397
muddat uning bir qismi bo‘sh bo‘ladi.
Chunonchi amortizatsiya
ajratmalari, bu mablag‘lar asosiy kapitalni yangilash payti kelguncha
bo‘sh bo‘lib, bankdagi hisob-kitoblarida jamlanib boradi. «Tezlashtiril-
gan» amortizatsiya siyosati tufayli bu mablag‘lar o‘sib
borish
tendensiyasiga ega. Mahsulot sotishdan keladigan pul tushumlari. Bu pul
ham xom ashyo, materiallar sotib olish, xodimlar mehnatiga haq to‘lash,
vaqti kelguncha bo‘sh turadi.
Korxonalarning ishlab
chiqarish, fan va texnikani rivojlantirish
fondlari, moddiy rag‘batlantirish fondlari
ham asta jamlanib borib,
belgilangan maqsad bo‘yicha ishlatilguncha bo‘sh turadi. Korxonalar
foydasi davlat budjeti va kredit tizimi bilan hisob-kitob qilinguncha,
shuningdek foydalanguncha bankdagi hisoblarda saqlanadi. Ish haqi ham
har 15
kunda berilar ekan, ungacha bu pul yig‘ila boradi hamda
ishlatilguncha bo‘sh bo‘ladi.
Ikkinchidan, moliya-kredit muassasalarining pul mablag‘lari.
Ularning daromadlari bilan xarajatlari o‘rtasidagi farq, xarajatlar
qoplaganidan ortgani bo‘sh pul mablag‘larini tashkil etadi.
Tijorat
banklari va moliya-kredit muassasalarining minimal pul zaxiralari ham
qarz fondi manbai bo‘ladi.
Uchinchidan, davlat ixtiyoridagi pul. Davlatning
zaxiradagi pul
mablag‘lari, markaziy va mahalliy hokimiyatlarning xarajatlari bilan soliq
tushumlari o‘rtasidagi farq tarzida bo‘sh pullar mavjud bo‘ladi. Budjet
tizimi mablag‘lari harakati natijasida ma’lum miqdorda bo‘sh
pullar hosil
bo‘ladi.
To‘rtinchidan, turli maxsus (nafaqa, sug‘urta, xayriya), ijtimoiy
Do'stlaringiz bilan baham: