Microsoft Word Kurs loyihasi yozish uslubiy qullanma docx
V. TAHLILIY MA’LUMOTLARNI SHAKLLANTIRISH
Download 1.13 Mb. Pdf ko'rish
|
Kurs loyihasi yozish uslubiy qullanma
V. TAHLILIY MA’LUMOTLARNI SHAKLLANTIRISH
Amaliy va tahliliy ma’lumotlarni yig'ishda tadqiqot ob’yektining hisobotlaridan, ilmiy-amaliy anjumanlar materiallaridan, sotsiologik tadqiqotlardan foydalanish mumkin. Bundan tashqari, tanlangan mavzu bo‘yicha mustaqil tadqiqotlar, kuzatishlar, so‘rovlar o‘tkazish va iqtisodiy hisob-kitoblar qilish ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Turli ko‘rsatkichlarning dinamikasini tahlil qilish uchun bir necha yillik kerakli ma’lumotlarni yig'ish talab qilinadi. Ma’lumotlar kamida oxirgi uch yillik bo‘lishi lozim. Yig'ilgan ma’lumotlarni alohida boblar va paragraflar bo‘yicha taqsimlash va shundan keyingina, ularni har bir bo‘lim va paragraf maqsadi va vazifalariga mos ravishda qayta ishlashga kirishish mumkin. Ishdagi raqamli ma’lumotlar jadvallar ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. Jadvallarni ushbu jadval haqida to‘xtalib o‘tilgan matndan keyin yoki keyingi betda joylashtiriladi. Har bir jadvallarda iqtiboslar bo‘lishi lozim. Jadvallar arab raqamlari bilan ketma 26 ketlikda belgilanadi. Jadval raqami jadval sarlavhasidan o‘ng yuqori burchakda joylashtiriladi. Jadval raqami bob va jadvalning tartib raqamidan iborat bo‘ladi. Masalan: 2.4-jadval (2-bob, 4-jadval). Jadval nomi jadval ustida betning o‘rtasida bosh harf bilan oxirida nuqtasiz yoziladi. Agar jadval talabaning o‘z izlanishlari natijasida tuzilgan bo‘lsa, buni ilovada ko‘rsatib o‘tish lozim. Agar bu jadval qandaydir manbadan olingan bo‘lsa, ushbu jadval joylashgan beti ko‘rsatilgan manbaga iqtiboslar qilish lozim. Agar jadvalning bir qismi keyingi betga o‘tsa, u holda jadvalning bosh qismi yana qaytariladi. Uning ustida esa «Jadval (raqam)» (davomi) so‘zi joylashtiriladi. Agar jadvalning bosh qismi juda katta bo‘lsa, u holda uni keyingi betda takrorlamaslik ham mumkin. U holda jadvalning har bir ustuni raqamlanadi va keyingi betda raqamlari takrorlanadi, jadval nomi esa takrorlanmaydi. Grafik va chizmalar. Grafik va chizmalar ish matni bilan bog’liq bo‘lishi lozim. Illustratsiyaning har bir turi arab raqamlari bilan raqamlanadi. Raqam bob raqami va illustratsiyaning tartib raqamidan iborat bo‘ladi. Barcha grafik, chizma va illustratsiyalar rasm sifatida rasmiylashtiriladi. Masalan: Rasm 1.3 (1- bob, 3- grafik). Rasm nomi rasm raqamidan so‘ng bosh harf bilan yoziladi va oxirida nuqta qo‘yilmaydi. Download 1.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling