KORXONA FAOLIYATINI REJALASHTIRISH VA BASHORAT QILISH
Buxoro Davlat Universiteti
Iqtisod va turizm fakulteti
3-2 IQT -21 talabasi
Jumayev Jonibekning
Korxona iqtisodiyoti fanidan tayorlagan slaydi
Korxonalarda rejalashtirish va bashorat qilish
Basharot – bu, korxona, obyekt yoki hodisaning
kelajakdagi ahvoli va ularni amalga oshirish variantlari va
muddati to`g`risidagi ilmiy jihatdan asoslangan mulohazadir.
Bashoratlarni ishlab chiqish jarayoni bashorat qilish, ya`ni kelajak-
Ni hozirgi paytdan kelib chiqqan holda oldindan ko`ra bilish
deb ataladi.
Rejalashtirish tufayligina korxonalar ishlab chiqarishni tashkil etish va texnologiyalarning optimal vari’antlarini tanlaydi, resurslar bilan o`z vaqtida ta`minlash vazifasini bajaradi, asosiy va aylanma vositalarga ehtiyojni belgilab beradi, mahsulotni sotish kanallari va usullarini aniqlaydi. Bundan tashqari, rejalashtirish ishlab chiqarish zahiralari va raqobatdagi ustunliklardan maksimal darajada foydalanish, iqtisodiyotdagi yangi oqimlarni anglab olish, korxona faoliyatidagi kamchiliklarni yo`qotish va turli xil tavakkalchiliklarni kamaytirishga imkon beradi. Har bir korxonani tashkil qilinishi va faoliyat yuritishi aynan rejalashtirishdan boshlanadi.
Rejalashtirish tartibga soluvchi jarayon sifatida korxona faoliyatini yaqin va uzoq istiqbol sari ilgari surish, asoslab berish, muayyanlashtirish va izohlab berishni ifodalaydi.
Rejalashtirish va prognozlashtirish o`zaro aloqada bo`lgan ikkita jarayon bo`lib, xo`jalik faoliyatini avvaldan bajarilgan hisob-kitoblar, eng kam tavakkalchilik va eng yuqori natijalarga erishish asosida yuritishni ko`zda tutadi.
Korxonalar faoliyati va iqtisodiyotda rejalashtirishdan tashqari bashorat qilish ham katta rol` o`ynaydi. Bashorat qilish xo`jalik faoliyati yurituvchi subyektning istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan holatlarni ilmiy asoslagan holda avvaldan ko`ra bilishini ifodalaydi.
Bashorat qilish rejalashtirish tavsifida o`z aksini topadi: ishlab chiqarish va korxona iqtisodiy hayotining boshqa jihatlarini strategik rejalashtirish – o`rta va uzoq muddatli bashoratlar asosida hamda joriy rejalashtirish – qisqa muddatli bashoratlar asosida ishlab chiqiladi. Bu yo`nalishlarning ikkalasi ham o`zaro uzviy aloqada bo`lib, ishlab chiqarish strategiyasini fan-texnika taraqqiyoti va hayotning real voqeligi bilan bog`laydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |