Yaxlitlanmagan narx - yaxlit raqamlardan sal pasaytirib qo’yiladigan narx.
Yashirin talab - qandaydir konkret ehtiyoj bor va talabga aylanishi mumkin, lekin uni mavjud tovarlar bilan qondirib bo’lmaydi.
O’zgaruvchan narx - bozordagi vaziyatga qarab o’zgartirib boriladigan narx.
O’sayotgan talab - talab darajasining dambadam o’sib va pasayib turish
holati.
O’xshash tovarlar - bir ehtiyojni qondirishga mo’ljallangan, lekin bir-biridan
qandaydir hislatlari bilan farq qiladigan tovarlar.
Qaror - bu bajarilishi mumkin bo’lgan ishning aniq yo’lini tanlab olishdir.
Qaror qabul qilish - mavjud holatning bo’lishi lozim bo’lgan holat bilan mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi.
Qarshi harakatlanuvchi marketing - ilmiy-texnika progressi va atrof- muhitni muhofaza qilishga javob bermaydigan tovar va ishlab chiqarish vositalariga aks holda marketing chora-tadbirlarini tashkillashtirish.
Qisqa muddatga xizmat qiladigan tovarlar - bir zumda yoki juda qisqa vaqt ichida iste'mol qilinadigan tovarlar.
Qondirilgan talab - ma'lum davrda tovarlar sotib olish uchun mo’ljallangan mablag’ni sarf qilib, kerakli tovarlarning sotib olinishi.
Qondirilmagan talab - iste'molchi talabistaklariga mos keladigan tovar tanlab olish imkoniyati bo’lmasligi tufayli olishga mo’ljallangan mablag’ning sarf bo’lmay qolishi.
Qondirilgan ehtiyoj - ehtiyojning ma'lum paytda uni qondiradigan narsalar bilan haqiqatan ta'minlangan qismi.
Quvvatlantiruvchi marketing - talabning pasayishini to’xtatish maqsadida qo’llash vaziyatlarni saqlab qolish uchun tegishli choralarni amalga oshirish.
Quvvatlangan tovar - real, aniq tovarni ishlatish uchun zarur bo’ladigan yana boshqa tovarlar, ehtiyot qismlar, xizmatlar bilan birgalikdagi ko’rinishi.
Haddan ortiq talab - mavjud sharoitda bunday talabni to’la qondirish imkoniyatlari bo’lmaydi.
Haqiqiy taklif - ma'lum paytda bozorda haqiqatan bor tovarlar, ularning turlari va hajmi.
Haqiqiy (real) tovar - sifat darajasi, xossalar to’plami, o’ziga xos shakli, bezatilishi, nomi, o’ramiga ega bo’lgan aniq tovar.
Haqiqiy ehtiyoj - ma'lum paytda yaxshi anglangan, aniq va qondirish mumkin bo’lgan ehtiyoj.
Do'stlaringiz bilan baham: |