Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Moliyaviy xavfsizlikka tahdidlar


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

Moliyaviy xavfsizlikka tahdidlar ichki va tashqi turlarga bo‘linadi. 
Ichki va tashqi tahdidlar moliyaviy tizimning takror ishlab chiqarishni 
kafolatlashga, davlat qarziga xizmat ko‘rsatishga yetarlicha qodir emasligi 
natijasida yuzaga keladi. 
Ichki tahdidlar asosan quyidagilar tufayli yuzaga keladi: 
– noadekvat (noto‘g‘ri) moliyaviy-iqtisodiy siyosat; 
– hokimiyat va boshqaruv organlarining eng oddiy xatolari; 


 393
– davlat moliyaviy tizimini boshqarishdagi xatolar, suiiste’molliklar 
va boshqa og‘ishlar (xo‘jasizlik, sansalorlik, turli-tuman iqtisodiy 
jinoyatlar va sh.k.). 
Hozirgi sharoitda moliyaviy xavfsizlikka tashqi tahdidlar alohida 
ahamiyatga ega. 
Moliyaviy resurslarni boshqarishda moliyaviy menejment muhim 
o‘rin tutadi. Moliyaviy menejment – bu moliyaviy resurslarni boshqarish 
tizimi bo‘lib, unga moliyaviy siyosat, uning usullari va vositalari, 
shuningdek boshqaruv qarorlarini qabul qilishda ishtirok etuvchi va 
moliyaviy xavfsizlik bo‘yicha qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun 
ushbu qarorlarni amalga oshiruvchi odamlar kiradi. Moliyaviy 
menejmentning asosiy funksiyalari quyidagilardan iborat: 
– qarorlar qabul qilish; 
– qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish. 
Axborot yetarli bo‘lmagan, qabul qilingan qarorlarning oqibatlarini 
deyarli bilib bo‘lmaydigan katta noaniqlik sharoitida qabul qilinadigan 
nostandart, ijobiy qarorlar eng katta ahamiyatga ega. 
Moliyaviy menejment moliyaviy tizimning barcha tarkibiy qismlarini 
qamrab oladi va bozor munosabatlari sharoitida boshqaruv tuzilishining 
muhim tarkibiy unsuri (elementi) hisoblanadi. Moliyaviy menejmentning 
asosini qisqa va uzoq muddatli davrda moliyaviy resurslardan samarali 
foydalanish omillarini tahlil qilishga asoslanadigan hamda moliyaviy 
xizmatlar faoliyatining yo‘nalishlarini belgilab beradigan moliyaviy 
siyosat tashkil qiladi. 
Tegishli siyosatni belgilash maqsadida o‘tkaziladigan moliyaviy 
tahlil manbalariga davlat moliya organlarining rasmiy hisobotlari, 
institutsional bozor tuzilmalari (banklar, investitsiya kompaniyalari, tovar, 
fond va valuta birjalari)ning axboroti, statistik ma’lumotlar, tarmoqlararo 
va davlatlararo qiyoslash ma’lumotlari, kompaniyalarning tashqi 
foydalanish uchun tayyorlangan moliyaviy-buxgalterlik hisobotlari kiradi. 
Korxonalarda tegishli moliyaviy siyosatni belgilash va qarorlar qabul 
qilish maqsadida xo‘jalikning ichki jarayonlarini to‘liqroq ifodalovchi 
ichki boshqaruv axborotidan ham foydalaniladi. 
Moliyaviy menejmentning quyidagi maqsadlari ajratiladi: 
– korxona aktivlarining tuzilishini maqbullashtirish; 
– korxonaning moliyaviy barqarorligi va mustaqilligini ta’minlash. 
Moliyaviy menejment maqsadlariga erishish tegishli boshqaruv 
usullaridan foydalanish orqali ta’minlanadi. Moliyani boshqarishning 
quyidagi asosiy metodlari (usullari) ajratiladi: 


 394
– bashoratlash va rejalashtirish; 
– o‘zini o‘zi moliyalashtirish; 
– moliyalashtirish va kreditlash; 
– soliqqa tortish; 
– sug‘urta; 
– lizing; 
– trast; 
– faktoring; 
– garov; 
– moliyaviy rag‘batlantirish; 
– sanksiyalar (jazolar) qo‘llash. 
Moliyaviy menejment turli moliyaviy vositalar to‘plami orqali 
amalga oshiriladi. Ularning ayrimlarini keltiramiz: 
– birlamchi: pul mablag‘lari, debitorlik va kreditorlik qarzlari, qisqa 
muddatli moliyaviy qo‘yilmalar – aksiya va obligatsiyalar; 
– ikkilamchi: opsionlar, fyucherslar, forvard shartnomalari. 
Moliyaviy menejmentning hal qiluvchi tarkibiy qismi insondir, 
chunki korxonalar xodimlar yuksak ijodiy faollik ko‘rsatgan sharoitdagina 
muvaffaqiyatli rivojlanishi mumkin. Ayni vaqtda moliyaviy menejment 
mehnat jamoasini bevosita boshqarish tizimi emas, balki ijobiy tashabbus 
rivojlanishi uchun eng qulay ijtimoiy-ruhiy muhit yaratishni taqozo etadi. 

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling