Microsoft Word Majburiy fanlar uchun 1 son javobli
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Majburiy fanlar uchun 1 son javobli
Majburiy ona tili testlari O’qituvchi: Izzatillayev Zayniddin
27 B) Haqiqiy shoir o‘z tuyg‘ularining tarjimonidir. C) Yigitcha qo‘rquvdan dir-dir titrar, uning lablari pir-pir uchar edi. D) Kitoblar - insoniyatning eng bebaho ma’naviy mulki. Ulardan hamisha foydalanishimiz mumkin. 8. Qaysi javobda otlashgan sonlar to‘ldiruvchi vazifasida kelgan? A) Beshovining ham fikri bir yerdan chiqdi. B) To‘qqizida bo‘lmagan aql to‘qsonida ham bo‘lmas. C) Oltovlon ola bo‘lsa, og‘zidagin oldirar. D) Tayog‘i yo‘g‘on birni urar, so‘zi yo‘g‘on mingni urar. 9. Qaysi gapda yetakchi fe’l qismi qo‘shma fe’l bo‘lgan ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmasi qatnashgan? A) Do‘stim, ko‘rgan film va spektakllaringiz haqida hikoya qilib bering. B) Bu gapni eshitib, Bahromning ko‘zi charaqlab ochilib ketdi. C) Ba’zan Mehrixonlar oilasiga ham borib kelardi. D) Sodiqjon, o‘rtog‘ingizga mavzuni aytib berib turing. 10. Qaysi gapda fe’ldan yasalgan sifat bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchi qatnashgan? A) U beg‘ubor yaylov havosida ulg‘aygan kamgap, lekin qaysargina bir bola edi. B) Og‘ir jarohat tufayli qiynalayotgan yigitga doktor tezda yordam ko‘rsatdi. C) Derazaning ochiq tabaqasidan mayin shamol kirib turardi. D) Shogirdim Aminjon, o‘zi yosh bo‘lsa ham, juda pishiq, og‘ir, g‘ayratli. 11. Orttirma nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni aniqlang. A) U kuni bilan bosh ko‘tarmay shu ishni bitirdi. B) G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi. C) Biz ertadan kechgacha gavronlar ichida ko‘milib savat to‘qirdik. D) Muhokama qilsangiz, tushunchangiz yanada boyirdi. 12. Majhul nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni aniqlang. A) Abror yuklarni yuqoriga chiqarishga qiynaldi. B) U kuni bilan bosh ko‘tarmay shu ishni bitirdi. C) G‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi. D) Elektr simlariga qaldirg‘ochlar tizilib o‘tirardi. 13. Qaysi javobda ravish qatnashgan? A) So‘nggi pushaymon - o‘zingga dushman. B) Itning akillashidan cho‘chib uyg‘onib ketdim. C) Mana mavsum ham oxirlab qoldi. Mashina terimi tugay deb turibdi. D) Ular hozircha kovlab kirolmabdilar, lekin allaqancha yerni o‘yib yuboribdilar. 14. Or - bu o'ziga ep ko'rilmagan yoki yarashmagan ishdan, narsadan xijolat tortish, uyalish, uyat va nomus qilish tuyg'usidir. Mazkur gapda fe’lning qaysi vazifa shakllari qatnashgan? A) sof fe’l, harakat nomi va ravishdosh B) harakat nomi va ravishdosh C) sifatdosh va harakat nomi D) harakat nomi, sifatdosh va ravishdosh 15. Qaysi qatorda -la qo‘shimchasi so‘z yasovchi emas? A)ishla B)qishla C)ishqala D)barchasida so‘z yasovchi bo‘lib kelgan Majburiy fan. Ona tili. Variant-43 1. Ikki asosli soʻzni aniqlang. A) qiziqarli B) sizbop C) gulzor D) gʻazalxon 2. Qaysi soʻz asos va qoʻshimchaga ajratilmaydi? A) tungi B) olgʻa C) tuzdek D) haftalab 3. Betinim soʻzining asosini aniqlang. A) tinim B) bet C) tin D) bu soʻz asos qoʻshimchaga ajratilmaydi 4. Qaysi gulni yoqtirasiz? Ushbu gap haqida xato fikrni aniqlang. A) sodda gap B) soʻroq gap C) yoyiq gap D) egasi umumlashgan gap 5. Qaysi so'z xato yozilgan? A) Xayr B) Xalol C) Xato D) Xam 6. Affiksatsiya usuli bilan yasalgan so‘zlarni ajrating 1. Gulchi 2 . Guldon 3. Xushxat 4. Qirq uch 5. Oshpichoq A) 1,2 ,3 B) 1,2,3,5 C) 1,2 D) 3,4 7. Tub so‘zlarni ajrating 1. Tiqin 2. Yig‘in 3. Qishin- yozin 4. Ko‘rin 5. Yashirin A) 4, 5 B) 3, 4, 5 C) faqat 4 D) barcha so‘zlar yasama 8. Olmalarni so‘zidagi grammatik ma’no qaysi? A) Olma daraxti B) Olma mevasi C) Ko‘plik va kelishik shakli D) Barcha javobda so‘zning grammatik ma’nosi berilgan 9. -in qo‘shimchasi qaysi so‘z turkumini yasaganda yasovchi qo‘shimcha vazifasini bajaradi? A) ot, sifat B) Ravish C) Barcha so‘z turkumlarini D) A va B javoblari to‘g‘ri 10. So‘z turkumlarini ajratishni eng avvalo tilshunoslikni fan sifatida shakllantirgan xalq qaysi? A) Yunonlar B) Arablar C) Hindlar D) Bizning ajdodlarimiz 11. 1. Ukam akademik litseyda o‘qiydi. 2. Bu kishi akademik. Berilgan gaplarning qaysi birida “akademik” so‘zi sifat sifat bo‘lib kelgan? A) 1-gapda B) 2-gapda C) Har ikkisida ot bo‘lib kelgan D) Har ikkisida sifat bo‘lib kelgan 12. 1. U ustozning gapini qulog‘iga quydi. 2. Do‘xtir dorini uning qulog‘iga quydi. Berilgan gaplarning qaysi birida “qulog‘iga quydi” ibora vazifazida qo‘llangan? A) 1- gapda B) 2-gapda C) Har ikkisida ham so‘z birikmasi vazifasida kelgan D) To’g’ri javob yo’q 13. Geografik obyektlar va ularning nomlari bu.... A) antroponimlar B) toponimlar C) gidronimlar D) zoonimlar 14. Morfemaga ajralmaydigan so‘z berilgan qatorni toping A) Tilak B) Kurak C) Terak D) Hammasi morfemaga ajraladi 15. Berilgan so‘zlarning qaysi biri tarkibida murakkab qo‘shimcha mavjud? A) gulchilik B) dehqonchilik C) g‘allachilik D) baliqchilik Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling