Microsoft Word Majburiy fanlar uchun 1 son javobli
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Majburiy fanlar uchun 1 son javobli
Majburiy ona tili testlari O’qituvchi: Izzatillayev Zayniddin
11 D) bog'lovchi, ko'makchi 15. Qaysi gapda bosh harflarni qo’llash bilan bog'liq imloviy xatolik uchraydi? A) Bulung'ur tuman hokimligi B) Xalqaro Olimpiya Qo’mitasi C) Sog'liqni saqlash vazirligi D) Temuriylar Tarixi Davlat muzeyi Majburiy fan. Ona tili. Variant-17 1. Qaysi gapda I shaxs ma'nosi II shaxs orqali ifodalangan? A) Bu manman, akosi, tanidilarmi? B) Shunaqa narsa bilan hazil qiladimi odam? C) Chiroyli joylar ko'p, qarab to'ymaysan kishi. D) Shunaqa ham uxlaydimi odam degan? Tur, aylanay, bolam. 2. Qaysi gapdagi barcha sifatlar ma’noviy jihatdan o’zaro bir guruhga oid? A) Xira yorug’da Olim Qodirovning kulcha, oqish yuzlari, quyuq kipriklari zo’rg’a ko’rinardi. B) Kuzgi izg’irin esa boshlaydi, samoning zangorisimon sahnida hali to’lishmagan, qandaydir beshakl oy xira, rangsiz yiltiraydi. C) Donishmand chol yuzga kirgan bo’lsa-da, hamon hushyor va ziyrak, serfahm va zukko edi. D) Yo’llarimda ko’m-ko’k ko’llar, oyna kabi tiniq va bejon. 3. Qaysi gap tarkibida imloviy jihatdan xato yozilgan so'z mavjud? A) Birovlarga yomonlik qilishing shart emas, ishlaring yurishgani sari o' z-o'zidan dushmanlik qiluvchilar ko'payib boraveradi. B) Ko'ngilni vayron qiladigan haqiqatdan kishiga taskin bag' ishlaydigan yolg'on afzal. C) Fuqarolar yig'inlari faoliyatini samarali yo'lga qo'yishda jamoatchilik kengashlarining o' rni sezilarli bo'layapti. D) Tinchlik xalqni farovon qiladi, yurtni gullatadi, uning istiqboliga keng yo'l ochadi. 4. Qaysi gapda suzmoq so'zi ko'chma ma'noda qo'llangan? A) Ko'k yuzida suzib yurgan bir parcha bulut quyoshni har ko'yga solar edi. B) Onaxon qozonda qaynab turgan kosalarga Sutni suzib, dasturxonga qo'ydi. C) U suvda qo'l va oyoqlari charchaguncha uzoq suzdi. D) U kishi sho'rvani pishiradi, lekin moyini suzib ichadi, go'shtini yeydi, quruq suvini va suyak beradi biz bechoralarga. 5. Yurtim, senga she'r bitdim bu kun, Q'iyosingni topmadim aslo. Ushbu she'riy parchada ajratib ko'rsatilgan so'zning ma'nodoshi xato berilgan javobni toping. A) yozdim B) tanladim C) qoraladim D) to'qidim 6.Halollikni va pok yashashni o’zi uchun hayotiy e’tiqod, oliy maqsad deb biladigan odamlardan yomonlik kutmaymiz. Ushbu gap tarkibidagi sodda yasama so’zlar qaysi turkumga mansubligini aniqlang. A) sifat, ravish, fe’l B) ot, ravish, fe’l C) ot,fe’l sifat D) ot, sifat, ravish 7. Olmoshlarning qaysi turi doim turlangan holatda keladi? A) ko’rsatish B) kishilik C) o’zlik D) gumon 8. Bog’langan qo’shma gap berilgan gapni aniqlang. A) Men yaxshi o’qisam, talaba bo’laman. B) Aytilgan so’z- otilgan o’q C) Maqsadim shuki, yaxshi o’qish D) Yurak yig'laydi-yu, ko'zlarda nam yo'q. 9. Yuzi ham yaltiroq o‘tloqning betida yuk mashinasing behisob izlari ko‘rinib turardi. Ushbu gapda fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘zlarning sintaktik vazifasini toping. A) Aniqlovchi B) Aniqlovchi, kesim C) Aniqlovchi, ega D) Fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘z yo‘q 10. Sabab holi qatnashmagan gapni toping. A) Quvvatsizligidan tez charchadi B) Go‘lligi sababli har joyda kaltak yeydi C) Siz bilan suhbatlashgani keldim D) Arzimagan narsa uchun janjal ko‘tardi. 11. Xalqparvarlik va vatanparvarlik yoshlarning asosiy fazilati bo‘lmog‘i darkor. Ushbu gapdagi yasama so‘zlarning sintaktik vazifasini aniqlang. A) Aniqlovchi B) To‘ldiruvchi, aniqlovchi C) Ega D) Ega, aniqlovchi 12. Bu o‘lkada iqlim o‘rtacha, suv mo‘l, yer unumli, quyosh nuri yetarli. Ushbu gapda so‘z birikmalari soni? A) 3 B) 4 C) 6 D) 7 13. Kelgusi avlod zakovatiga ishonmagan jamiyatning ichi mo‘rtdir Ushbu gapda so’z birikmalari soni nechta? A) 5 B) 6 C) 7 D) 8 14. Kesimi ibora bilan ifodalangan gapni toping. A) Dadam juda qo'li ochiq edilar. B) Hasanboy mohir charm qo'lqop ustasidir. C) Hovlining eshigi yopiq edi. D) Aytilgan so'z - otilgan o'q. 15. Qaysi javobda berilgan so'zlar ot so’z turkumiga mansub? A) barcha, katta, olim, ko'p B) tog'a, hamma, Shirin, tepa C) bobo, qarmoq, nima, kun D) musicha, ko'ylak, bola, shoir Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling