Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


-yilda ba’zi mamlakatlar tashqi qarzining yalpi ichki


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

2008-yilda ba’zi mamlakatlar tashqi qarzining yalpi ichki
mahsulotga nisbatan salmog‘i
1
T/r Mamlakatlar 
Foizda 
1. AQSh 
90
2. Rossiya 
37
3. Qozog‘iston 
102
4. Ukraina 
64
5. Qirg‘iziston 
81
6. O‘zbekiston 
13,3 
1
Qarang: ɏɚɥԕ ɫʆɡɢ. – 2009. – 15 ɚɩɪ.


 384
Jadvalda ko‘rsatilganidek, bu borada O‘zbekiston Respublikasida 
teskari tendensiyani kuzatamiz. Ya’ni, amalga oshirilgan oqilona siyosat 
natijasida tashqi qarzlarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2008-yilda 
13,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa 2010-yilda bu ko‘rsatkich 10 foizni tashkil 
etdi. 
Prezident Islom Karimov jahon moliyaviy inqirozi holati va uning 
yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlariga doir fikrlarini davom ettirib: 
«Ikkinchidan, avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz jahon moliya-
bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va ushbu tizimni tubdan isloh 
qilish zarurligini ko‘rsatdi», – deb alohida ta’kidladi. 
Xalqaro ekspertlarning e’tirof etishlaricha, AQSh jahon yalpi ichki 
mahsulotining asosiy iste’molchisi ekanligi jahon moliyaviy inqirozining 
kelib chiqishiga faol ta’sir ko‘rsatgan. Ma’lumotlarga qaraganda, 
AQShning jahon yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 20 foizni tashkil qilsa-
da, uning iste’moldagi hissasi qariyb 40 foizga teng. Qolgan 20 foiz 
iste’mol tovarlarini AQSh sotib oladimi? Qanday qilib sotib oladi? Qaysi 
pulga xarid qiladi, degan savollar tug‘iladi. 
Albatta, ularni boshqa mamlakatlar hisobidan, tovar bilan 
ta’minlanmagan qog‘oz pullar (AQSh dollarlari)ni keragidan ortiq bosib 
chiqarish hisobiga sotib oladi. Shu yo‘l bilan dunyo milliy boyligini 
taqsimlashda, aytish mumkinki, adolatsizlik yo‘lini tutadi. Hozirgi kunda 
AQSh dollarlari emissiyasini o‘z mamlakati iqtisodiyoti muomalasida 
bo‘lgan mamlakatlar hukumati emas, balki AQSh hukumati ham nazorat 
qila olmasligiga olib keldi. 
Xo‘sh, unda AQSh dollarlarini ishlab chiqarish va muomalaga kiritish 
bilan kim shug‘ullanadi? Bunday vakolat 20 ta xususiy bankni 
birlashtirgan, xususiy tashkilot maqomiga ega bo‘lgan AQSh Federal 
zaxira tizimi (Markaziy banki)ga berilgan. Bu xizmatning sobiq raisi Alan 
Grinspen boshchiligida tizimda olib borilgan noratsional pul-kredit 
siyosati hamda qayta moliyalashtirish stavkasining surunkali ravishda past 
darajada ushlab turilishi natijasida banklarning kredit berish ko‘lami keskin 
o‘sdi. Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish tizimining nomuvofiqligi 
tufayli esa banklar tomonidan kreditlash tizimi talablari yengillashtirildi.
Hozirgi jahon moliyaviy inqirozi AQShdagi ipoteka inqirozidagi 
tanglik holatidan rag‘bat olgan holda, global ishonch va likvidlilik 
muammosiga aylanib ketdi. Xo‘sh, bu inqiroz zamirida qanday sabab va 
omillar mujassam? U qanday oqibatlarga olib keladi? O‘zbekiston 
iqtisodiyotiga qanday ta’sir qiladi? kabi savollar har bir insonda tug‘ilishi 
tabiiydir. 


 385
Jahon moliyaviy inqirozining zamirida fundamental, xususan, 
makroiqtisodiy, mikroiqtisodiy va institutsional sabablar yotganligini qayd 
etish lozim. Ekspertlarning ta’kidlashicha, bunda bosh makroiqtisodiy 
sabab AQSh iqtisodiyotidagi ortiqcha likvidlilik muammosi bo‘lib, buni 
keltirib chiqaruvchi asosiy omillarni quyidagicha tasniflash mumkin
1
:
– 1997–1998-yillardagi inqirozdan so‘ng rivojlanayotgan davlatlarga 
nisbatan umumiy ishonchning pasayishi; 
– qator mamlakatlar tomonidan valuta zaxiralari va neft jamg‘ar-
malarining AQSh qimmatli qog‘ozlariga investitsiya qilinishi. Jahon 
iqtisodiyotida sezilarli darajada yuqori disbalans, nomuvofiqlikning 
mavjudligi, xususan, Xitoy savdo balansida yirik miqdordagi profitsit, 
ya’ni xarajatlarga nisbatan daromadlarning yuqoriligi AQShda esa, 
aksincha, katta miqdordagi defitsit saqlanib qolmoqda. Ajablanarlisi, 
AQSh savdo balansi defitsitining qariyb 90 foizi Xitoy, Yaponiya, 
Germaniya va Arab davlatlari savdo balansidagi profitsit hisobidan 
qoplanmoqda. Bundan tashqari, 10 ta Osiyo davlatiga jahon xalqaro valuta 
zaxiralarining 59 foizi (3,4 trillion AQSh dollari) to‘g‘ri kelmoqda. AQSh 
hukumati qarz majburiyatlarining 44 foiziga chet elliklar egalik qilmoqda
– AQSh iqtisodiyotidagi siklik pasayishning oldini olish maqsadida 
Federal zaxira tizimi tomonidan 2001–2003-yillarda amalga oshirilgan 
past foiz stavkalari siyosati. AQSh Federal zaxira tizimining sobiq raisi 
Alan Grinspenning keragidan ortiq ekpansion pul-kredit siyosati natijasida 
Federal zaxira tizimi diskont stavkasini tarixiy past darajaga tushishini va 
keragidan ortiq shu holatda uzoq muddat saqlanishini ta’minladi. 
Shuningdek, inqiroz rivojlanishiga mikroiqtisodiy omil hisoblangan 
yangi moliyaviy instrumentlar, avvalambor, tuzilmaviy hosila obligatsiya-
lari bozori rivojlanishi ham o‘z hissasini qo‘shgan. Aslida moliyaviy hosila 
instrumentlarini rivojlantirishdan maqsad tavakkalchilikni investorlar 
o‘rtasida taqsimlash orqali kamaytirishdan iborat edi. Vaholanki, hosilaviy 
instrumentlardan foydalanish amaliyotining rivojlanishi past sifatli 
substandart kreditlar bilan bog‘liq risklarning asl qiyofasini berkitish va 
investorlarning keng ommasiga yetarlicha shaffof (oshkora) bo‘lmagan 
tarzda taqsimlanishiga olib keldi.
,
Bundan tashqari, tartibga soluvchi organlar va reyting agentliklari 
tomonidan riskning yetarli darajada baholanmasligini, qolaversa, 
AQShning Federal ipoteka korporatsiyasi va Federal milliy ipoteka 
1
Qarang: ɀɭɦɚɟɜ ɇ. ɏ. ɀɚԟɨɧ ɦɨɥɢɹɜɢɣ-ɢԕɬɢɫɨɞɢɣ ɢɧԕɢɪɨɡɢ: ɦɨԟɢɹɬɢ,
ɫɚɛɚɛ-ɨԕɢɛɚɬɥɚɪɢ ɜɚ ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧɝɚ ɬɚɴɫɢɪɢ. – Ɍ., 2009. – Ȼ. 50. 


 386
assotsiatsiyasi, shuningdek, AQSh investitsion kompaniyalari kapitalining 
sezilarli darajada kichikligini moliyaviy inqirozni keltirib chiqaruvchi 
institutsional omillar qatoriga qo‘shish mumkin. Biroq, ko‘pchilik 
iqtisodchi olimlar va ekspertlar hozirgi jahon moliyaviy inqirozining 
ibtidosi hisoblangan AQSh ipoteka krediti bozoridagi tanglik holatini 
asosiy sabab sifatida e’tirof etishmoqda. AQSh ipoteka krediti bozoridagi 
inqiroz zamirida ham bir qator jiddiy sabablar va omillar mujassamligini 
e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Bunday omillar sirasiga
1
:

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling