Microsoft Word Kurs loyihasi yozish uslubiy qullanma docx


Download 1.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/18
Sana30.04.2023
Hajmi1.13 Mb.
#1403569
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
Kurs loyihasi yozish uslubiy qullanma

 Foydalanilgan 
adabiyotlar 
ro‘yxatida: 
kurs loyihasiyozish 
davomida foydalanilgan ilmiy manbalar va adabiyotlar ro‘yxati 


21 
belgilangan tartibda keltiriladi hamda uchinchi va to‘rtinchi ilovalar 
kabi rasmiylashtiriladi. 
Ilovalarda: asosiy matnni o‘qishni qiyinlashtiradigan jadvallar, 
grafiklar, hujjatlar nusxalari, diagrammalar keltiriladi va 
raqamlanadi. Ularning hajmi kurs ishining umumiy hajmini 30 
foizidan ortib ketmasligi kerak. Kurs ishining asosiy m atnida 
mavzuni ochib berishga qaratilgan va to‘g'ri tuzib chiqilgan 
jadvallar, rasmlar (grafiklar, diagrammalar) va boshqa zaruriy 
materiallar keltirilishi lozim. 
3.3 Mavzularni yoritib berishga 
qo‘yilgan talablar 
Kurs loyihasi o‘z tarkibiga quyidagi talablarni jam etuvchi 
belgilari bilan baholanadi: 
tahlil chuqurligi, ko‘rilayotgan muammolarni hal qilish qobiliyati; 
– mustaqillik, ko‘rilayotgan muammoga ijodiy yondashuv; 
– zamonaviy faktologik va statistik ma’lumotlardan foydalanish
– muallif o‘z ishida oldiga qo‘ygan barcha vazifalarni to‘laligicha hal 
qilish; 
– ma’lumotlilik, ma’lumotni berishdagi mantiiqiylik; 
– rasmiylashtirishning sifati.
Baho himoyadan so‘ng e’lon qilinadi. Bu baho ilmiy rahbar 
imzosi bilan qaydnoma (vedomost) va talaba daftarchasiga qo‘yiladi. 
Kurs loyihasi himoyasi natijalariga ko‘ra qoniqarsiz baho 
olingan taqdirda talaba belgilangan muddatda to‘g’rilangan ishni 


22 
takror taqdim qilishi kerak. Kurs loyihasi talaba tomonidan imlo 
xatolarsiz, ravon tushunarli tilda bayon qilinishi, jumlalar aniq 
ifodalanishi, o‘zaro bog'liq bo‘lishi va bir-birini to‘ldirib turishi 
kerak. Unda keltirilayotgan statistik ma’lum otlar faqatgina 
ko‘rgazma vazifasini o‘tab qolmasdan, xulosalar chiqarish va 
isbotlash uchun xizmat qilishi lozim. Kurs loyihasida keltirilgan 
barcha asoslar va ma’lumotlarning to‘g’riligi uchun talaba muallif 
sifatida javobgar hisoblanadi. Kurs loyihasitalaba tomonidan 
mustaqil ravishda bajarilishi shart. Talaba tomonidan turli xil 
manbalardan dalillar, statistik ma’lumotlar, turli mualliflarning 
fikrlaridan iqtiboslar keltirilishi va ilmiy ma’lumotlar bilan 
ta’minlangan bo‘lishi kerak. 

Download 1.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling