Moliyaviy bozor inqirozi deganda ekspertlar aksiyalarning
mintaqaviy indeksi rivojlangan bozorlarda 20 foizdan va rivojlanayotgan
bozorlarda 35 foizdan pasayib ketadigan vaziyat tushuniladi. Jahon
iqtisodiyotining mintaqaviylashuvi va globallashuvi ayrim mamlakatlarda
yuzaga keladigan moliyaviy inqirozlar aksariyat hollarda mintaqaviy va
global inqirozlarga aylanishiga olib kelmoqda.
Moliyaviy inqirozlarning quyidagi turlari farqlanadi:
1) valuta inqirozi (milliy valutalarning devalvatsiyasiga (qadrsizla-
nishiga olib keladi);
2) bank inqirozi (davlatning bank tizimini mustahkamlash uchun
mablag‘ ajratishni talab qiladi);
3)
qarz inqirozi (ichki yoki tashqi qarz muammolarining
keskinlashuvi bilan bog‘liq);
4) tizimli inqiroz (mamlakatning butun moliyaviy tizimiga daxldordir
va yuqorida sanab o‘tilgan inqirozlarning barchasini qamrab oladi,
masalan, 1998-yilda Rossiyada boshlangan inqiroz).
Inqirozlarning asosiy sabablari:
1) ojiz makroiqtisodiy siyosat;
2) rivojlanmagan moliyaviy tizim;
3) tashqi omillarning (eksport uchun mo‘ljallangan asosiy tovarlar
narxining tushib ketishi, siyosiy va iqtisodiy munosabatlarning
keskinlashuvi va hokazo) noqulay ta’siri;
4) milliy pul birligining asossiz ko‘tarilgan almashuv kursi;
5) siyosiy beqarorlik.
XX asrning oxirgi choragida 200
dan ortiq valuta va bank
inqirozining 158 tasi valuta inqirozi bo‘lgan. Undan 1/3 qismida esa
milliy valuta 75 foizga qadrsizlangan. Rivojlanayotgan va postsotsialistik
mamlakatlar moliyaviy inqirozlarni yengish jarayonida o‘z yalpi milliy
mahsulotining 55 foizgacha yo‘qotganlar, inqirozdan avvalgi iqtisodiy
o‘sish sur’atlarini tiklash uchun esa ularga ikki yildan olti yilgacha vaqt
talab etildi.
382
Do'stlaringiz bilan baham: |