Microsoft Word Лаборатория Нефть ва газ копия docx
Download 2.76 Mb. Pdf ko'rish
|
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Umumiy ma’lumot.
7-LABORATORIYA ISHI.
METALL QUYMALARDA UCHRAYDIGAN NUQSONLAR, ULARNING HOSIL BO’LISH SABABLARI VA OLDINI OLISH TADBIRLARI Ishdan maqsad. Metall quymalarning sifatiga putur yetkazuvchi nuqsonlar (gaz va shlak g‘ovakliklari, darzlar, shakl va o‘lcham o‘zgarishlari, kirishuv bo‘shliqlari, qolip va sterjen materiallarining kuyib, quyma sirtiga yopishib qolishi va boshqalar) ning hosil bo‘lish sabablarini aniqlash va oldini olish tadbirlarini belgilash. Umumiy ma’lumot. Quymalarni ishlab chiqarish jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar (masalan, quyma devorlari qalinliklari turli o‘lchamli bo‘lishi, qolip va sterjen materiallari tarkibini to‘g‘ri belgilamaslik va xossalarining pastligi, metalning qolipga bir me’yorda kirmasligi, tekis sovimasligi va boshqalar) oqibatda turli nuqsonlar uchraydi. 9-jadvalda quymalarda ko‘proq uchraydigan nuqsonlar, ularning hosil bo‘lish sabablari va oldini olish tadbirlari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Yuqorida qayd etilgan nuqsonlardan tashqari quyma sirtining shikastlanishi, o‘simtalar, sirt yuzaning qattiqligining karbidlar hisobiga haddan tashqari ortishi, kimyoviy tarkibining texnik talablarga javob bermasligi va boshqalar ham uchraydi. Quymalarni texnik talablarga javob berish darajasiga ko‘ra tiklab bo‘lmaydigan va tiklab bo‘ladigan xillarga ajratiladi. Tiklab bo‘lmaydigan nuqsonlar yirik nuqsonlar bo‘lib, ularni mutlaqo tiklab bo‘lmaydi yoki tiklash iqtisodiy jihatdan foydasizdir. Bu xil nuqsonlari bor quymalar yaroqsiz bo‘lgani uchun qayta eritishga yuboriladi. Tiklash mumkin bo‘lgan nuqsonlar ancha kichik bo‘lib, ular tiklanganlarida normal ishlashlariga putur yetkazmaydi. Ma’lumki, quymalarda uchraydigan nuqsonlarni aniqlashda qator usullar (ko‘z, lupa, andazalar, o‘lchov asboblar yordamida, magnitli nuqson izlagichlar yoki rentgen nurlari, ultratovush va boshqalar) bo‘lib, ularning qaysi biridan foydalanish quyma materialga, massasiga, shakliga, nuqsonlar tabiati, quymalarga qo‘yilgan talablarga bog‘liq. Nuqsonlar aniqlangach, texnik nazorat vakillari ularning hosil bo‘lish sabablarini bilish uchun quymalarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan modellar, sterjen yashiklari va bo‘lak moslamalarni, barcha operatsiyalarning qay tarzda bajarilishini ko‘rmog‘i lozim. Keyin esa usta va texnologlar bilan zaruriy tadbirlar ko‘riladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling