Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc
tida kichik biznes, birinchi navbatda, xususiy tadbirkorlikning roli va
Download 2.93 Mb. Pdf ko'rish
|
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunning
- 5. Davlat budjeti, uning shakllanishi va sarflanishi
- O‘zbekiston
tida kichik biznes, birinchi navbatda, xususiy tadbirkorlikning roli va
ulushini yanada kengaytirishni ta’minlay oladigan qonunlarni qabul qilish masalasi biz uchun dolzarb bo‘lib qolmoqda. O‘zbekistonning bu yilgi yalpi ichki mahsulotida kichik biznesning ulushi 50 foizdan ortib borayotganiga qaramasdan, afsuski, bu soha real iqtisodiyotimizda, avvalambor sanoatda yetakchi o‘rinni egallay olmayapti. Ushbu vazifani hal etish uchun «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunning yangi tahririni tayyorlash zarur. Bu qonunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini tashkil qilish yo‘llarini soddalashtirish, ularning faoliyati uchun ko‘proq erkinliklar berishni ko‘zda tutish lozim. Ushbu sektorni kreditlash, resurslardan foydalanish, davlat buyurtmalarini olish, tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni sotish uchun yangi imtiyozlar berish, xalqaro amaliyotga muvofiq daromadlarning 1 Ʉɚɪɢɦɨɜ ɂ. Ⱥ. 2012 ɣɢɥ ȼɚɬɚɧɢɦɢɡ ɬɚɪɚԕԕɢɺɬɢɧɢ ɹɧɝɢ ɛɨɫԕɢɱɝɚ ɤʆɬɚɪɚ- ɞɢɝɚɧ ɣɢɥ ɛʆɥɚɞɢ. – Ɍ.: «ȸɡɛɟɤɢɫɬɨɧ», 2012. – Ȼ. 5. 406 yillik deklaratsiyasi shakliga bosqichma-bosqich o‘tish, moliya va statistika hisobotlari tizimini yanada soddalashtirish, jumladan, bunday hisobotlarni vakolatli davlat organlariga elektron shaklda taqdim etish kabi mexanizmlar hisobidan qo‘llab-quvvatlash masalalari ham qonunda o‘z aksini topishi darkor»ligiga alohida e’tibor qaratmoqda. 5. Davlat budjeti, uning shakllanishi va sarflanishi Moliya tizimida budjet tizimi alohida o‘rinni egallaydi. O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimining asosiy vazifalari 2000-yil 14-dekabrda qabul qilingan «Budjet tizimi to‘g‘risida"gi qonunda aniq belgilab berilgan. O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi turli darajadagi budjetlar va budjet mablag‘lari oluvchilar yig‘indisini; budjetlarni tashkil etish va tuzishni, tuzish prinsiplarini; budjet jarayonida ular o‘rtasida, shuningdek, budjetlar hamda budjet mablag‘lari oluvchilar o‘rtasida vujudga keladigan o‘zaro munosabatlarni o‘zida ifodalaydi. Moliya muayyan yilga mo‘ljallangan barcha darajadagi budjetlarni shakllantirish, ko‘rib chiqish, qabul qilish va ularning ijrosi hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasining milliy valutasi – so‘mda amalga oshiriladi. Budjet tizimining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: – budjet tasnifi tizimi, hisob-budjet hujjatlari va budjet jarayoni tuzilishining yagonaligi; – budjet tuzilishining O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy tuzilishiga muvofiqligi; – turli darajadagi budjetlarning o‘zaro bog‘liqligi; – davlat budjeti balansliligi; – davlat daromadlarini aniq manbalar va xarajatlarning yo‘nalishlari (moddalari) bo‘yicha rejalashtirish; – davlat budjeti xarajatlarini budjetdan ajratiladigan, tasdiqlangan mablag‘ doirasida sarflash; – barcha darajadagi budjetlarning mustaqilligi. Davlat budjeti respublika budjetini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetini va mahalliy budjetlarni o‘z ichiga oladi. Davlat budjeti tarkibida davlat maqsadli jamg‘armalari jamlanadi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti mazkur respublika budjeti hamda 407 respublikaga (Qoraqalpog‘istonga) bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini o‘z ichiga oladi. Viloyatning budjeti viloyat budjetini, viloyatga bo‘ysunuvchi tumanlar va shaharlar budjetlarini o‘z ichiga oladi. Tumanlarga bo‘linadigan shaharning budjeti shahar budjeti va shahar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlarini o‘z ichiga oladi. Tumanga bo‘ysunadigan shaharlari bo‘lgan tumanning budjeti tuman budjeti va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar budjetlarini o‘z ichiga oladi. Davlat budjeti daromadlari: 1) qonun hujjatlarida belgilangan soliqlar, yig‘imlar, bojlar va boshqa majburiy to‘lovlar; 2) davlatning moliyaviy va boshqa aktivlarining joylashtirilishi, foydalanishga berilishi va sotilishidan olingan daromadlar; 3) qonun hujjatlariga muvofiq, meros olish, hadya etish huquqi bo‘yicha davlat mulkiga o‘tgan pul mablag‘lari; 4) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet el davlatlaridan kelgan qaytarilmaydigan pul tushumlari; 5) rezident yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga berilgan budjet ssudalarini qaytarish hisobiga tushadigan to‘lovlar; 6) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Davlat budjeti xarajatlari tasdiqlangan budjetdan mablag‘ ajratish doirasida quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: 1) budjet mablag‘lari oluvchilarning joriy xarajatlari shaklida; 2) joriy budjet transfertlari shaklida; 3) kapital xarajatlari shaklida: – asosiy fondlar va vositalarni (ular bilan bog‘liq ishlar va xizmatlar ham shular jumlasiga kiradi) davlat ehtiyojlari uchun olish va takror ishlab chiqarishga; – chet elda davlat ehtiyojlari uchun yer va boshqa mol-mulk olishga; – davlat ehtiyojlari uchun yerga bo‘lgan huquqni va boshqa nomoddiy aktivlarni olishga; – davlat zaxiralarini vujudga keltirishga; 4) kapital xarajatlarni qoplash uchun yuridik shaxslarga beriladigan budjet transfertlari shaklida; 408 5) rezident yuridik shaxslarga va chet el davlatlariga beriladigan budjet ssudalari shaklida; 6) davlat maqsadli jamg‘armalariga beriladigan budjet dotatsiyalari va budjet ssudalari shaklida; 7) davlat qarzini qaytarish va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha to‘lovlar shaklida; 8) qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlar shaklida. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat budjeti loyihasini budjet mablag‘lari oluvchilar taqdim etgan buyurtmalarga va Davlat budjetining tuzilmasiga kiruvchi budjetlar loyihalariga muvofiq tayyorlaydi. Davlat budjeti O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi. Davlat budjetiga muvofiq: Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahri budjetlari – Davlat budjeti qabul qilinganidan keyin ikki haftalik muddat ichida tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyati vakillik organlari tomonidan; Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tarkibiga kiruvchi tumanlar va shaharlar budjetlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar budjetlari qabul qilinganidan keyin bir haftalik muddat ichida tuman, shahar hokimiyat vakillik organlari tomonidan; shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlari va tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar budjetlari – belgilangan muddatlarda mahalliy hokimiyat yuqori turuvchi vakillik organlari tomonidan qabul qilinadi. Davlat budjeti davlat tomonidan iqtisodiy sohani tartibga solishga qaratilgan eng muhim mexanizmlardan biridir. Zero, har qanday jamiyatning iqtisodiy tizimini shakllantirish va rivojlantirishda davlat budjeti asosiy o‘rin tutadi. Davlat budjeti daromadlari va xarajatlari siyosati o‘zaro uzviy bog‘liq. Ya’ni, daromad bo‘lmasa, ijtimoiy- iqtisodiy, ilmiy, texnik va boshqa sohalarni qo‘llab-quvvatlash, rivojlantirish uchun moliyaviy mablag‘ ajratish imkoni bo‘lmaydi. Shu bois, bugungi kunda davlatimiz oldiga qo‘yilgan muhim vazifalardan biri – xalqimiz va davlat manfaatlariga mos keladigan hamda ishlab chiqarishni rivojlantirishga qodir moliya-kredit, pul siyosatini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishdir. 409 Oliy Majlis Senati tomonidan ma’qullangan O‘zbekiston Download 2.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling