Microsoft Word Mehmonxona biznesida narxlarni belgilash hususiyatlari va uni takomillashtirish yoâ•Ÿllari


Bozorni mustahkamlash egallab olish strategiyasi


Download 282.14 Kb.
bet5/15
Sana22.06.2023
Hajmi282.14 Kb.
#1649369
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Mehmonxonalarda narx va narx siyosati kurs ishi FDU ZDS COMP

Bozorni mustahkamlash egallab olish strategiyasi. Bu kirib olish strategiyasi bo‘lib, sotuvchi bunda o‘z mahsulotiga imkon qadar past narx o‘rnatadi, hamda shu orqali bozorga ko‘pchilikni jalb etadi. Past narxlar daromadi har xil bo‘lgan iste’molchilarni tovar (xizmat)ni sotib olishga undaydi, buning natijasida sotuvchilar qisqa vaqt ichida bozorning katta ulushiga ega bo‘ladi. Bu strategiyani qo‘llashda dastlabki narx doimiy bo‘lib qoladi. Strategiyadan foydalanish natijasi harajatlarni sekin qoplanishi va ularni qoplash uchun haridorlarning yuqori darajasi bo‘ladi.
Turfirmaning narxlari prays-varaqlarda namoyon bo‘ladi. Prays-varaqa butun mavsumga tuziladi va shu mavsumga bo‘lgan tur narxidan iborat bo‘ladi. Ammo ular safar muddatlariga, narx va yashash sharoitlariga bog‘liq holda o‘zgarishi mumkin. Prays-varaqa bozorning barcha segmentlari talablariga javob berishi kerak. Turistlar daromad darajasiga, yoshiga va soniga qarab narxlar tabaqalanishi kerak.
Yaxshi prays-varaq iste’molchiga:

1.3 Turistik tashkilotlar faoliyatida narx yaratish siyosatida jahon


tajribasida qo‘llash
Ko‘pgina eksportlar narx yaratish va narx raqobatini menejerlar va marketologlar oldida turgan eng muhim masala deb hisoblaydilar. Narxlarni o‘zgartirishni kerakli tahlillarsiz amalga oshirish korxonani sindirishi mumkin. Narxlashtirish jarayonidagi eng katta xato harajatlarga mo‘ljal olinishidir. Yuqori narxlar mijozlarni yo‘qotishga, juda past narxlar esa korxonani zararga olib kelishi mumkin. Narx yaratishda marketologlar quyidagi omillarga e’tibor qaratishlari kerak: narx yaratishda yondashuvlar, narxlarning tashabbuskorona o‘zgarishi va bozor shartlari o‘zgarganda narxlarning o‘zgarishi, maxsus narxlar, jalb qiluvchi narxlar, shart-sharoit omillari va shu kabilar.
O‘zbekiston turizm bozorida xizmatlarni taklif etuvchi korxonalar xizmatlarini tahlil qilamiz. Masalan, “O‘zbekiston havo yo‘llari” avia kompaniyasini olaylik. Ushbu kompaniya O‘zbekiston bozorida monopol bo‘lganligi sababli raqobatchilarga ega emas. Lekin jahon turizm bozori bilan solishtiradigan bo‘lsak, narxlari boshqa kompaniyalarnikiga qaraganda juda yuqori.
1.4-jadval

Download 282.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling