Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Uchinchidan, moliyaviy-iqtisodiy inqirozning har qaysi
a) kredit berish amaliyotining o‘ta qulayligi. Foiz stavkasining
pastligi, moliya muassasalari tomonidan taqdim qilingan ipoteka kreditlari hajmining yuqoriligi va ayniqsa, uy inshootlari bahosining oshishi iste’molchilarni uy sotib olishga rag‘batlantirdi; b) kredit berish shartlarining soddalashtirilishi. Ipotekaga nisbatan o‘sib borayotgan talabni qondirish maqsadida kredit beruvchi tashkilotlar kredit berish shartlarini soddalashtirishga kirishdilar va yirik miqdordagi ipoteka kreditlarini muomalaga chiqardilar; c) tartibga solishning noadekvatligi. Amaldagi tartibga solish tizimi murakkab tuzilish, past darajadagi shaffoflik va yuqori risk bilan tavsiflanuvchi AQSh moliyaviy mahsulotlaridagi innovatsiyalarga javob bera olmadi; d) kredit reyting agentliklari riskli ipotekaga asoslangan qimmatli qog‘ozlarga AAA reytingini berish orqali jahon moliyaviy inqiroziga sezilarli hissa qo‘shgan, deb hisoblanmoqda; e) bank kapitalini tartibga solish: ayrim ekspertlar bank kapitalini xalqaro tartibga solishni (Bazel I va II) inqiroz sabablaridan biri sifatida e’tirof etishmoqda. Amaldagi bank kapitalini xalqaro tartibga solish (Bazel II) tizimi moliyaviy inqiroz vujudga kelishi uchun zamin yaratganligi ham e’tirof etilmoqda. Gap shundaki, o‘tgan asrning 90-yillari boshida qabul qilingan Bazel II tizimi tijorat banklari uchun talab qilinadigan kapital yoki kapitalning yetarliligini aktivlarning investitsion sifatlari va ularning xatarli darajasi bo‘yicha guruhlashni ko‘zda tutadi. Zero, bank kapitalini tartibga solish banklarni katta miqdorda riskli kreditlar berish uchun yetarli darajada kapitalga ega bo‘lishini talab etar ekan, ularning yuqori riskli aktivlarini sekyuritizatsiyalab, qimmatli qog‘ozlarga aylantirishga va investorlarga sotishga rag‘batlantirgan. Shuningdek, hukumat kafolati berilgan mazkur ipoteka qimmatli qog‘ozlar 1 Qarang: ɀɭɦɚɟɜ ɇ. ɏ. ɀɚԟɨɧ ɦɨɥɢɹɜɢɣ-ɢԕɬɢɫɨɞɢɣ ɢɧԕɢɪɨɡɢ: ɦɨԟɢɹɬɢ, ɫɚɛɚɛ-ɨԕɢɛɚɬɥɚɪɢ ɜɚ ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧɝɚ ɬɚɴɫɢɪɢ. – Ɍ., 2009. – Ȼ. 50. 387 riskka tortilgan aktivlar qatoriga kirmaganligi tufayli, tijorat banklari uchun qulay va foydali investitsiyaga aylangan edi. Chunki bank kapitali yetarliligini aniqlashda riskka tortilgan aktivlar miqdori bilan hisoblanadi, hukumat kafolati ostidagi ipoteka kreditlari bank kapitali yetarliligi talablarining buzilishiga zarracha ta’sir qilmaydi. 2007-yilning avgust oyida AQSh ipoteka kreditlari bozorida avj olgan tanglik holati moliyaviy globallashuv ko‘magida tizimli moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Bu jarayonda yirik banklar va moliyaviy institutlarning likvidliligi va to‘lovga qobiliyati keskin darajada zaiflashdi. Uzoq muddat davomida AQSh moliyaviy muassasalari yomon kredit tarixiga ega bo‘lgan qarz oluvchilarni agressiv ravishda kreditlab kelishdi. Mazkur kreditlar, o‘z navbatida, «paketlanib» butun dunyo investorlariga sotildi. Bunda garov ta’minoti turli xil darajada bo‘lgan kreditlar asosida ipoteka qimmatli qog‘ozlari chiqarildi va mazkur qimmatli qog‘ozlar yuqori investitsiya reytingiga ega bo‘lganligi bilan ham xorijiy investorlar uchun jozibador edi. Ipoteka kreditlarini olgan bank mijozlari asosiy qarz va foiz to‘lovlarini to‘lashda muammolarga yuz tutgach, moliyaviy institutlar balansidagi aktivlarida yuz bergan qisqarishlarni o‘z mablag‘lari hisobidan qoplashlariga to‘g‘ri keldi. Chunki ipoteka kreditlarining garov ta’minoti hisoblangan uylar bahosi sezilarli darajada pasaygan va mutanosib ravishda garov qiymatining pasayishi va ushbu kreditlarning muammoli kreditlar guruhiga kiritilishiga sabab bo‘ldi. Mazkur kreditlar bo‘yicha zararlar kutilmagan darajada yiriklashgandan so‘ng, ma’lum bo‘ldiki, ushbu kreditlar paketiga investitsiya qilgan investorlar yetarli darajada past baholangan riskka ega edilar. Bunda investorlarni ayblash ham biroz noo‘rin bo‘ladi. Zero, AQShning Federal ipoteka korporatsiyasi va Federal milliy ipoteka assotsiatsiyasi tomonidan to‘lovga noqobil mijozlarga yordam berish maqsadida yuqori riskli kreditlar xarid qilingan va kafolatlangan. AQSh hukumati tomonidan kafolatlangan mazkur qarzlar investitsiya banklariga qayta sotilgan. Investitsiya banklari esa, o‘z navbatida, risksiz aktiv sifatida ushbu qarzlarni chet el investorlariga sotishga muvaffaq bo‘lgan. Ipoteka kreditlari muammosi, dastavval AQShning muammosi, biroq kreditlar AQSh tashqarisidagi boshqa investorlarga ham sotilgan ekan, bu inqiroz global tus olishi muqarrar edi. Ipoteka kreditlari bo‘yicha zararlar kuzatilishi bilan banklar va boshqa moliya muassasalari bir-birlariga kredit berishda ham o‘ta ehtiyotkor bo‘lib qoldilar. Ular o‘z majburiyatlarini qoplash uchun lividlilikni saqlab turishga urindilar. Mazkur holat foiz stavkalarining oshishi uchun zamin yaratdi. 388 Yuqoridagi holatlar chindan moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligini va ushbu tizimni tubdan isloh qilish orqali mos yangi moliyaviy arxitekturani shakllantirish zarurligini tasdiqlamoqda. Prezident Islom Karimov global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlariga doir materiallarni o‘rganish va umumlashtirish natijasida quyidagi uchinchi xulosaga kelganligini ham uqtirdi: «Uchinchidan, moliyaviy-iqtisodiy inqirozning har qaysi Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling