Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


 Kredit berishga tabaqalashgan holda yondashish


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet240/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

6. Kredit berishga tabaqalashgan holda yondashish. Bu tamoyil 
turli qarz oluvchilarga individual tarzda yondashishni ifodalaydi. Bank 
qarz berib, qaytarib olmaslik xatarini hisoblab chiqib, har bir mijoz uchun 
qarz berish yoki bermaslik masalasini har tomonlama tahlil qilib, hal 
etadi. 
Kreditning tarixiy rivojlanish jarayonida turli shakllari paydo bo‘lib, 
ularning eng asosiylari tijorat va bank kreditidirTijorat krediti – bu 
korxonalar, tadbirkorlar va boshqa xo‘jalik subyektlarining bir-biriga 
tovar shaklida beradigan kreditidir. Bunda tovarlar qarzga beriladi. 
Ko‘pincha, tijorat krediti veksel (qarz majburiyatnomasi) bilan 
hujjatlashtiriladi. Tijorat krediti cheklangan tarzda qo‘llaniladi. Uning 
keng tarzda qo‘llanishiga quyidagilar to‘sqinlik qiladi: 
a) qarz beruvchining zaxira mablag‘i, zaxira fondining cheklan-
ganligi; 
b) tovar shaklida kredit ishlatilishining cheklanganligi. Aytaylik, 
korxona material qarz olgan bo‘lsa, uni faqat ishlab chiqarish vositasi – 
xom ashyo sifatida ishlatishi mumkin, uni ish haqi tarzida ishlata olmaydi; 
v) bu qarz ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaradigan korxo-
nalardan ularni iste’mol qiladiganlarga berilishi mumkin, aksincha emas. 
Tijorat kreditining bu cheklanganligi bank krediti yordamida hal etiladi. 
Bank krediti – bu moliya-kredit muassasalari (banklar, fondlar, 
assotsiatsiyalar) tomonidan har qanday xo‘jalik subyektlari (tadbirkorlar, 
korxonalar, tashkilotlar va boshqalar)ga pul shaklida – ssuda tarzida 
beriladi. Bank krediti qisqa (bir yilgacha), o‘rta (bir yildan besh yilgacha) 
va uzoq (besh yildan ortiq) muddatga berilishi mumkin. Kredit faqat tovar 
muomalasi (aylanishini)ga xizmat ko‘rsatib qolmay, kapital jamg‘arilish-
ga ham xizmat ko‘rsatadi. Bank krediti bitimlar hajmi, muddati, 
yo‘nalishi bo‘yicha cheklanmaganligi jihatidan tijorat kreditidan farq 
qilishi uni kreditning asosiy va ustun shakliga aylantiradi. Kreditning 
ulardan tashqari quyidagi shakllari mavjud: 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling