Microsoft Word Kurs ishi Ozod 2015
I BOB. XITOY TASHQI SIYOSATINING USTUVOR YO’NALISH VA
Download 205.36 Kb. Pdf ko'rish
|
xitoyning markaziy osiyodagi strategik manfaatlari
I BOB. XITOY TASHQI SIYOSATINING USTUVOR YO’NALISH VA
TAMOYILLARI 1.1. Xitoy Xalq Respublikasi tashqi siyosatining shakillanishi va uning jahon siyosatidagi ro’lining mustahkamlanishi Asrlar chegarasida odamlarga kelajakka qaratilgan prognozlar tuzish va turli taxminlarni ilgari surish ayniqsa xosdir. Bu xususiyat jahon siyosati mutaxassislariga ham begona emas. Ularning ko‘pchiligi kelayotgan asrni “Osiyo- Tinch okeani mintaqasi davlatlari asri” deb, ayrimlari esa – “Xitoy asri” deb e’lon qildi
3 .
1979 – yili Xitoyning “Ochiq eshiklar” siyosatining e’lon qilinishi mamlakatga kata miqdorda sarmoyalar kirib kelishiga imkon yaratdi 4 .
asrlar) dan boshlab, ayniqsa, Sin sulolasi davri (XVII-XX asrlar)da tashqi dunyodan ajralish siyosatini olib borganini eslash lozim. O‘shanda tashqi dunyo bilan har qanday aloqalartaqiqlab qo‘yilgan edi. Bu Xitoyning tanazzulga yuz tutishiga olibkeldi, qashshoqlik va qoloqlikni yanada kuchaytirdi. XXR rahbariyati Osiyoning «to‘rt kichik ajdari» (Syangan, Singapur, Tayvan, Koreya) iqtisodiyoti taraqqiy etishiga olib kelgan omillarni o‘rganib chiqib, tashqi dunyoga ochiqlik yo‘liga kirdi. 70-80-yillar chegarasida “yagona front” siyosatining siyosiy-strategik yo‘nalishi ayniqsa faol rivoj topdi. Bu ma’lum darajada Xitoy chegarasi yaqinidagi vaziyatning yanada murakkablashuvi bilan bog‘liq edi: 70-yillarning oxiridan boshlab Xitoy-SSSR, Xitoy-Monogoliya va Xitoy-Hindiston chegarasidagi keskinlikka Xitoy-Vetnam chegarasidagi qarama-qarshilik, qo‘shni Afg‘onistonga sovet qo‘shinlarining kiritilishi, Uzoq Sharqda va Tinch okeanining g‘arbiy qismida sovet harbiy salohiyatining yanada kuchayishi, shuningdek KXDR bilan Xitoy munosabatlarining sovuqlashishi qo‘shildi.
3 Остроухов О.Л. Политика, общество внешняя политика Китая в годы реформ и перспективы ее развития // Международная экономика и международные отношения. – М., 2002. – № 2. – С. 42. 4 Sadibekova B. Xitoy iqtisodiyoti. I qism. – T., 2011. – 34b. 6
“Yagona front” siyosatini olib borish Xitoyga qisqa vaqt ichida G‘arb mamlakatlari bilan munosabatlarni butunlay o‘zgartirish imkonini berdi. 1978 - yilning dekabrida 1979 - yil yanvardan boshlab ikki mamlakat o‘rtasida diplomatiya munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi Xitoy va AQSh qo‘shma kommyunikesi e’lon qilindi. Bu hujjatga ko‘ra AQSh XXR hukumatini Xitoyning birdan-bir qonuniy hukumati sifatida tan olar edi. 1979 - yil iyulda XXR va AQSh o‘rtasida Savdo-sotiq to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Mazkur bitimda ikki tomonlama savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun uzoq muddatli mustahkam asosni yaratish nazarda tutilgan edi. Bundan tashqari, 70-yillarning oxirida bu ikki davlat o‘rtasida fan va texnika, madaniyat, maorif, qishloq xo‘jaligi, kosmik bo‘shliqni o‘zlashtirish sohasida va boshqa jabhalarda hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi. Qo‘shma Shtatlar bilan munosabatlarning yaxshilanishi Xitoyning boshqa rivojlangan mamlakatlar, eng avvalo Yaponiya bilan aloqalari rivojlanishiga sezilarli darajada ko‘maklashdi. Modernizatsiyani amalga oshirish jarayonida Xitoy rahbariyatining bir qismi aynan Yaponiya bilan hamkorlikka alohida umid bog‘ladi. 1978–1980-yillarda bu ikki mamlakat o‘rtasida savdo-sotiq, madaniy aloqalarga ko‘maklashish, ilmiy va texnikaviy hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolandi, shuningdek tomonlarni qiziqtiruvchi muammolar bo‘yicha bir qator kelishuvlar va ahdlashuvlarga erishildi. 1978 -yil avgustda XXR va Yaponiya o‘rtasida tinchlik va do‘stlik to‘g‘risida shartnoma tuzildi. “Yagona front” siyosati XXRning G‘arb mamlakatlari bilan munosabatlari rivojlanishiga kuchli turtki bergan bo‘lsa-da, lekin Xitoy rahbariyatining ko‘pgina umidlarini oqlagani yo‘q. Mamlakatni modernizatsiya qilish rejasini g‘arb davlatlarining yordami hisobiga amalga oshirish borasidagi mo‘ljallar ham o‘zini oqlamadi. G‘arb davlatlari Xitoyga kredit va qarz berishga ko‘ndi, XXRga ko‘p miqdorda tovarlar, shu jumladan sanoat mahsulotlari yetkazib berish g‘oyasini katta ishtiyoq bilan qabul qildi. Ammo ilg‘or texnologiyalarni topshirishga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlanmadi. 1982 - yil mayda Den Syaopin Liberiya rahbari bilan suhbatda g‘arb
7
davlatlaridan hafsalasi pir bo‘lganini bildirdi: “Hozirgi vaqtda biz iqtisodiy ochiqlik siyosatini olib boryapmiz, chet el sarmoyasi va ilg‘or texnologiyasidan foydalanishga harakat qilyapmiz…, bularning barchasi bizga iqtisodiyotni rivojlantirishga ko‘maklashdi... Ammo rivojlangan davlatlardan sarmoya va ilg‘or texnologiyalarni olish oson ish emas. Ayrim kishilar o‘z yelkasida hali-hanuz eski mustamlakachilarning kallasini ko‘tarib yuribdi, ular bizga o‘lim tilaydi va bizning rivojlanishimizni istamaydi” 5 .
1984-1986-yillarda jahon rivojlanishining asosiy muammolariga nisbatan Xitoy yondashuvining yangi konseptual asoslari yaratiladi. Xalqaro vaziyat tahlilida dunyoga ko‘p qutblilik nuqtai nazaridan qarash ustunlik qila boshlaydi. Xitoylik siyosatshunoslar orasida 80-yillarning o‘rtalaridan boshlab keng tarqalgan bu konsepsiya Pekinning jahondagi vaziyat xususidagi rasmiy nuqtai nazari sifatida ilk bor 1988 - yil mayda XXR tashqi ishlar vaziri Syan Sichenning nutqida bayon etildi 6 . Uning aksariyat tarafdorlari fikriga ko‘ra, ko‘p qutbililikka intilish ijobiy hodisa hisoblanadi. U jahon turli davlatlarining xalqaro maydonda mustaqil siyosat olib borishga intilishini aks ettirish orqali, xalqaro munosabatlarni demo- kratiyalashtirish sari eltadi va “bitta yoki ikkita o‘ta qudratli davlat”ning yakkahokimligiga barham berishni nazarda tutadi 7 .
Shunga mos ravishda XXR tashqi siyosatida asosiy urg‘u “uchinchi dunyo nazariyasi” va “yagona front” siyosatida ko‘zda tutilgan xalqaro munosabatlar tizimidagi ziddiyatlardan foydalanishdan barcha manfaatdor tomonlar manfaatlarining muvozanatini ta’minlash zarurligiga ko‘chiriladi. Ko‘p qutblilik konsepsiyasini amalga oshirishda XXR lozim darajada kuch va salohiyat mavjud emasligiga qaramay, Pekin jahonda yanada faol rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan tartib o‘rnatilishiga eltuvchi yo‘lni ko‘rdi.
5 Иқтибос қуйидаги манбадан олинди: Жэнь Бин. Ташқи дунё томонга очиқлик – давлатнинг асосий сиёсати // Шицзячжуан. – Пекин, 1986. – № 3. – С. 3-4. 6 Beijing Review. – Beijing, 1988. – № 23. – Vol. 31, June 6-12. –Р. 14. 7 Тўғри, ХХРда бу нуқтаи назарга ҳамма ҳам қўшилмаган: айримлар аввалгидек “уч дунё назария”сини қўллаб-қувватлаган, бошқалар янги куч марказларининг пайдо бўлиши тинчлик ва барқарорликнинг мустаҳкамланишига олиб келмаслиги ҳам мумкин деб ҳисоблаган, чунки икки қутбли дунё, уларнинг фикрига кўра, кўп қутбли дунёга қараганда анча барқарор // Сянь дайго цзи гуаньси. – Пекин, 1986. – № 2. – Р. 7-8; Шицзечжиши. – Пекин, 1987. – № 14. – Р. 14-15; Beijing Review. – Beijing, 1986. – № 23. – Vol. 29, June 9. – Р. 15.
8
Bundan tashqari, Xitoy tashqi siyosatining asosiy prinsiplaridan biri sifatida ko‘p qutblilik konsepsiyasining ilgari surilishi XXRning xalqaro siyosatda o‘zini real kuch markazi sifatida qaror toptirishga intilishini aks ettirar edi. Xitoyning hozirgi tashqi siyosati zamirida yotuvchi boshqa bir qoida “keng ko‘lamli davlat qudrati” g‘oyasi bilan bog‘liq. Uning mohiyati shundaki, hozirgi sharoitda davlatning kuchi va uning xalqaro maydondagi nufuzi harbiy salohiyatning mavjudligi bilangina emas, balki iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanish darajasi, shuningdek oqilona tashqi siyosat bilan ham belgilanadi, bunda mamlakatning iqtisodiy salohiyati yetakchi omil hisoblanadi. XXR tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari (1988 - yil apreldan 1998 - yilgacha – Xitoy tashqi siyosiy mahkamasining rahbari) Syan Sichen qurolsizlanish va rivojlanish o‘rtasidagi o‘zaro aloqa masalalariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada shunday dedi: “Pirovard natijada milliy mustaqillik va davlat xavfsizligini ta’minlash qurollanishni kuchaytirishga emas, balki iqtisodiy rivojlanishga, milliy qudratga, mintaqaviy va xalqaro tinchlikni himoya qilish yo‘lida faol kurashishga bog‘liq” 8 .
barcha asosiy ziddiyatlarning bartaraf etilishi, shuningdek xitoy-amerika munosabatlarining konfliktsizligi “katta uchburchak” geosiyosiy tuzilmasi g‘oyib bo‘lgani haqida gapirish uchun asos berdi. Ammo XXRning AQSh va G‘arb dunyosining boshqa mamlakatlari bilan munosabatlari keskinlashuviga sabab bo‘lgan Tyananmen maydonidagi voqealar, shuningdek SSSRda yuz bergan va uning parchalanishi bilan tugagan tub o‘zgarishlar yana Xitoy rahbarlarini AQShning xalqaro maydondagi haddan tashqari kuchli ta’siriga varshi kurashish vositalaridan biri sifatida “uchburchak munosabatlar” siyosatini tiklash to‘g‘risida o‘ylashga majbur qildi. Rossiyada siyosiy hokimiyatdan kommunistik partiyaning chetlatilishi, Moskvada aksilkommunistik va o‘sha vaqtda g‘arbga xayrixoh bo‘lgan kuchlarning g‘alaba qozonishi Moskva va Pekinning yaqinlashish jarayonini sekinlashtirdi. Boz ustiga, o‘sha davrda g‘arb bilan yaqinlik “romantizmi”ga
8 Beijing Review. – Beijing, 1987. – № 3. – Vol. 30, August 31. –Р. 17. 9
berilgan Rossiya ma’murlari Pekin bilan o‘z munosabatlarida AQSh va G‘arbiy Yevropa tomonidan belgilangan andozalardan chetga chiqmaslikka harakat qilardilar, inson huquqlariga nisbatan yondashuvlarda Xitoy rahbariyati bilan kelishmovchiliklarga alohida urg‘u berardilar, Rossiya tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlari tizimida Xitoy AQSh, G‘arbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya va Janubiy Koreyadan keyin qo‘yilardi. Shunga qaramay, 1991 - yil dekabrda Xitoy Rossiyani tan olishi haqida rasmiy bayonot berdi, 1992 - yilda esa XXR rahbariyati Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarni har tomonlama rag‘batlantirish to‘g‘risida qaror qabul qildi 9 .
Rossiya-Xitoy hamkorligini rivojlantirish maqsadida XXR eng avvalo harbiy- sanoat aloqalari yo‘nalishida mavjud bo‘lgan munosabatlardan foydalandi. Bundan tashqari, ikkala mamlakatning ayrim korxonalari va mahalliy hokimiyat organlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo-iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirildiki, bu ikki tomonlama munosabatlarning yangi asosini shakllantirish yo‘lida tashlangan muhim qadam bo‘ldi. 90-yillarning o‘rtalariga kelib “uchburchak munosabatlar” mantiqi bo‘yicha siyosiy rivojlanish Rossiya va Xitoy munosabatlarining yaqinlashuv jarayonida yetakchilik qilayotgani ayon bo‘lib qoldi. Umuman olganda, 1991–1996 - yillarda Rossiya-Xitoy munosabatlari darajasi tan olish masalasi birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘sag‘adan “XXI asrda strategik o‘zaro aloqa qilishga qaratilgan teng huquqli ishonchli sherikchilik” ta’rifiga qadar ko‘tarildi. Ikki mamlakatning “strategik o‘zaro aloqalar qilish” yo‘lidagi sa’y-harakatlari AQShning bir qutbli dunyoni turg‘un holatda saqlab qolish borasidagi intilishlariga qarshi kurashish va ikkala davlat ham hech kimga qaram bo‘lmagan rolni o‘ynay oladigan ko‘p qutbli dunyoni yaratishga qaratilgani bois, mohiyat e’tibori bilan Moskva va Pekin birgalikda amalga oshirayotgan harakatlarning pirovard maqsadi
9 ДэнСяопин. ХХР раҳбариятини Россия билан муносабатларни жадал суръатларда ривожлантиришга чақирди. Бунга қалар Дэн Сяопин қуйидаги баёнотни берган эди: “Москва бошдан кечираётган ички қийинчиликларга қарамай, у аввалгидек қудратли иқтисодий база ва ҳарбий кучга эга”; шунингдек, “Москва асли ўлик йўлбарс эмас, у халқаро сиёсатда етакчи роллардан бирини ўйнайди” // Саут Чайна морнинг пост. – Гонгконг, 1992. – 19 август. 10
yaqin harbiy-siyosiy ittifoqni tashkil etishdan emas, balki bir-biridan ajralish va alohida-alohida ish ko‘rishdan iborat. Shu ma’noda ikki tomonlama hamkorlik bosqichlarini ifodalash uchun turli ta’riflardan foydalanishni uchinchi mamlakatlar (AQSh, Yaponiya) e’tiborini tortishga qaratilgan muayyan belgilarni izlash sifatida baholash mumkin va ular aniq mazmunga hozircha ega emas. Shu bilan bir vaqtda Rossiya-Xitoy munosabatlari ittifoqchilik xususiyatiga ega emasligiga har safar urg‘u beriladi. Rossiya Federatsiyasi va XXR o‘rtasida harbiy-siyosiy ittifoqning tuzilishi ehtimoli ozligi yana shu bilan belgilanadiki, ikki davlatning geosiyosiy va harbiy- strategik sohalardagi milliy manfaatlari mos kelmaydi: Xitoy Rossiya bilan NATO mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgan holda o‘zidan uzoq Yevropada konfliktli vaziyat ishtirokchisiga aylanishga tayyor bo‘lmasa kerak; Rossiya esa Tayvan ko‘rfazidagi mojaro keskinlashgan yoki Janubiy Xitoy va Sharqiy Xitoy dengizlaridagi hududiy nizolar keskin tus olgan holda Xitoyga harbiy madad ko‘rsatish orqali o‘zining AQSh, Yaponiya hamda Osiyo-Tinch okeani mintaqasining boshqa mamlakatlari bilan munosabatlarini xavf ostida qoldirmasa kerak. Yana bir karra shuni qayd etib o‘tish lozimki, oxirgi o‘n yillik mobaynida Pekinning Moskva bilan yaqinlashuvi asosan AQShning XXRga nisbatan ziddiyatlarga to‘la va noizchil siyosati bilan belgilanadi. Bir tomondan, AQSh xalqaro maydonda Xitoy hozirgi ma’rifatli dunyoda umume’tirof etilgan qoidalarga muvofiq ish ko‘rishi uchun mavjud xalqaro hamkorlik tuzilmalariga Pekinni “jalb qilish siyosati”ni e’lon qilgan. Boshqa tomondan, XXRda sherikni emas, balki dushman yoki raqibni ko‘ruvchi nufuzli kuchlar AQShning siyosatiga faol va ancha samarali ta’sir ko‘rsatadi 10 .
10 ХХРга нисбатан АҚШ сиёсатининг бундай “дуализми” 1997 йил март ойининг охирида АҚШ вице- президенти А.Гор ва АҚШ Конгресси вакиллар палатаси спикери Н.Гингричнинг Пекинга ташрифи чоғида айниқса бўртиб намоён бўлган. Бунда А.Гор Хитой пойтахтига икки томонлама муносабатларни яхшилаш мақсадида келган ва Хитой шаънига кескин танқидий мулоҳзаларни билдиришдан ўзини тийган бўлса, Н.Гингрич асосий эътиборни инсон ҳуқуқлари соҳасида Пекинни танқид тиғи остига олишга қаратган ва ҳатто ХХР Тайванга ҳужум қиладиган бўлса, АҚШ мазкур мамлакатни ҳарбий йўл билан ҳимоя қилишини билдирган // The New York Times. – New York, 1997. – April 01. 11
Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlarining manfaatlariga Pekin tomonidan harbiy tahdid, birinchidan, Xitoy tashqi siyosatidagi “agressivlik” va “ekspansionizm” bilan, ikkinchidan, mavjud iqtisodiy va harbiy-texnik salohiyat bilan belgilansa kerak. Harbiy jihatdan tashqari, “Xitoy tahdidi”ning boshqa bir qator jihatlari ham bor. Ularning orasida Osiyo-Tinch okeani mamlakatlarining iqtisodiyoti va siyosatida XXR ustunlik qilishi mumkinligi ayniqsa ko‘p qayd etiladi. Qizig‘i shundaki, bu tezis Osiyo-Tinch okeani mintaqasining eksport ishlab chiqarish tuzilmasi va nomenklaturasida XXR bilan ko‘pgina o‘xshash jihatlarga ega bo‘lgan kichik mamlakatlarida emas, balki jahonning eng qudratli davlati – AQShda himoya qilinadi. Bunda amerikalik tovar ishlab chiqaruvchilar uchun “tahdid”ning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri sifatida XXR bilan savdo-sotiqda AQShning yildan- yilga oshib borayotgan ko‘p milliardli taqchilligi qayd etiladi 11 .
Biroq, birinchidan, xitoyliklar AQSh bozorida bu yerda ishlab chiqarilmaydigan yoki oz miqdorda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni sotadi. Ikkinchidan, o‘z mahsulotini AQShda sotishdan ko‘p miqdorda pul ishlab topish orqali XXR Amerika tovarlarini xarid qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi va shu tariqa minglab amerikalik ishchilarning bandligini ta’minlaydi. Shu sababli Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari, ayniqsa AQSh yoki Yaponiyaning iqtisodiy xavfsizligiga tahdid to‘g‘risidagi tezis real vaziyat bilan mos kelmaydi. Kezil kelganda yana shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, aynan Xitoy bozori Yaponiyaning ko‘pgina kompaniyalariga oxirgi iqtisodiy inqirozdan chiqishga yordam berdi. “Xitoy tahdidi”ni idrok etish jahon hamjamiyati oldida turgan og‘ir muammolardan biri hisoblanadi. Agar Xitoyning hozirgi yuksalishini va xalqaro maydonda XXR ta’sirining kuchayishini jahonda yangi tartib qaror topgan sharoitda tinchlik va barqarorlikka haqiqiy tahdid sifatida qaraydigan bo‘lsak, bu holda Xitoyni u yoki bu darajada tiyib turish g‘oyasi asosli bo‘lib ko‘rinadi. Ammo
11 АҚШ статистикасига кўра, 1996 йилда у тахминан 40 млрд. долларни, Хитой маълумотларига кўра эса – тахминан 10 млрд. долларни ташкил этган // Asiaweek. – Tokyo, 1997. – № 13. – Vol. 23. – Р. 20. 12
chinakam tahdid kuchli va barqaror Xitoydan emas, balki aksincha, tarqoq, beqaror, ichki ziddiyatlar va o‘zaro nifoqqa asoslangan munosabatlarga g‘arq bo‘lgan, bir yarim milliarddan ortiq aholi yashaydigan, boz ustiga, qudratli harbiy arsenal, shu jumladan raketa-yadro quroliga ega bo‘lgan mamlakatdan chiqishi mumkinligini taxmin qilish, bizningcha, o‘rinli bo‘ladi. Download 205.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling