Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Barter – muayyan tovar yoki xizmatni pulsiz boshqa tovar yoki xizmatga  ayirboshlash.  Likvidlik


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Barter – muayyan tovar yoki xizmatni pulsiz boshqa tovar yoki xizmatga 
ayirboshlash. 
Likvidlik – turli ne’matlardan to‘lov vositasi sifatida foydalanilishi yoki 
amalga oshishi qobiliyati; shuningdek muayyan qiymat (ne’mat, aktiv)ning 
naqd pulga tezda aylanish qobiliyati. 
Narxlar miqyosi – muayyan mamlakatda qabul qilingan pul birligida 
(masalan, bir so‘mda) mavjud bo‘lgan pul materiali (oltin)ning muayyan 
miqdori. 
Ayirboshlash qiymati – iste’mol va ishlab chiqarish qiymatining o‘zaro 
ta’siri asosida yuzaga keladigan iqtisodiy ne’matlarning muayyan miqdor 
mutanosibligida bir-biriga aylanish qobiliyati. 
Dunyo pullari – xalqaro hisob-kitoblarda foydalaniladigan pullar (oltin, 
eng rivojlangan mamlakatlarning milliy valutalari). 
Narx (ijtimoiy ma’noda) – tovarning pul shaklida ifodalangan qiymati. 
Narx (funksional ma’noda) – xaridor sotuvchiga muayyan iqtisodiy 
ne’mat uchun to‘laydigan pul miqdori. 
Mavzu yuzasidan asosiy xulosalar: 
«Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy 
sohalardagi islohotlardan ham asosiy ko‘zlangan maqsad barcha o‘zgarish-
larning natijasi va belgisi milliy valutamiz – so‘mimizni mustahkamlash, uni 


 374
bosqichma-bosqich jahonning kuchli valutalari bilan konvertatsiyalashga, ya’ni 
erkin almashuviga erishishdir» (Islom Karimov).
«Chinakam talab va taklif asosida vujudga keladigan erkin bozor 
narxlarining amal qilishi bozor iqtisodiyotining g‘oyat muhim bo‘g‘ini bo‘lib, 
bu bo‘g‘in mahsulot ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilarning o‘zaro jips 
ta’sirini ta’minlaydi» (Islom Karimov).
Pulning baquvvatligiga erishishga yo‘naltirilgan davlat dasturlari: 
• ichki bozorni iste’mol mollari bilan to‘ldirish; 
• davlat xarajatlarini keskin qisqartirish, qat’iy moliya, bank-kredit 
siyosatini o‘tkazish; 
• eksport imkoniyatlarini keskin kuchaytirish; 
• ortiqcha pul emissiyasiga, ya’ni pul bilan ta’minlanmagan ortiqcha pul 
muomalada bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik. 
Pul qadrini mustahkamlashni ta’minlashning vositalari:
• mamlakatning oltin zaxirasi bilan; 
• mamlakatning butun boyligi bilan; 
• tovar massasining hajmi va tarkibi orqali; 
• talab va taklif o‘rtasidagi nisbatni tartibga solish orqali
• narx-navoni tartiblash orqali; 
• pul muomalasi qonunidan foydalanish orqali. 
Pul islohoti o‘tkazish yo‘llari: 
deflyatsiya – muomaladagi pul miqdorini ortiqcha pul belgilarini 
iste’moldan chiqarish yo‘li orqali kamaytirish;
denominatsiya – pul belgilari qiymatining o‘zgarishi va ma’lum nisbatda 
yangi yirik pul birligiga almashtirilishi;
nullifikatsiya – eski pul belgilarini muomaladan olish va ozroq miqdorda 
yangilarini chiqarish;
revalvatsiya – milliy pul birligi qiymatining rasmiy tartibda chet el 
valutasi yoki qimmatbaho metallga nisbatan ko‘tarilishi;
devalvatsiya – mamlakat savdo va to‘lov balansining keskin yomonla-
shuvi, valuta zaxirasining holdan toyishi, xalqaro valuta bozorlarida milliy 
valuta kursining pasayishi bilan bog‘liq holda pul birligi qiymatining rasmiy 
tartibda chet el valutasi yoki qimmatbaho metallga nisbatan pasaytirilishi.
Pul miqdori keragidan ortib ketganda, inflatsiya paydo bo‘ladi. Bu 
narxlarning muqim oshib borishi natijasida milliy pul birligining qadrsiz-
lanishidir. Inflatsiyaning sabablari qo‘shimcha pul emissiyasi, ishlab 
chiqarishning qisqarib ketishi, xarajatlarning oshib ketishi, chet el valutasi 
zaxiralarining qadrsizlanishi kabilardan iboratdir. Inflatsiya kelib chiqishi 
sabablariga ko‘ra: talab va taklif inflatsiyasiga; qanday borishi jihatidan erkin 
bozor inflatsiyasi va davlat bostirib turadigan inflatsiyaga; shiddati jihatidan 
o‘rmalovchi, yo‘rg‘alovchi va tez yuguruvchi – giperinflatsiyaga ajratiladi. 


 375
Inflatsiya darajasini narxlarning zo‘r berib o‘sishi belgilaydi. Inflatsiya 
me’yorida bo‘lganda (yiliga 10–12 
foiz), bu iqtisodiyot uchun xavf 
tug‘dirmaydi, aksincha pul inyeksiya orqali iqtisodiyotning o‘sishiga ko‘mak 
beradi. Iqtisodiyot ishtirokchilari me’yoridagi inflatsiyaga moslashadilar. 
Davlatning moslashuv tadbirlari inflatsiyani hisobga olib foizini o‘zgartirish-
dan, daromadlar indeksatsiyasini o‘tkazishdan iborat bo‘ladi. Inflatsiya 
belgilangan me’yoridan chiqib ketganda, davlat inflatsiyaga qarshi tadbirlarni 
qo‘llaydi. 
Aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish 
hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o‘sishining oldini 
olishga doir chora-tadbirlar ham respublikamizda izchillik bilan amalga 
oshirilmoqda. Bu esa yurtimizning farovonligini yuksaltirish, aholining xarid 
qobiliyatini oshirishda ko‘zda tutadigan eng muhim ustuvor maqsadlarimizga 
to‘la mos keladi.
14-MAVZU. MOLIYA-KREDIT MUNOSABATLARI

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling