Mavzuni chuqur o‘rganish instrumentariysi
Tovar – ayirboshlash uchun mo‘ljallangan iqtisodiy ne’mat.
Qiymat – tovar ayirboshlash holatida o‘z ifodasini topadigan hamda
ayirboshlanadigan ne’matlarning iste’molchilari va ishlab chiqaruvchilari
manfaatlarini maqbullashtirish (kelishtirish) natijasi, tovar ayirboshlash faktida
ifodalangan iste’mol va ishlab chiqarish qiymati o‘zaro munosabatining
natijasi.
Ishlab chiqarish qiymati – tovarning uni yaratuvchi shaxsning muayyan
daromadini ta’minlash qobiliyati.
Qiymat qonuni – ayirboshlash faktining ayirboshlanadigan ne’matlarning
iste’molchilari va ishlab chiqaruvchilarining iqtisodiy manfaatlari
maqbullashuvi («mos kelishi»)ga bog‘liqligini ifodalovchi ichki, takrorlanuvi
va barqaror aloqa va munosabatlar.
Iste’mol qiymati – tovarning muayyan hayotiy ehtiyojni qondirish
qobiliyati.
Qiymat me’yori – turli tovar ayirboshlash qiymatlarining puldagi
o‘lchovi yoki «narx» bo‘yicha qiyoslanishi.
Pul – almashish uchun mo‘ljallangan tovar qiymatlarining umumiy
ekvivalenti.
Pulning jamlash vositasi – tovar va xizmatlar sotilganidan so‘ng
jamg‘ariladigan va kelajakda xarid qobiliyatini ta’minlaydigan pul.
Pulning muomala vositasi – tovar va xizmatlar sotib olish uchun
foydalaniladigan pul; pul o‘zining ushbu funksiyasi bilan iqtisodiy ne’matlarni
olish-sotishda vositachi hisoblanadi.
Pulning to‘lov vositasi – xaridorga ilgari kelib tushgan tovar va xizmatlar
uchun haq to‘lashda foydalaniladigan pul.
Inflatsiya salohiyati – iqtisodiyot haddan tashqari davlatlashtirilgan
sharoitda hosil bo‘ladigan inflatsiya imkoniyati.
Inflatsiya jarayoni – inflatsiyaning kelib chiqishi, dinamikasi va
yo‘nalishini belgilovchi barcha elementlarining aloqador birligi va o‘zaro
ta’siri.
Do'stlaringiz bilan baham: |