Microsoft Word Majburiy fanlar uchun 1 son javobli


Download 1.37 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/48
Sana16.04.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1361064
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48
Bog'liq
Majburiy fanlar uchun 1 son javobli

Majburiy ona tili testlari O’qituvchi: Izzatillayev Zayniddin 

B) qo’qqisdan kulib yubormoq, dod solmoq 
C) dalada ishlamoq, ukasiga gapirmoq 
D) ko’ngliga solmoq, qo’lga kiritmoq 
Majburiy fan. Ona tili. Variant-14 
1. Keltirilgan gapda qo'llangan tovush o'zgarishlarining soni va 
turi to'g'ri berilgan javobni toping. Bolaning ko‘ngli o‘ksimasin 
deb yumshoq o‘rindiqqa o'tqazdi.
A)3 ta tovush ortishi, 1 ta tovush tushishi
B)1 ta tovush tushishi, 2 ta tovush almashishi
C)2 ta tovush tushishi, 2 ta rovush almashishi
D)1 ta tovush ortishi, 1 ta tovush tushishi
2. Vazifasi jihatdan bir turga mansub bo'lgan ko'makchi 
morfemalar ketma-ket qo'shilgan so‘zni aniqlang.
A)tilakdosh B)yozdir C)do’stlikni D)uyqusirab
3. Qaysi javobda “do‘ppisini osmonga otmoq” iborasiga zid 
ma’noli so‘z keltirilgan?
A) xafa B) xursand C) hayratlanmoq D) g‘azablanmoq
4. Quyidagi juftliklarning qaysi biridagi so'z xato yozilgan? 
A)she’r — sher B)otalik — otaliq
C)azm - azim D)taxir – tahir
5. Tuyalar suvsizlikka chidamli, har qanday sharoitga 
moslashadigan yagona hayvon sifatida e’tirof etilgan. Ushbu 
gapda sodda yasama so`z ishtirok etgan?
A) uchta B) beshta C) to`rtta D) ikkita
6. Fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan so'zlarni belgilang. 1) 
yasha; 2) yayra; 3) yashna; 4) o‘yna; 5) ikkala; 6) uchala; 7) 
yamoq; 8) yong’oq; 9) yig’loq; 10) o’yinchoq.
A)1,4,5,7,9 B)1,2,3,5,6 C)5,7,9 D)1,5,7,9,10
7. Yig’ilishga mo‘ylovni ham chaqirib kelishdi. Ushbu gapda 
qaysi usulda ma’no ko'chgan?
A)metonimiya B)sinekdoxa C)metafora D)vazifadoshlik
8. Ota-bobolarimizning asriy orzulari ro‘yobga chiqdi. Ushbu 
gapda qaysi bo'lak juft so‘z bilan ifodalangan?
A)kesim B)ega C)aniqlovchi D)to’ldiruvchi
9. Qaysi javobda yasama ravishlar berilgan?
A)tiriklay, o'yinchoq, yarqiroq B)bosqin, jo‘shqin, hiylakor 
C)ochiqcha, qalban, haftalab D)ochqich, tiniq, e'zozlab
10. Qaysi javobdagi so‘zlarning asosi bir bo‘g‘inli emas?
A) elchilik, ko‘chadigan B) oqayotgan, kulimsiramoq
C) tushuncha, quvnoq D) atamoq, sanoqsiz
11. Qaysi gap tarkibida qo`sh va qator undoshli so'z ishtirok 
etgan?
A) Turk adabiyoti o`zining betakror qofiyadosh so`zlari bilan 
juda ko`p janrlarni yuzaga keltirgan.
B) Lotin alifbosiga o`tish munosabati bilan kirill alifbosidagi 
ayrim harf va belgilardan voz kechildi.
C) Ko`kda uchar turnalar, qanotini qoqib, baxtiyorlik nashidasin 
surib.
D) Doim maqsad qo’yib olg’a intiling!.
12. Qaysi gapda ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi ishtirok etgan?
A) U to’nini yelkasiga tashlagan holda kechasi bilan yurib 
chiqdi.
B) Quyosh ko’kdan mo’ralab qarar.
C) Salim ota yuqoriga charchab, hansirab chiqdi.
D) Karim darsga ataylab kelmadi.
13. Mehmon kelsa eshikdan, Rizqi kirar teshikdan. Ushbu 
gapdagi kesimlarni aniqlang.
A) eshikdan, teshikdan B) kelsa, teshikdan
C) kelsa, kirar D) eshikdan, kirar
14. Anavini qara, o‘zimizning to‘pori Zebimi shu? Gapda olmosh 
turkumiga oid so‘zlar necha o‘rinda qo‘llangan?
A) 4 B) 1 C) 2 D) 3
15. Qaysi qatorda ng tovushi ishtirok etgan so‘zlar berilgan? A) 
shudring, yanga, dengiz B) singil, menga, ko‘ngil
C) kongress, yengil, shtanga D) kenglik, ingramoq, tungi
Majburiy fan. Ona tili. Variant-15 
1. Quyida berilganlardan imloviy jihatdan xato yozilgan so‘zlarni 
aniqlang.
1) tele ko‘rsatuv; 2) taqiqlamoq; 3) hokandoz; 4) tushincha; 5) 
mas’ul; 6) hatti-harakat
A) 1, 3, 4, 6 B) 1, 2, 4, 5 C) 2, 4, 5, 6 D) 1, 3, 5, 6
2. Yoyiq undalma qatnashgan sodda gapni aniqlang.
A) Endi, bo‘tam, gapimning buyog‘iga ham diqqat bilan quloq 
sol.
B) Yaqin yillarda bu tevarak-atrofda o‘zlashtirilmagan yer 
qolmaydi, Muhtaramxon!
C) Buning iloji yo‘q, jon uka, kun botmasdan tezroq shaharga 
yetib olishimiz kerak.
D) Kecha pishirgan oshimni maqtab-maqtab yeding-ku, injiq 
ukajonim!
3. Qaysi gapda yasama sifatning otlashishi kuzatiladi? 
A) Aqllilar o’z ishlarini bilib-bilib qilishadi. 
B) Keksalar katta hayotiy tajribaga ega bo’ladilar. 
C) Aybsiz do’st axtargan do’stsiz qolar. 
D) Yaxshidan bog’ qoladi, yomondan - dog’. 
4. Qaysi gapda vazifadosh biriktiruv bog‘lovchisi ishtirok etgan?
A) Uning so‘zlari jonli chiqdi-yu, ko‘plab savollarga javob 
berolmadi.
B) Oyim gapiryaptilar-u, mening ko‘zlarim Kimsan akamda. C) 
Eh do‘stim, umrlar o‘tar-u, kitoblar yashar.
D) To‘satdan eshik taraqlab ochildi-yu, ostonada Ertoyev paydo 
bo‘ldi.
5. Qaysi gapda ko‘makchini unga ma’nodosh bo‘la oladigan 
kelishik qo‘shimchasi bilan almashtirish mumkin?
A) Bola uyalgani uchun bu yerdan tezroq ketishga harakat 
qilgan.
B) U ham sen kabi yoshligidan fantastik asarlar o‘qishni yaxshi 
ko‘rardi.
C) Yuksak qoyalardan shiddat bilan qo‘zg‘algan burgut 
suruvdagi qo‘zichoqni ildi-yu ketdi.
D) Men ham sizlar bilan shahar aylanishga boraman.
6. O‘g‘lim, sen uzumini yegin-u, bog‘ini surishtirma. Ushbu 
gapda tarkibidagi barcha undoshlari jarangli til undoshlariga 
mansub bo‘lgan so‘z qanday sintaktik vazifa bajargan?
A) undalma B) kesim C) ega D) to‘ldiruvchi
7. Qaysi gapda holatga taqlidni bildirgan so‘z qatnashgan?
A) Allakim ship-ship qadam bosib, ayvon labiga kelayotgandek 
bo‘lardi.
B) Olisda yilt-yilt nur sochayotgan chiroqlar tunga o‘zgacha 
shukuh berardi.
C) Jimirlab oqayotgan suvga tikilib xayollarga berildi.
D) Tongda ari gulga so‘zlar g‘uv-g‘uv-g‘uv, Guljonim, asaling 
ber, sog‘indim-ku!
8. Yakka shaxsga ishora qilib hurmat ma’nosini ifodalagan ular 
olmoshi qatnashgan javobni aniqlang.
A) Ularning har ikkisi bugungi musobaqada ilk marotaba 
qatnashmoqda.
B) Sakkizinchi sinf o‘quvchilari faol. Ular har bir tadbirda o‘z 
chiqishlari bilan ishtirok etishadi.
C) Sobir tog‘amni yaxshi ko‘raman. Ammo ular biznikiga bir 
yilda bir keladilar.
D) Yer yuzida tillar ko‘p. Olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra 
ularning miqdori 7000 ga yaqin.
9. Qaysi gapda // shartli belgisi o‘rnida ikki nuqta tinish belgisi 
tushirib qoldirilgan?
A) Aql ko‘pga yetkazadi // hunar bo‘lsa insonni ulug‘likka 
yetkazadi.



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling