Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Moliyaviy barqarorlikka tahdidlar


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Moliyaviy barqarorlikka tahdidlar quyidagilardan iborat: 
– tashqi qarzni to‘la hajmda qoplash (qaytarish) uchun mablag‘ning 
yo‘qligi bilan bog‘liq budjet muammolari; 
– milliy banklarning qarzdorligi; 
– 
ishlab chiqarish vositalari bozorida hisob-kitoblarni forvard 
shartnomalari bo‘yicha amalga oshirish imkonining yo‘qligi; 
– xorijiy valutaga talabning jiddiy ortishi, davlat budjeti taqchilligi-
ning ko‘payishi; 
– inflatsiya sur’atlarining o‘sishi. 
Prezident Islom Karimovning «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, 
O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» asarida 
jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqish sabablari, oqibatlari 
atroflicha tahlil qilingan.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi Amerika Qo‘shma Shtatlarida 
ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan tanglik holatidan boshlandi. 
So‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy 
tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy 
inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik 
kompaniyalar indekslari va aksiyalarning bozor qiymati halokatli darajada 
tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o‘z navbatida, ko‘plab 
mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin 
pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib 
chiqardi. 
Yirik rivojlangan mamlakatlarda jahon moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozi kelib chiqish sabablari quyidagilar:
ʊ uzoq yillardan buyon muttasil davlat budjeti taqchilligi 
kuzatilgani va ularning salbiy tashqi savdo balansiga ega ekanligi;
ʊ davlat tashqi qarzining miqdori yalpi ichki mahsulotga nisbatan 
yuqori bo‘layotgani; 
ʊ rivojlangan mamlakatlarda qayta moliyalash stavkasining past 
darajada ushlab turilishi oqibatida jahon kapital bozorida arzon kredit-
larning vujudga kelishi; 
ʊ ipoteka kreditlari berish talablarining asossiz ravishda bo‘shash-
tirib yuborilganligi; 
ʊ moliyaviy institutlarning o‘z mablag‘lari va qarz majburiyatlari 
o‘rtasidagi nisbatning keskin buzilishi; 
ʊ jahon iqtisodiyotida real va moliyaviy sektor o‘rtasidagi 
nisbatning keskin o‘zgarishi. 


 383
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «Jahon 
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning 
yo‘llari va choralari» nomli kitobida dunyoning hozirgi vaqtda bir qator 
yetakchi tahlil va ekspertlik markazlari global moliyaviy inqiroz holatini 
va uning yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlariga doir materiallarini 
o‘rganish va umumlashtirish natijasida quyidagi xulosalarga 
kelayotganligini qayd etdi: «Birinchidan, moliya-bank tizimidagi inqiroz 
jarayonlari deyarli butun dunyoni qamrab olayotgani, retsessiya va 
iqtisodiy pasayishning muqarrarligi, investitsiyaviy faollik ko‘lamining 
cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi, shuningdek
jahonning ko‘plab mamlakatlariga ta’sir ko‘rsatadigan jiddiy ijtimoiy 
talafotlar sodir bo‘lishi mumkinligi o‘z tasdig‘ini topmoqda». 
Darhaqiqat, keyingi yillarda rivojlangan mamlakatlarda surunkali 
budjet taqchilligi va salbiy tashqi savdo saldosining kuzatilayotganligi 
jahon moliyaviy inqirozining vujudga kelishining asosiy omillaridan biri 
hisoblanmoqda. Ayniqsa, jahon iqtisodiyotida kuzatilgan nomutanosiblik 
holatlari, ya’ni ayrim rivojlangan mamlakatlar tashqi savdo balansida 
yirik miqdordagi taqchillikning sezilayotganligi asosan rivojlanayotgan 
mamlakatlar savdo balansining ortishiga olib keldi. Natijada dunyo 
mamlakatlari valuta zaxiralarining o‘zgarishi, jumladan, Xitoy, Yaponiya, 
Yaqin Sharq mamlakatlarida valuta zaxiralarining keskin o‘sishi yuz 
berdi. 
Bundan tashqari, rivojlangan mamlakatlar, ayniqsa, AQSh davlat 
tashqi qarzi miqdori va uning YAIMga nisbatan salmog‘i o‘sganligi 
inqiroz kuchayishining asosiy omillaridan biri bo‘ldi.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling