Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Moliyaviy inqiroz, uning kelib chiqish sabablari, oqibatlari va


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet227/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

2. Moliyaviy inqiroz, uning kelib chiqish sabablari, oqibatlari va 
undan chiqish yo‘llari 
Moliyaviy inqiroz deganda, banklar likvidligi (to‘lov qobiliyati)ning 
zaifligi bilan bog‘liq muammolarning keskinlashuvi natijasida yuz bergan 
inqiroz tushuniladi. U kredit bozorida yuz bergan tanglik va mablag‘ 
(pul)ning yetishmasligi tufayli kelib chiqadi. 2008-yilda boshlangan jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ham aslida shu asosda ildiz otdi.
Moliyaviy resurslarning globallashuvi ijobiy va salbiy oqibatlarga 
ega. Ijobiy oqibatlari – milliy moliyaviy bozorlarda raqobatning 
kuchayishi, moliyaviy xizmat narxlarining pasayishi, zarur bo‘lganida, 
moliyaviy resurslarning tezda yig‘ilishi, ya’ni moliyaviy taqchillikning 
yo‘qligi. Moliya resurslari globallashuvining salbiy oqibatlari quyida-
gilardan iborat: 
1) milliy moliyaviy bozorlarning beqarorligi; 
2) pul kapitalining real kapitaldan, ya’ni ishlab chiqarish vositalari
tovar zaxiralaridan ustunlik qilishi (ko‘pligi); 
3) iqtisodiyotning moliyaviy holatga bog‘liqligining o‘sishi; 
4) moliyaviy mablag‘larning norezidentlar xatti-harakati, shuningdek 
mintaqaviy moliyaviy bozorlar va xalqaro moliyaviy markazlar konyunk-
turasiga bog‘liqligi. 
Moliyaviy resurslarning globallashuvi shunga olib keladiki, milliy 
hukumatlarning moliyani tartibga solish maqsadida unga ko‘rsatadigan 
ta’siri susayib boradi. Jahon moliyaviy bozori va ko‘proq darajada 
transmilliy korporatsiyalarning milliy bozorlari, xalqaro institutsional 
investorlar va xalqaro olib sotarlarga ta’siri kuchayadi. 
Rivojlanayotgan davlatlar va o‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlar 
moliyalariga xalqaro iqtisodiy tashkilotlar – XVF, Jahon banki katta ta’sir 


 381
ko‘rsatadi. Jahon Savdo tashkiloti doirasida 1999-yildan boshlab 
moliyaviy xizmatlar bozorini liberallashtirishga doir ko‘p tomonlama 
bitim amal qilmoqda. Yuzga yaqin mamlakatlar o‘z hududlarida xorijiy 
kredit, moliya va sug‘urta muassasalarining faoliyatini cheklamaslik 
majburiyatini oldilar. Qisqa muddatli kapitalning ko‘plab chiqib ketishi 
mamlakatlar o‘rtasida moliyaviy inqirozni yuzaga keltira oladi. Shu 
sababli dunyo moliyaviy bozori bugunga kelib beqaror bozorga aylandi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   223   224   225   226   227   228   229   230   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling