Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


Moliyaviy xavfsizlik va uning ahamiyati


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet234/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

3. Moliyaviy xavfsizlik va uning ahamiyati 
Moliyaviy xavfsizlik – mamlakat, mintaqalar, korxonalar iqtisodiy 
xavfsizligining muhim tarkibiy qismi, umuman iqtisodiy samarali 
davlatning fundamental asosi. U mamlakatning milliy manfaatlariga javob 
beradigan mustaqil moliyaviy-iqtisodiy siyosatni o‘tkazishning asosiy 
shart-sharoitidir. 
Moliyaviy xavfsizlik, avvalo, davlatning mamlakat moliyaviy-iqtisodiy 
rivojlanishining barqarorligini ta’minlashga qodirligi (qobiliyati) bilan 


 392
ajralib turadi. U moliyaviy inqirozlar, xufiyona tuzilmalarning milliy 
ijtimoiy-iqtisodiy tizimga ta’sirini bartaraf etish zarurligini, kapitalning 
xorijga va real sektordan chiqib ketishining oldini olish, xorijiy kapitalni 
milliy iqtisodiyot uchun maqbul shartlarda jalb qilishni nazarda tutadi. 
Hozirgi vaqtda davlat moliyasi, jahon moliyaviy tizimlarining alohida 
olingan davlatga ta’siri sifat jihatdan yangi darajaga o‘tmoqda. Italiyalik 
mutaxassislar Karlo Jan va Paolo Favoniyning ta’kidlashlaricha, 
geomoliya geoiqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi, chunki 
aynan shu sohada davlat suvereniteti hammadan ko‘ra sezilarliroq 
buziladi. 
Davlatning moliyaviy xavfsizligi – uning o‘z milliy manfaatlariga 
monand moliyaviy-iqtisodiy siyosatni mustaqil amalga oshirish 
qobiliyatining eng muhim sharti. Davlatning moliyaviy xavfsizligi uning 
organlarining quyidagilarni bajarishga qodirligidan iborat: 
– davlatning barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash; 
– to‘lov-xarajat tizimi va asosiy moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkich-
larning barqarorligini ta’minlash; 
– jahondagi inqirozlar va jahon omillari (davlatlar, TNK, subdavlat 
guruhlari va boshqalar)ning, xufiyona (urug‘-korporativ, mafioz va 
boshqa) tuzilmalarning milliy iqtisodiyot va ijtimoiy siyosiy tizimga 
atayin bajaradigan harakatlarining ta’sirini zararsizlantirish (tahrir); 
– kapitalning chet elga ko‘plab oqib ketishi, iqtisodiyotning real 
sektoridan «kapitalning qochishi»ga yo‘l qo‘ymaslik; 
– turli darajalardagi hokimiyat organlari o‘rtasida milliy budjet 
tizimining resurslarini taqsimlash va ishlatish borasidagi keng ko‘lamli 
nizolarining oldini olish; 
– xorijiy qarz mablag‘larini mamlakat iqtisodiyoti uchun eng maqbul 
tarzda jalb qilish va ishlatish; 
– 
moliyaviy sohada jinoyatlar va ma’muriy huquqbuzarliklar 
(jumladan jinoiy yo‘l bilan topilgan daromadlarni legallashtirish)ning 
oldini olish.

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   230   231   232   233   234   235   236   237   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling