Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


davlatdagi miqyosi, ko‘lami va oqibatlari qanday bo‘lishi ko‘p


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet232/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

davlatdagi miqyosi, ko‘lami va oqibatlari qanday bo‘lishi ko‘p 
jihatdan bir qancha omillardan kelib chiqadi». 
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining miqyosi, ko‘lami va 
oqibatlari:
1) avvalambor, muayyan mamlakatning moliya-valuta tizimi qay 
darajada rivojlanganligi; 
2) milliy kredit institutlarining kapitallashuvi va likvidliligi (to‘lov 
imkoniga ega ekanligi) hamda ularning chet el va korporativ bank 
tuzilmalariga nechog‘li qaram ekanligiga; 
3) mamlakatning oltin-valuta zaxirasining hajmi
4) xorijiy kreditlarni qaytarish qobiliyati; 
5) mamlakat iqtisodiyotining barqarorligi, diversifikatsiya va 
raqobatbardoshlilik darajasi kabi omillarga bog‘liqdir. 
Bunday omillar turli mamlakatlarda turlicha ta’sir ko‘rsatishi va 
inqirozga qarshi chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqishda bular e’tiborga 
olinishi zarur. Ayni paytda inqirozdan imkon qadar tez chiqish, uning 
oqibatlarini yengillashtirish jahon hamjamiyati tomonidan qabul 
qilinayotgan chora-tadbirlarning nechog‘li samaradorligiga, ularning 
o‘zaro uyg‘unligiga bog‘liqdir. 
Moliyaviy inqiroz, keskin salbiy ta’sir o‘tkazgan ayrim dunyo 
mamlakatlarining jahon Yalpi ichki mahsuloti
(YAIM)dagi hissasi (2008-yil) 
Mamlakatlar Foizda 
Yevropa Ittifoqi mamlakatlari 
(27 davlat a’zo) 
31,0 
AQSh 23,0 
Yaponiya 8,0 
Xitoy 7,0 
Rossiya 3,2 
Qolgan dunyo mamlakatlari 
28,0 


 389
Ayrim mutaxassislar 2008-yilda jami YAIM 62 trln. AQSh dollarini 
tashkil qilmoqda desalar, Rossiya olimlari 50 trln. AQSh dollarini tashkil 
etmoqda, degan fikrni bildirishmoqda. 
Tabiiyki, yuqorida keltirilgan misol va raqamlardan, shuningdek 
nazariy asoslashlar Prezident Islom Karimov ogohlik bilan ta’kidla-
ganidek, «tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi 
mamlakatimizga ta’sir ko‘rsatmaydi, bizni chetlab o‘tadi, degan xulosa 
chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o‘ta soddalik, aytish 
mumkinki, kechirib bo‘lmas xato bo‘lur edi». 
Moliyaviy inqirozning kelib chiqish sabablari: 
1. AQSh ipoteka kredit bozoridagi inqiroz. 
2. Yirik banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov 
qobiliyatining zaiflashuvi. 
3. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar 
indekslari va aksiyalariga bo‘lgan bozor qiymatining halokatli darajada 
tushib ketishi. 
4. Keragidan ortiq ekspansion pul kredit siyosatining yuritilishi. 
Jahon moliyaviy inqirozining oqibatlari quyidagicha: 
1) jahon YAIMning ishlab chiqarish sur’ati pasayadi; 
2) ishsizlik darajasi oshadi
3) budjet taqchilligi ortadi; 
4) xalqaro savdo hajmi kamayadi; 
5) ijtimoiy transfertlarning ko‘payishi hisobiga davlat xarajatlari 
oshadi. 
Rivojlangan mamlakatlarda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan 
chiqish yo‘lidagi chora-tadbirlar. Vashington shahrida 2008-yil noyabri-
da bo‘lib o‘tgan sammitda inqirozga qarshi tadbirlarning quyidagi besh 
asosiy tamoyili belgilangan:
1. Iqtisodiy jarayonlarga davlat aralashuvini kuchaytirish. 
2. Moliya institutlarining hisobdorligini va shaffoflik darajasini 
oshirish. 
3. Moliya bozorlaridagi harakatlarni muvofiqlashtirishni rag‘batlan-
tirish. 
4. Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va xalqaro savdoga cheklov-
larni kamaytirish. 
5. Xalqaro moliya tashkilotlarini isloh etish. 
Ushbu tadbirlarning muhokamasiga bag‘ishlangan mazkur uchrashuv 
yakuni bo‘yicha chop etilgan bayonotda qayd qilingan tamoyillarning 
zudlik bilan amaliyotda tatbiq qilinishi bildirilgan. 


 390
1-jadval
1

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   228   229   230   231   232   233   234   235   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling