Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Inflatsiya, uning mohiyati va turlari
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
2. Inflatsiya, uning mohiyati va turlari
Inflatsiya makroiqtisodiy beqarorlikning ko‘rinishlaridan ɛɢɪɢ hisoblanadi. «Inflatsiya» tushunchasi birinchi marta g‘arbiy Amerikada, (1861–1865-yillardagi fuqarolar urushi davrida) qo‘llanila boshlagan va qog‘oz pul muomalasining ko‘payib ketishi jarayonini bildirgan. Iqtisodiy adabiyotlarda «inflatsiya» tushunchasi XX asrda, birinchi jahon urushidan keyin keng tarqaldi. Inflatsiya – bu qog‘oz pul birligining qadrsizlanishi va shunga mos ravishda tovar narxlarining o‘sishidir. Inflatsiya bozor xo‘jaligining har xil sohalarida takror ishlab chiqarish nomutanosibliklari tug‘diradigan murakkab ijtimoiy-iqtisodiy hodisadir. Qog‘oz pul tovarlarga, oltinga va o‘z qadrini, barqarorligini saqlab qolgan chet el valutalariga nisbatan qadrsizlanadi. Inflatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan aniqlanadi. Kelib chiqish sabablari va o‘sish sur’atlariga qarab, inflyasiyaning bir qancha turlari mavjud. 1) talab inflatsiyasi. Narx darajasining an’anaviy o‘zgarishi jami talab ortiqchaligi bilan tushuntiriladi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish 364 sohasi mahsulotning real hajmini ko‘paytirib ortiqcha talabni qondira olmaydi. Chunki barcha mavjud resurslar to‘liq foydalanilgan bo‘ladi. Shu sababli bu ortiqcha talab narxning oshishiga olib keladi va talab inflatsiyasini keltirib chiqaradi; 2) taklif inflatsiyasi. Inflatsiya ishlab chiqarish xarajatlari va bozordagi taklifning o‘zgarishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Ishlab chiqarish xarajatlarining o‘sishi natijasida kelib chiqadigan inflatsiya mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlarning ko‘payishi hisobiga narxlarning oshishini bildiradi. Mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi iqtisodiyot- da foydani va mahsulot hajmini qisqartiradi. Natijada tovarlar taklifi ham qisqaradi. Bu o‘z navbatida narx darajasini oshiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari nominal ish haqi, xom ashyo va energiya sarflari narxlarining o‘sishi hisobiga ortib boradi. Inflatsiyaning: a) me’yordagi; b) o‘rmalab boruvchi; c) giperinflatsiya kabi turlari ham mavjud. Inflatsiyaning birinchi turida baholar yiliga 10 foizgacha, ikkinchisida 20 dan 200 foizgacha, uchinchisida astronomik miqdorda o‘sishi kuzatiladi. Bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan inflatsiya farqlanadi. Kutilayotgan inflatsiya va uning oqibatlarini oldindan bashorat qilish mumkin, kutilmagan inflatsiyani oldindan aytib bo‘lmaydi. Birinchi holda inflatsiyaning kutilayotgan salbiy oqibatlariga tayyorlanib, uni sezilarli darajada yumshatish mumkin. Ikkinchi holda narxlarning kutilmagan o‘sishi natijasida mamlakat iqtisodiy ahvolining sezilarli yomonlashuvi ro‘y berishi mumkin. Pul miqdori keragidan ortib ketganda inflatsiya paydo bo‘ladi. Bu narxlarning muqim oshib borishi natijasida milliy pul birligining qadrsizlanishidir. Inflatsiyaning sabablari qo‘shimcha pul emissiyasi, ishlab chiqarishning qisqarib ketishi, xarajatlarning oshib ketishi, chet el valutasi zaxiralarining qadrsizlanishi kabilardan iboratdir. Inflatsiya kelib chiqishi sabablariga ko‘ra: ¾ talab va taklif inflatsiyasiga; ¾ qanday borishi jihatidan erkin bozor inflatsiyasi va davlat bostirib turadigan inflatsiyaga; ¾ shiddati jihatidan o‘rmalovchi, yo‘rg‘alovchi va tez yuguruvchi – giperinflatsiyaga ajratiladi. Inflatsiya darajasini narxlarning zo‘r berib o‘sishi belgilaydi. Inflatsiya me’yorida bo‘lganda (yiliga 10–12 foiz) bu iqtisodiyot uchun xavf tug‘dirmaydi, aksincha, pul inyeksiya orqali iqtisodiyotning o‘sishiga ko‘mak beradi. Iqtisodiyot ishtirokchilari me’yoridagi 365 inflatsiyaga moslashadilar. Davlatning moslashuv tadbirlari inflatsiyani hisobga olib foizini o‘zgartirishdan, daromadlar indeksatsiyasini o‘tkazishdan iborat bo‘ladi. Inflatsiya belgilangan me’yoridan chiqib ketganda, davlat inflatsiyaga qarshi tadbirlarni qo‘llaydi. Chunki inflatsiya firmalar va fuqarolardagi mavjud pul qadrining pasayishidan turli xil yo‘qotishlarga olib keladi. Giperinflatsiya iqtisodiy tanglikni hosil etadi. O‘rmalovchi inflatsiya sharoitida iqtisodiy faollik yuz beradi. Davlatning aksilinflatsiya siyosati asosan muomaladagi ortiqcha pulni olishdan, pul emissiyasini to‘xtatishdan iborat bo‘ladi. Iqtisodiyotda ortiqcha pul hosil bo‘lganda, pul massasi qisqartiriladi. Narxlar pul miqdoriga bog‘liq bo‘lar ekan, uning qisqarishi talabni kamaytirib, narxlarning o‘sishini sekinlashtiradi. Davlatning aksilinflatsiya siyosatining muhim yo‘nalishidan biri bu iqtisodiyotning real sektorini rag‘batlantirishdan iborat. Chunki iqtisodiyotning real sektori xilma-xil mahsulot va xizmatlar ishlab chiqarish bo‘lganidan u iqtisodiyotning asosiy tayanch nuqtasi hisoblanadi. Real sektorda yaratilgan barcha ne’matlar ayirboshlanadi, taqsimlanadi va iste’mol etiladi. Ko‘rinib turibdiki, bunday harakat uzluksiz yuz beradi. Ya’ni takror ishlab chiqarishni yuzaga chiqaradi. Shu bois iqtisodiyotning real sektorini pulning aylanma harakatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Chunki iqtisodiyotda doimo pulga qo‘shimcha talab paydo bo‘ladi. Bunday sharoitda pul zaxiradan chiqib oborotga kiradi va real sektorga xizmat qiladi. Iqtisodiyotda pulga talabning qondirilishi real sektordagi ishlab chiqarishni kengaytiradi va iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga xizmat qiladi. Shuning uchun davlat pulning qadrini mustahkamlash chora-tadbirlarini ko‘radi. Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling