Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Narxning iqtisodiy mazmuni, vazifalari, turlari
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
Narxning iqtisodiy mazmuni, vazifalari, turlari.
O‘zbekistonda narxlarni erkinlashtirish Ma’lumki, bozorda tovar va xizmat xarid etilgan chog‘da bunga qancha pul to‘lash zarurligini narx belgilaydi. Narx deganda tovar qiymatining puldagi ifodasi tushuniladi. Narx bozor iqtisodiyotining muhim dastaklaridan biridir. Narxning mazmuni to‘g‘risida turlicha yondashuvlar mavjud. Jumladan, klassik iqtisod namoyandalari A. Smit, D. Rikardo, J.S, Mill narxni bozor qiymatining puldagi ifodasi, deb ta’riflaganlar. Neoklassik yondashuvga muvofiq narxga tovarlar nafliligini baholash vositasi sifatida qaraladi. Hozirgi zamon neoklassik yondashuv namoyandasi A.Marshall narx keyingi naflilik, ishlab chiqarish xarajatlari hamda talab va taklif nisbatining puldagi mujassamlashishi deb baholaydi. Demak, narx bozor aloqalarining asosiy iqtisodiy vositasi bo‘lib, tovar va xizmat birligini sotib olish uchun to‘lanadigan pul miqdorini bildiradi. Narxning mohiyatini uning vazifalarini o‘rganish orqali chuqur tushunish mumkin. Narx quyidagi vazifalarni bajaradi: 1. Bozor muvozanatini ta’minlash. Bunda narx bozordagi talab va taklifning hajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ularni muvozanat holatiga keltiradi. 2. Hisob-kitob o‘lchov vazifasini bajaradi. Qilingan xarajatlar, ko‘rilgan foyda-zarar, bajarilgan ish hajmining hammasi ma’lum narxlar asosida hisob-kitob qilinadi. 3. Iqtisodiy regulatorlik vazifasini bajaradi. Narxdagi o‘zgarish bozor holatini bildiradi, bu esa talab va taklif nisbatiga bog‘liq. 4. Raqobat vositasi hisoblanadi. Raqobat turlaridan eng muhimi narx vositasida kurash. Firmalar o‘z raqiblarini yengish, ularni bozordan siqib 369 chiqarish uchun narxni o‘zgartirib turadilar. Narxning raqobat vositasi ekanligi uning g‘oyat muhim iqtisodiy vosita bo‘lganidan kelib chiqadi. Firmalar bozorni egallab olish, undan raqiblarni siqib chiqarish uchun narxlarni o‘zgartirish siyosatini qo‘llaydi. 5. Ijtimoiy himoya vazifasini bajaradi. Narx aholining ayrim toifasi yoki xalqni qimmatchilikdan saqlash vazifasini o‘taydi. Bunda dotatsion (budjet mablag‘lari hisobidan arzonlashtirilgan) narxlar shunday vazifani bajaradi. Iqtisodiy mazmunga ko‘ra narxning quyidagi turlari mavjud: muvozanat narx – bu turli tovarlar o‘rtasidagi iqtisodiy jihatdan asoslangan nisbatlardir; demping narx – bu bozordan raqiblarni surib chiqarib, o‘z mavqeini mustahkamlash uchun qo‘llaniladigan maxsus narx; nufuzli narx – bu firma narx qo‘yganda tovar sotilishini qisqartirmagan holda yuqori narx hisobiga kanda qilmay foyda olish; milliy narx – bu mamlakat doirasidagi ijtimoiy xarajatlarni, milliy bozordagi talab va taklifni, tovar nafligini va naqadar qadrliligini hisobga olgan narx; dotatsiyalangan narx – bu davlat budjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan narx; jahon narxi – bu tovarga ketgan baynalminal sarf-xarajatlarni, tovarning jahon standarti talabiga mos kelishi darajasini, talab va taklifni hisobga olgan narx; standart narx – bu xaridor imkoniyatini hisobga olib, ma’lum davrgacha o‘zgarmaydigan narx; kontrakt narx – bu har ikki tomonning roziligi bilan belgilangan va ularning shartnomasida qayd etilgan narx; o‘zgaruvchan narx – bu xarajatlar va bozordagi talabning o‘zgarishini hisobga oladigan narx; chakana narx – bu iste’mol tovarlarini bevosita aholiga sotish narxi; erkin narx – bu savdolashuv asosida vujudga keladigan narx; limit narx – bu maksimal chegarasi aniqlanib, undan oshiq darajada belgilanadigan narx; monopol narx – bu monopol mavqeiga ega bo‘lgan tovarlarga belgilanib, ishlab chiqarish bahosidan yuqori yoki past bo‘ladigan narx; yashirin narx – bu xufiyona bozorlarda shakllanadigan narx. Davlatimiz rahbari Islom Karimov: «Chinakam talab va taklif asosida vujudga keladigan erkin bozor narxlarining amal qilishi bozor iqtisodiyotining g‘oyat muhim bo‘g‘ini bo‘lib, bu bo‘g‘in mahsulot ishlab 370 chiqaruvchilar bilan iste’molchilarning o‘zaro jips bo‘lishini ta’min- laydi», – deb ta’kidlaganida narxning shakllantirishda unga ta’sir etuvchi obyektiv omillarga e’tibor qaratishni nazarda tutgan. Narxning shakllanishiga quyidagi omillar ta’sir etadi: qiymat, raqobat, talab, taklif va naflilik. Narxlarning shakllanishida xarajat muhim o‘rin tutadi. U har qanday narxning umumiy asosi hisoblanadi. Chunki xarajatsiz hech qanday tovar yoki xizmatlar yaratib bo‘lmaydi. Narxlarning shakllanishida talab va taklifning o‘rni va ta’siri beqiyos. Demak, talab oshsa, narx oshadi, talab qisqarsa, narx tushadi. Aksincha, taklif ko‘paysa, narx tushadi, u qisqarsa, narx oshadi. Narxga tovarning nafliligi ham ta’sir etadi. Tovar va xizmat qanchalik naflilik darajasida bo‘lsa, naf ma’lum vaqtgacha oshish tendensiyasiga ega bo‘ladi. Naflilik darajasi pasaysa, narx tushadi. Shu bois tovarning nafliligi qancha yuqori bo‘lsa, uning narxi ham shuncha baland bo‘ladi yoki aksincha. Narxlarning shakllanishida raqobat muhiti muhim rol o‘ynaydi. Raqobat narx bilan belgilanganda, u bozorga ta’sir o‘tkazadi. Raqobat kuchli bo‘lsa, narx pasayadi. Agar raqobat cheklansa, narx ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, narxlarning shakllanishida davlatning iqtisodiy siyosati muhim rol o‘ynaydi. Davlatning narx siyosati deganda bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida narxlarni erkinlashtirish va milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish chora-tadbirlari tushuniladi. Narxlarni erkinlashtirishdan maqsad – xomashyo va mahsulot ayrim turlari narxlari o‘rtasidagi nomutanosiblikni kamaytirish, shuningdek narx bilan aholi daromadlari va korxonalar foydasi o‘rtasidagi mutanosiblikka erishishdir. Bundan tashqari narxlarni erkinlashtirish investitsion tovarlar, iste’mol tovarlari va xizmatlar narxlarining oqilona nisbatini ham ta’minlaydi. O‘zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o‘ziga xos tamoyillari, mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo‘li tanlab olindi. Ma’lumki, narxlarni birdaniga yoki «esankiratadigan» darajada qo‘yib yuborish jamiyatda ijtimoiy keskinlikni kuchaytirish, amalga oshirilayotgan islohotlarni obro‘sizlantirishga olib keladi. Shu bois ham mamlakatimizda narxlarni davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilishni ma’lum darajada saqlab qolishga ham e’tibor qaratildi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling