373
Inflyatsion kutishlar mexanizmi – inflatsiya o‘sishini kutish bo‘lib,
firmalar va uy xo‘jaliklari inflyatsion transfertning bir qismini o‘zlashtirish
maqsadida bajaradigan tegishli «qoplovchi» (kompensatsion) xatti-harakatini
belgilab beradi.
Inflatsiya sababi – inflatsiya jarayonining bevosita inflyatsion
makroiqtisodiy nomutanosiblikni keltirib chiqaradigan ko‘rsatkichlari.
Stagflyatsiya – inflatsiya va ishlab chiqarishning pasayishi birligida
namoyon bo‘luvchi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisa.
Inflatsiya omillari – inflatsiya imkoniyatiga ega bo‘lgan va uni mustaqil
ravishda emas, balki davlatning tegishli iqtisodiy siyosatni amalga oshirishi
natijasida ro‘yobga chiqaradigan obyektiv iqtisodiy holat.
Davlatning aksilinflyatsion siyosati – davlatning inflatsiyani
nazorat
qilishni ta’minlovchi qisqa, uzoq muddatli va strategik choralari
tizimini
amalga oshirish borasidagi maqsadga qaratilgan faoliyati.
Destagflyatsiya – ishlab chiqarish hajmining o‘sishi
va ayni vaqtda
ishsizlikning kamayishi hamda narx darajasining pasayishi.
Inflyatsion xavfsizlik strategiyasi – iqtisodiyotning joriy va ehtimol
tutilgan xatarli inflatsiya omillaridan doimiy va amaliy himoyalanganlik
holatini ta’minlovchi davlat choralari tizimi.
Do'stlaringiz bilan baham: