Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
2. Makromoliya – bu mamlakat doirasidagi va milliy iqtisodiyotga
xizmat qiluvchi moliya bo‘lib, davlat moliyasidan iborat. 3. Metamoliya – xalqaro doiradagi moliya bo‘lib, davlatlararo pul munosabatlarini anglatadi. 1.3. Moliyaning funksiyalari Iqtisodiyot real va moliya sektoridan iborat. Moliya sektori iqtisodiy taraqqiyotga xizmat qiladi. Shu bois moliyaning zarurligi uning iqtisodiyotda bajariladigan funksiyalarini belgilab beradi. Bularni qisqacha ko‘rib chiqamiz: 1) taqsimlash funksiyasi. Bunda moliya vositasida yaratilgan YAIMning va bozorga chiqarilib sotilgan milliy boylikning pul shaklidagi qiymati taqsimlanadi. Buning natijasida turli pul fondlari hosil bo‘ladi. Demak, jami pul taqsimlanib, oilalar, firmalar va davlatning moliya resurslari hosil bo‘ladi. Davlat ixtiyoriga kelgan pul budjet yordamida taqsimlanib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga xizmat qiluvchi fondlarga yuboriladi; 2) rag‘batlantirish funksiyasi. Moliya mexanizmi vositasida iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash yuz beradi (rag‘batlantirish mukofotlari, qo‘shimcha ish haqi). Iqtisodiy-ijtimoiy faollikni rag‘batlantirish maqsadida davlat soliq stavkalarini pasaytiradi, muhtojlarga moliyaviy yordam ko‘rsatadi (Masalan, bir yilda 50 mingdan ortiq oilaga sog‘in sigir berilmoqda). Umumiqtisodiy ahamiyatga molik ishlar bajarilganda moliyaviy qiyinchilikka duchor bo‘lgan firmalarga davlat subsidiya (moliyaviy yordam qaytarilmaslik sharti bilan) davlat ajratadi. Moliya 380 vositasida iqtisodiy jazo ham qo‘llaniladi. O‘z majburiyatini vaqtida bajarmaganligi uchun subyektlar jarima va pensiya (ustama to‘lov) beradilar. Bu ham rag‘batlantirishga xizmat qiladi; 3) ijtimoiy funksiya. Bunda moliya resurslari ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishga sarflanadi (ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat, ijtimoiy ta’minot, ekologik xavfsizlikni ta’minlash ishlari, aholining muhtoj qatlamlariga yordam); 4) nazorat funksiyasi. Moliyaviy resurslarni ajratgan subyektlar ularni maqsadli ishlatilishini nazorat ostiga oladilar. Nazorat ishining asosiy vazifasi moliya resursining samarali ishlatilishini ta’minlashi hisoblanadi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling