Microsoft Word Majburiy fanlar uchun 1 son javobli
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Majburiy fanlar uchun 1 son javobli
Majburiy fan. Ona tili. Variant-8
1. Qaysi maqoldagi so’zning tushirilgan tovushi chuqur til orqa sirg’aluvchi undosh? A) …unarli er xor bo’lmas, do’st-dushmanga zor bo’lmas. B) …alq meniki dema, sen …alqnikisan. C) …urmat tilasang ko’p yema. D) O’zingga e…tiyot bo’l, qo’shningni o’g’ri tutma. 2. Xato yozilmagan so’zlar qatorini aniqlang? A) bahil, hasis, xasad, gox-gox B) habar, mexnatkash, xovuz, xosil C) xuquq, xiylakor, hato, hokkey, ho’roz D) iztirob, xokkey, koronavirus, polapon 3. Qaysi javobda jo’nalish kelishigi shaklidagi so’zlarga qo’shilib qo’llanadigan ko’makchilar qatori berilgan? A) qaramay, ko’ra, muvofiq, asosan B) boshlab, tomon, sari, kabi C) doir, bo’lak, buyon, beri D) boshqa, buyon, o’zga, ko’ra 4. Aql inson uchun eng oily ne’matlardan biridir. Aql ila narsalarning sir-asrori o’rganiladi, ilm va ma’rifat egallanadi, kasb-kor hosil qilinadi. Ushbu parchada necha o’rinda yordamchi so’z turkumlariga oid birliklar ishtirok etgan? A) 4 ta B) 3 ta C) 1 ta D) 2 ta 5. Yozma nutqda bir necha xil yoziluvchi tovush, qo’shimcha va so’zlarning adabiy tilga qabul qilingan bittasi nima hisoblanadi? A) imlo me’yori B) to’g’ri talaffuz me’yori C) fonetik tamoyil D) morfologik tamoyil 6. Ikki bo’g’inli so’zlarning birinchi bo’g’ini lablashgan u unlisi ta’sirida ikkinchi bo’g’indagi i unlisi qaysi tovushga yaqin talaffuz qilinadi? A) i B) e C) o’ D) u 7. Unli tovush ma’no farqlash vazifasini ifodalagan so’zlarni aniqlang. 1) bur-bir; 2) tur-tir; 3) qur-qir; 4) sur-sir; 5) katta-kalta; 6) tirgak-tirsak. A) 1,2,3,4,5 B) 1,2,3,4 C) 6 D) 5,6 8. Xato yozilgan so’zlar qatorini aniqlang. A) okean, zoologiya, zoopark, oynak B) okop, obro’, orkestr, roman C) kombayn, konstitutsiya, konsert, kosmonavt D) shula, kattadan-katta, tarjimai hol 9. O’zakka qo’shimcha qo’shilgach, tovush almashish hodisasi uz bergan so’zlarni aniqlang? 1) sana; 2) angla; 3) qaynoq; 4) ishlov; 5) dumaloq; 6) bo’yoq. A) 1,2,3,4,6 B) 1,2,3,4,5,6 C) 2,4,6 D) 1,2,4,6 10. Qaysi gapda –yu birligi biriktiruv bog’lovchisi vazifasida kelgan? A) Yo’qchilik g’ayratli, ishchan odamning eshigidan mo’ralaydi- yu, ichkariga kira olmaydi. B) U qo’lidagi maktubni o’qidi-yu, tanasidan muzdek ter chiqib ketdi. C) Nega endi natijalarga baho berishadi-yu, sababini tekshirib ko’rishmaydi. D) Doston do’stining savolini eshitdi-yu, negadir javob berishni istamadi. 11. Qaysi so’zlarda tutuq belgisi tushirilsa, ma’no o’zgarishi ro’y beradi? A) qat’iy, sun’iy B) a’yon, ma’raka C) san’at, ta’na D) qal’a, mas’ul 12. Qaysi gapda ham qo’sh undoshli, ham qator undoshli so’z mavjud? A) Kapalak xursand bo’ldi, sevinib qanot qoqdi. B) Ravon nutq- insonning ko’rki, fazilati. C) Kitobni qadrlamoq kerak, bu tafakkur qasriga izzat-ehtirom bilan qadam qo’ymoq lozim. D) Yarim ball uchun harakat qilishga to’g’ri keladi. 13. Qaysi gapda balki so’zi zidlov bog’lovchisi vazifasida kelgan? A) Inson go’zalligi bilan emas, balki mehnati bilan kamol topadi. B) Yillar o’tib, balki, bizni unutib yuborishar. C) Tolibjon, balki, ularni ayblab adashayotgandirsiz? D) Balki, ertalab o’ziga isitib berish uchun shunday degandir. 14. Qaysi gapda sodda gaplarni bog’lab kelgan ayiruv bog’lovchisi qatnashgan? A) Na Sobirjon bir og’iz gapdan qoldi, na Hikmatjon jahlini bosa oladi. B) Unga yo bir maslahatni, yo ro’zg’or ishini aytib bo’ladi. C) Shuni bilginki, haromning kasri yo farzandga, yo davlatga urar. D) Yo istagan maqsadimga erishaman, yo o’lim meni bu yo’lda halok qiladi. 15. Qaysi gapda hokim qismlari ega va to’ldiruvchi vazifasida kelgan aniqlovchili so’z birikmalar qatnashgan? A) Shiroq shohning ishonchsizlik ko’zi bilan qarayotganini fahmlab, o’z so’zining to’g’riligini isbotlashga kirishdi. B) Kimdir shunday kichkina teshikdan ho’kiz sig’ishiga aql ishonmasligi to’g’risida kishilarga gap ma’qullaydi. C) Bema’ni fikrlar har kimda ham bo’ladi, faqat aqlli kishigina uni aytmaydi. D) Shoirning yuragi sof tuyg’ulardan oziqlansa, uning ijod daraxti gurkirab bo’y cho’zadi. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling