɬɢɲɧɢɧɝ ɣʆɥɥɚɪɢ ɜɚ ɱɨɪɚɥɚɪɢ» ɚɫɚɪɢɧɢ ʆɪɝɚɧɢɲ ɛʆɣɢɱɚ ʆԕɭɜ-ɭɫɥɭɛɢɣ ԕʆɥɥɚɧɦɚ. – Ɍ., 2009. – Ȼ. 47. 391 iqtisodiy dasturning quyidagi eng muhim ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan: 1) mamlakatimizda qabul qilingan 2009–2012-yillarda jahon iqtisodiy inqirozi oqibatlarining oldini olish va bartaraf qilish bo‘yicha inqirozga qarshi dasturni amalga oshirish, shu asosda iqtisodiy o‘sishning uzoq muddatli barqaror sur’atlarini va iqtisodiyotning muvozanatli rivojlanishini ta’minlash; 2) tarkibiy o‘zgartirishlarni davom ettirish va iqtisodiyotni diversi- fikasiyalash, buni birinchi navbatda, xalqaro sifat standartlariga javob beradigan, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan raqobatbar- doshli mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash yo‘li bilan amalga oshirish; 3) qishloq turmushi sifatini va qiyofasini tubdan yaxshilashga, qishloq joylarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini jadal rivojlantirishga, mulkdorning, tadbirkorlik va kichik biznesning maqomi, o‘rni va ahamiyatini tubdan qayta ko‘rib chiqishga, fermer xo‘jaligini rivojlantirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan uzoq muddatli, o‘zaro bog‘langan chora-tadbirlar keng majmuini amalga oshirish; 4) aholi bandligini ta’minlash, uning turmush sifatini oshirishning eng muhim omili sifatida xizmatlar ko‘rsatish sohasi va kichik biznesni jadal rivojlantirish; 5) mamlakatni modernizasiya qilish va aholi bandligini oshirishning eng muhim omili sifatida ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish; 6) banklar ishini yanada takomillashtirish, aholi va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning bo‘sh mablag‘larini tijorat banklaridagi depozitlarga jalb qilishni rag‘batlantirish. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling