Microsoft Word menejment va marketing asoslari
-chizma. Boshqaruv ob'ekti va sub'ekti
Download 1.44 Mb.
|
menejment va marketing asoslari o`quv qo`llanma
5-chizma. Boshqaruv ob'ekti va sub'ektiIshlab chiqarishni boshqarish - ishchilarni boshqarishdan iborat bo’lib, ular o’z navbatida mehnat vositalarini boshqaradilar. Odamlarni boshqarish ishlab chiqarishda ularning munosabatlariga ham ta'sir ko’rsatishdir. Masalan, har bir korxona tsexlararo asosiy va yordamchi tsexlar o’rtasida, har bir tsexda esa uchastkalararo; o’z navbatida har qaysi uchastka yoki brigadalarning ishchilari o’rtasida ishlab chiqarish aloqalari va munosabatlari mavjud bo’ladi. Shuningdek, korxonalar boshqa korxonalar bilan mahsulot sotish, ishlab chiqarish vositalari bilan ta'minlash borasida ham ishlab chiqarish aloqalarini o’rnatadi. Bu munosabatlar kooperatsiya va mehnatni, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish darajasiga bog’liq. Iqtisodiy faoliyat ishlab chiqarishdan boshlanadi. har qanday ishlab chiqarishda ikki omil - shaxsiy-insoniy omil va moddiy-ashyoviy omil ishtirok etadi. Chunonchi: Ik Ich Т А I IChv Bu erda: Ik - ishchi kuchi (shaxsiy insoniy omil); IChv - ishlab chiqarish vositalari (mehnat predmetlari, ya'ni xom-ashyo, materiallar va mehnat qurollari, ya'ni mashina, asbob-uskunalar, o’lchash, hisoblash asboblari va hk.); Ich - ishlab chiqarish jarayoni; T - taqsimot; A - ayirboshlash; I - iste'mol. Ishlab chiqarish jarayonida mahsulot yaratiladi va u taqsimot, ayirboshlash orqali iste'mol qilish bilan tugallanadi. Ishlab chiqarish muhitida boshqarish faoliyatining asosiy maqsadi - bu ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va yuqori foyda olishdir. Foyda olish esa: ishlab chiqarish omillaridan foydalanish samaradorligiga; investitsiya samaradorligiga; mahsulot sifati va uning raqobatbardoshliligiga; tez va samarali qarorlarning qabul qilinishiga; yangi texnika va texnologiyaning joriy qilinish darajasi kabi qator omillarga bog’liqdir. Demak, ishlab chiqarishni boshqarish bevosita, ishlab chiqarish jarayoniga ta'sir qiluvchi tashqi va ichki omillarni boshqarish jarayonlarini o’z ichiga oladi. Chunonchi: ishchi kuchini boshqarish; ishlab chiqarish vositalarini boshqarish; texnikua va texnologiyani boshqarish; ishlab chiqarish samaradorligini boshqarish; mahsulot sifatini boshqarish; investitsiya samaradorligini boshqarish; innovatsion jarayonni boshqarish va b. Qayd qilingan ob'ektlarni boshqarish dastlab rejalashtirishdan boshlanib, ishlab chiqarishni tashkil qilish, uni tartibga tushirish, muvofiqlashtirish bilan davom ettirilib, nazorat bilan tugaydi. Bu erda rag’batlantirish ishlab chiqarishni boshqarishning barcha funktsiyalari jarayonida o’z aksini topadi. Download 1.44 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling