I BOB. IQTISODIYOTNI BARQARORLASHTIRISH SHAROITIDA TURIZMDA NARXLASHTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
Turistik tashkilotlarning narxlashtirishninq mohiyati va hususiyatlari
Zamonaviy iqtisodiy ta’limot, narxni, uni tashkil etuvchi omillar majmuasining o‘zaro ta’siri natijasi, deb ta’riflaydi. Mukammal raqobat, ya’ni ko‘pgina kichik firmalar bozorga kirish va undan chiqishda bir xil ijobiy imkoniyatlardan, barcha axborot turlaridan keng holda foydalanilgan sharoitda narx bozori o‘rnatiladi. Bu narx - muvozanatli narx deb ataladi. Muvozanatli narx, bir tomondan, eng yuqori foyda olishga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan esa, eng yuqori sarf-harajatlarga teng bo‘ladi. Talab egrisi - turistik xizmatlarga bo‘lgan iste’molchilar talabi, ularning narxi pasayishi bilan o‘sib borishini ifoda etadi.
1.1-jadval.
Narxni shakllantirish maqsadlarini tanlash
Talabni aniqlash
Harajatlarni tahlil qilish
Raqobatchilar narxlarini tahlil qilish
Narxni shakllantirish usullarini tanlash
Yakuniy narxni tanlash
Xizmat yaratuvchilar esa, narxning o‘sishi bilan taklifni ko‘paytirishadi. Chizmada egrilarning bir nuqtada uchrashuvi talab va taklifning muvozanatda bo‘lishini taqozo etadi, narx esa bu muvozanatning ifodasi bo‘ladi.
Turistik mahsulot narxining ikki chegarasi mavjud: quyi va yuqori. Quyi chegarasi, bu yaratilgan tovarning tannarxi, yuqori chegarasi esa, aniq tovarga bo‘lgan talabdir. Demak turmahsulot narxining miqdori uning qiymati va shu mahsulotga bo‘lgan talab bilan belgilanadi. Bundan tashqari, turmahsulotning
narxiga bir qator omillar: xizmat ko‘rsatish darajasi, ishlatiladigan transport vositalari, xizmat ko‘rsatish shakli (yakka yoki guruhiy), xizmatlar bozorining konyukturasi, xizmatlar taklifining mavsumiyligi, reklama samarasi va hokazolar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Turizm marketingida narxning shakllanishiga muhim ahamiyat berilib, uning jarayoni 1.2-jadval asosida ifoda etiladi.
Xizmatlar sohasida, hususan turizm sohasida narx o‘ziga hos hususiyatlarga
ega:
kerak;
xizmatlarning narxi chakana narx;
turpaket narxi salohiyatli haridorning nisbiy tuyg‘ularini uyg‘otmasligi
turizm xizmatlarga bo‘lgan talab mavsumiy tavsifga ega;
xorijiy turistlar uchun turistik xizmatlar, odatda, qimmat bo‘lib, erkin
almashinadigan valyutada o‘rnatiladi.
1.2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |