Microsoft Word Majmua Tanlov fani-Xromat-2018-lot (2)


Download 0.79 Mb.
Pdf ko'rish
Sana22.12.2022
Hajmi0.79 Mb.
#1042283
Bog'liq
1-маъруза



9
1-MA’RO‘ZA 
MAVZU: XROMATOGRAFIYA FANING PREDMETI VA
RIVOJLANISH TARIXI 
Mavzu: 
1. Xromatografiya faning predmeti 
2. Xromatografiyaning rivojlanish tarixi 
3. O‘zbekistonda xromatografiya 
Tayanch iboralar: xromatografiya, rivojlanish, tarix. 
Михаил Семенович Цвет 
1903 й.
Hozirgi kundagi analitikkimyoni xromatografiyasiz tasavvur etish qiyin.
Ko‘pgina sohalardagi, jumladan, organik kimyodagi 70-80 % tadqiqotlar
xromatografik usullar hissasiga to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunda xromatografiya
tushunchasining ma’nosi kengaydi. Lekin shunga qaramasdan xromatografiya
haqidagi klassik tushuncha to‘g‘ridir. Unga ko‘ra: 
Xromatografiya – komponentlarning qo‘zg‘almas faza qavatidan
harakatdagi faza oqimi orqali o‘tganda taqsimlanishi hisobiga amalga
oshadigan ajralishga asoslangan moddalar va ular aralashmalarining
analiz va tadqiq etishning fizika-kimyoviy usulidir. 
Xromatografik jarayonlar asosida ko‘p marta takrorlanadigan sorbsiya
va desorbsiya jarayonlari yotadiki, bunda komponentlar qo‘zg‘almas va


10
harakatdagi fazalar o‘rtasida taqsimlanish koeffitsiyentlarining farqi hisobiga
ularning ajralishi yuz beradi. Ajralish jarayonlarini turli maydon, jumladan,
elektr, gravitatsiya va boshqa maydonlar ta’sirida amalga oshirish mumkin. Bu
esa ajralish jarayonining borish sharoitini o‘zgartiradi hamda xromatografiyaning
imkoniy variantlari sonini oshiradi. Xromatografiyaning eng muhim bo‘lgan
belgisi, unda boradigan jarayonning dinamik harakterga ega ekanligi bo‘lib,
bunda molekula yoki zarrachalarning ajralishida konsentratsiyaning gradiyenti
paydo bo‘ladi. 
Shunday qilib xromatografiya tushunchasining eng oddiy ta’rifi: 
Xromatografiya – molekulalarning differensial migratsiyasi hisobiga
amalga oshadigan, ya’ni molekulalarning turlicha tezlikda harakatlanishi
hisobiga boradigan ajralish jarayoni. 
Xromatografik tadqiqot va analiz usullarining eng muhim yutuqlari
sifatida bir vaqtning o‘zida unda ajralish, identifikatsiya, miqdoriy baholash va 
moddalarni toza holda ajratib olish bilan bir qatorda sorbat va sorbentlarning
fiziko-kimyoviy xossalarini ifodalovchi bir qancha ma’lumotlarni olish
imkoniyatini qayd etish mumkin. Shuning uchun ham xromatografiya ko‘p
kanalli informatsiya manbaidir.
Sorbentlarning tanlanishi xromatogramma bo‘yicha cho‘qqilarning
taqsimlanish intensivligini boshqarish imkoniyatini beradi. Xromatografik
jarayonlarning amalga oshishida ko‘plab o‘zaro ta’sirlarning (oddiy fizikaviy,
molekulalar o‘rtasidagi va ximosorbsion) amalga oshishi kuzatiladi. Bular
amalda murakkab tarkibdagi turli aralashmalarni tashkil etuvchi komponentlarga
ajralishiga olib keluvchi ajralishning xilma-xil mexanizmlar bo‘yicha amalga
oshirish imkoniyatlarini yaratadi. 


11
XROMATOGRAFIYANING RIVOJLANISH TARIXI 
Хроматографиянинг ривожланиш 
боскичлари
1903 й.
Хроматографнинг очилиши
(Цвет М.С.)
1938 й.
Юпкақаватли ёки текислик хроматографияси
(Измайлов Н.А., Шрайберг М.С.)
1941 й.
Суюқликларнинг тақсимланиш
хроматографияси
(Martin A.D.P., Synge R.L.M.)
1952 й.
Газларнинг тақсимланиш хроматографияси
(Martin A.D.P., James A.)
1956 й.
Капиляр газ хроматографияси
(Golay M.)
1975 й.
Ион хроматографияси
(Small H., Stevens T.S., Bauman W.W.)
Barcha fanlar kabi xromatografiya usuli ham o‘zining tarixiga ega. 
Xromatografiya sohasida bajarilgan ishlardan biri sifatida nemis kimyogari Runge 
tomonidan bajarilgan ishlar qayd etiladi. U o‘zining 1850 yilda chop ettirgan ishida 
qog‘ozda frontal paydo bo‘lish usulida buyoqlarning ajratilish jarayonini yozgan. 
Shunga o‘xshash yana bir qancha ishlar ham topilgan. Runge va boshqa 
olimlarning ishlarida xromatografiya usulining qo‘llanilishi muvoffaqiyatli amalga 
oshirilgani bilan ilmiy yo‘nalish sifatida shakllanmadi. 
Xromatografiya usulining asoschisi rus olimi, botanik va fizik-kimyogari 
Mixail Semenovich Svetdir. Bu usulning asosida moddalar ajratilishida
ilgaridan ma’lum bo‘lgan hodisa - berilgan absorbentda moddalarning turlicha
absorblanishi (tanlab adsorbsiyalash) yotadi. 1903 yilda M.S.Svet Varshava
tabiatni tadqiq qiluvchilar jamiyatining ishlarida e’lon qilgan maqolasida
yangi usulning asosini bayon qildi va uning imkoniyatlarini adsorbentlar
yordamida barglar yashil xlorofill pegmentlarini (xlorofillinlar) sariq
(ksantofillinlar) va zarg‘aldoq (karotin) qismlarini ajratilishini ko‘rsatdi.
M.S.Svet o‘zining keyingi ishlarida o‘zining usulini takomillashtirdi va unga
nazariy va tajribaviy asos berdi. Lekin usha paytda hamma tadqiqotchilar


12
ham M.S.Svetning olgan tajribalarni takrorlay olmadi. Mazkur usulga oradan
27 yil o‘tgandan keyin nemis biokimyogarlari Kun, Lederer va
Vintershteynlar murojaat qilishdi va ular krotin izomerlarini alohida 
muvoffaqitli ajratishga muvofiq bo‘lishdi. Shundan boshlab xromatografiya
turli yo‘nalishlar bo‘yicha rivojlanishni boshladi va alohida ilmiy-texnik fan
sifatida shakllandi.
Xromatografiya usulining nomi uning rangli birikmalarni tekshirishga
mo‘ljallanganligini bildiradi. Lekin usulning rivojlanishi asosida M.S.Svet
usulning nafaqat rangli birikmalar, balki rangsiz birikmalarni tekshirilishida
qo‘llanilishi ham mumkin ekanligini bashorat qilgan edi. Dastlabki
bosqichlarda xromatografiya usulining rangsiz birikmalarni tadqiq etishda
qo‘llanilishiga ajralish jarayonini nazorat qiladigan asboblar – detektorlarning
yo‘qligi xalaqit berdi. Hozirgi kunda turli-tuman birikmalar namunalarini
analiz qilish imkoniyatini beradigan detektorlar ishlab chiqarilgan.
Xromatografiyaning organik, anorganik va analitik kimyoda qo‘llanilishi
biologiyada qo‘llanilishiga qaraganda kech boshlandi. Xromatografiya 
usulining anorganik birikmalar analiza qo‘llanilishiga bag‘ishlangan dastlabki
ishlar Shvab va uning xodimlariga taalluqli bo‘lib, 1937 yilda chop etilgan.
Bu ishlarda ba’zi kationlar va anionlar aralashmalarining alyuminiy oksidi
bilan to‘ldirilgan kolonkada ajralishi va sifat analizi berilgan bo‘lib,
analizning bajarilish texnikasi Svet qo‘llagan usuldan farq qilmaydi. 50-
yillarda ion almashinish smolalarini adsorbentlar o‘rnida qo‘llash hisobiga
anorganik birikmalarni ajratish va analizida katta yutuqlarga erishildi. Bu
ishlarning bajarilishiga atom portlashi va atom reaktorida uran va
plutoniylarning yemirilishi natijasida hosil bo‘lgan radioaktiv mahsulotlarining
salbiy oqibatlarini o‘rganish katta turtki bo‘ldi. Bunday mahsulotlar tarkibida
qo‘shimcha ravishda siyrak yer elementlarining radioaktiv izotoplari bo‘ladi.
Xromatografiyada ion almashinish smolalarining adsorbent sifatida
qo‘llanilishi bu mahsulotlarni to‘liq ajratish imkonini berish bilan bir vaqtda
ularning biologik faolliklari va har qaysi mahsulotning boshqa fiziko-


13
kimyoviy xossalarini alohida o‘rganish imkonini berdi. Bu esa atom va
yadro texnikasini rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi.
Ion almashinish xromatografiyasidan tashqari 1948 yilda Ye.N.Gapon va
T.B.Gaponlar kationlar va anionlarni ajratish va analizi uchun cho‘ktirish
xromatografiyasini taklif etishdi. Svet usulining bu variantida
xromatogrammaning hosil bo‘lishi moddalarning turlicha adsorblanishi yoki
taqsimlanish koeffitsiyenti turlicha bo‘lishiga emas, balki ularning cho‘kmalar
hosil qilish jarayoni va hosil bo‘lgan cho‘kmalarning turlicha erishiga
asoslangan.
Organik birikmalarning xromatografik analizi anorganik moddalar
xromatografiyasi bilan bir qatorda rivojlandi. 1935-1936 yillarda Svet
usulining sintetik buyoqlar analizida qo‘llashga bag‘ishlangan qator ishlar
chop etildi. Xromatografiyaning suyuq fazali variantlaridan qog‘oz
xromatografiyasi organik va biologik kimyoda keng qo‘llanildi.
Umuman olganda barcha fanlar kabi xromatografiya ham o‘zining ma’lum
tarixiga ega. Xromatografiya tarixining xronologiyasi:
1938 yilda. N.A. Izmaylov va M.S.Shrayberlar (Harkov kimyo-
farmatsevtika instituti) tomonidan yupqa qavat xromatografiyasining yaratilishi 
xromatografiyaning rivojlanishida muhim bosqich bo‘ldi. 1940 yilda Martin va 
Singlar tomonidan suyuqlik taqsimlanish xromatografiyasining ochilishi 
xromatografiyaning rivojlanishida muhim o‘rinni egalladi. Ular o‘z ishlarida 
aminokislotalarning atsetilli hosilalarini suv bilan to‘yintirilgan silikagel bilan 
to‘ldirilgan kolonkada erituvchi sifatida xloroformdan foydalanib, ajratishgan. Ular 
harakatdagi faza sifatida nafaqat suyuqlikdan, balki gazdan ham foydalanish 
mumkinligini qayd etishgan. Keyinchalik ular aminokislotalar hosilalarini suv 
bilan namlangan qog‘ozda harakatdagi faza sifatida butanoldan foydalanib, 
ajratishni amalga oshirishni taklif etishgan va birinchi bo‘lib ikki o‘lchamli 
ajratishni amalga oshirishgan. 1952 yilda Martin va Singlar taqsimlanish 
xromatografiyasini ochganliklari uchun Nobel mukofoti sovrindori bo‘lishdi. 


14
1952-53 yillarda Martin va Djeymslar aralashmani silikon DS-550 va 
stearin kislotadan iborat aralash sorbentda ajratish orqali gaz taqsimlanish 
xromatografiyasini amalga oshirishdi. Shundan buyon gaz xromatografiyasi jadal 
rivojlanib kelmoqda. Usul o‘zining tezkorligi, oddiyligi bilan tadqiqotchilar 
e’tiborini o‘ziga jalb etdi va ular tomonidan tan olindi. Shundan keyin 
xromatografiya usullarining rivojlanishi bilan ko‘plab qobiliyatli olimlar va 
injenerlar shug‘ullanishib, usulning nazariyasini rivojlantirdi, takomillashib borgan 
asbob-uskunalarni yaratishdi, xromatografik variantlarning kombinatsiyalarini, 
kolonkalarni, detektorlarni, kolonka va detektorlarni qo‘shish va qayta qo‘shish 
sistemalarini taklif etishdi. Xromatografiyaga bag‘ishlangan konferensiya va 
simpoziumlar muntazam o‘tkazila boshlandi. 1956 yildan boshlab
xromatorgafiyadan doimiy konferensiya ish boshladi. 
Xromatografiya ijodiy g‘oyalarni tadbiq etishning qiziqarli maydoni bo‘lishi 
bilan bir qatorda juda ham foydali analitik usul sifatida shakllandi. Dongdor 
olimlarning bir qismi usulni rivojlanishi bilan bevosita shug‘ullangan bo‘lsa, 
boshqalari uchun qo‘llanilishiga ilmiy faoliyatlarini bag‘ishladi. Masalan, Siborg 
xromatografiya usulini qo‘llab, bir necha transuran elementlarini ajratishni amalga 
oshirdi. 
1956 yilda Gole tomonidan kapillyar xromatografiyaning yaratilishi 
olamshumul ahamiyat kasb etdi. 
1962 yilda esa Porat va Flodinlar elak xromatografiyasini yaratishdi va va 
uni yuqori molekulyar birikmalarni ajratishga qo‘llashdi. 70-yillarning o‘rtalaridan 
boshlab suyuqlik xromatografiyasining jadal rivojlanish, 80-yillarning o‘rtalaridan 
boshlab esa flyuid xromatografiyasining amaliyotga qo‘llash va xromatografik 
jarayonlarni to‘lig‘icha kompyuterlashtirish davri boshlandi.
Xromatografiyaning rivojlanishiga A.A.Juxovitsskiy, A.V.Kiselev, 
K.A.Golbert, D.A.Vyaxirev, K.V.Chmutov, K.I.Sakodinskiy, K.M.Soldadze, 
V.V.Rachinskiy, M.S.Vigdergauz, V.G.Berezkin va boshqalar katta hissa
qo‘shganlar. O‘zbekistonda xromatografiyaning rivojlanishida Zakirov N.S. 
rahbarligida yaratilgan maktab ishlarining hissasi katta. O‘zbekistonda


15
xromatografiyaga bag‘ishlab o‘tkazilgan yirik ilmiy anjumanlar 1996 (Samarqand, 
xalqaro simpozium), 1980 (Toshkent, Butunittifoq), 1981 (Andijon, Butunittifoq), 
1994 (Toshkent, Mendeleev s’ezdi) yillarda o‘tkazilgan. Hozirgi kunda 
xromatografiyaning nazariy va amaliy muammolari bilan shug‘ullanadigan 
markazlar jumlasiga Toshkent Davlat texnika universiteti huzuridagi «Fan va 
tarakkiyot» davlat unitar korxonasi (prof.Qobulov B.J.) va Samarqand davlat 
universiteti kimyo fakultetini kiritish mumkin.
Nazorat savollari:
1. Xromatografiya faning predmeti nimadan iborat ? 
2. Xromatografiyaning rivojlanish tarixiga harakteristika bering. 
3. O‘zbekistonda xromatografiya bilan shug‘ullanuvchi qanday markazlar bor ? 

Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling