Microsoft Word Кобилов. Иктисод назарияси. Дарслик лот doc


 Belgilangan muddatda qaytarilib berilishi


Download 2.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/425
Sana19.10.2023
Hajmi2.93 Mb.
#1710630
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   425
Bog'liq
Qobilov Sh Iqtisodiyot nazariyasi darslik 2013

1. Belgilangan muddatda qaytarilib berilishi. Bu faqat kreditning 
tamoyili emas, balki uning xususiyati, mohiyatini ifodalaydi. Uni pul 
berishning boshqa shakllari subsidiya, dotatsiya kabilardan farqi ham 
shunda, qaytarish bo‘lmasa, kredit munosabatlari ham bo‘lmaydi. 
2. Muddatliligi. Kredit berishning bu tamoyili avvalgi tamoyil bilan 
chambarchas bog‘langan. Kredit shartnomasi tuzilayotgan paytda 
qaytarish sharti bilan birga muddati ham ko‘rsatiladi. Qarz mablag‘laridan 
foydalanganligi uchun to‘lanadigan haq ham uning muddatiga bog‘liq. 
3. Kreditdan foydalanganlik uchun haq to‘lash tamoyili. Qarz olib, 
birovning mablag‘ini ishlatib turgani uchun ma’lum miqdorda foiz 
to‘lanadi. Ssuda kapitali bozorida foiz darajasi muhim rol o‘ynaydi, 
bozordagi vaziyatni belgilaydi. Protsent stavkasi shakllanishiga bozor 
omillari, eng avvalo, talab va taklif, undan tashqari Markaziy bank hisob 
stavkasi, banklararo kredit bozoridagi foiz stavkasi, depozitlar stavkasi 
ta’sir etadi. Depozitlar bo‘yicha stavka qancha yuqori bo‘lsa, kredit uchun 
ham shuncha yuqori bo‘ladi. 
4. Moddiy jihatdan ta’minlanganligiQarz oluvchi ham, qarz 
beruvchi ham qarzga olingan mablag‘ning qaytarilishiga ishonch, ya’ni 
real imkoniyati borligini ifodalaydi. Agar kredit berish uchun real tovar 
moddiy boyliklar zaxirasi hisobga olinsa, shuning o‘zi kreditning 
ta’minlangani bo‘ladi. Agar kredit mavsumli xarajatlarni qoplash uchun 
berilsa, bu xarajatlar real moddiy boyliklar qiymatiga kirishi ko‘zda 
tutiladi. Kredit savdo bitimlari uchun berilsa, shartnoma tuzilib, qarz 
egasiga qaytarilishi hisobga olinadi.
Kredit berishda garov olish alohida o‘rin tutadi. Kafolatli shartnoma 
asosida kredit jismoniy shaxslar, dehqon xo‘jaliklari, fermerlar, 
ijarachilarga berilishi mumkin. Bunday shartnomaga ko‘ra, kafolatchi 
qarzning qaytarilishiga kafil bo‘ladi, mabodo qarz olgan qaytara olmasa
kafil bo‘lgan shaxs to‘lashi kerak bo‘ladi. Qarz shartnomasi sug‘urta 
kompaniyalari javobgarligi asosida ham tuzilishi mumkin. 
5. Maqsadliligi. Kredit qat’iy ravishda aniq maqsad uchun beriladi. 
Bank kredit berish uchun qarz olayotganni uni nima maqsadda olayotgani, 
undan qanday foyda olishi mumkinligini tahlil qiladi. Tadbirkorlar uni 
«biznes-reja»da ko‘rsatadilar. Kredit berayotganda, bank, albatta, uni 
hisobga oladi, kreditni qaytarmaslik xatarini belgilaydi. 


 400

Download 2.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   425




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling