Boshqarish strukturasining mazmuni
Boshqarish strukturalarining tashkiliy turlari
Boshqarish strukturasini qayta tashkil qilish usullari, shakllari va yo’llari
Bozor munosabatlariga o’tish jarayonida vujudga kelgan yangi tipdagi korxona, firmalarning mohiyati va mazmuni
"Struktura" - lotincha so’z bo’lib, narsalar tarkibiy qismlarining o’zaro bog’liq, ravishda joylashishi, tuzilishini bildiradi.
Boshqarish strukturasi deganda boshqaruv maqsadlarini amalga oshiruvchi va funktsiyalarni bajaruvchi bir-biri bilan bog’langan turli boshqaruv organlari va bo’g’inlarining majmui tushuniladi. Boshqarishning u yoki bu vazifalarini hal qilish uchun muayyan organlar tuziladi. Boshqarish organlari tizimi, quyi organlarning yuqori organlarga bo’ysunishi va ular o’rtasidagi o’zaro aloqa boshqarish strukturasi tushunchasini tashkil qiladi. Bunday struktura odatda "boshqaruv apparati strukturasi" deb yuritiladi. U biron-bir boshqaruv organining (vazirlikning boshqaruv apparati, korxonaning boshqaruv apparati va h.k) bo’limlari tarkibini bildiradi.
Boshqarish strukturasi ishlab chiqarish strukturasi bilan ham ifodalanadi. Bunda boshqarishni tashkil etishning dastlabki va belgilovchi omili ishlab chiqarish jarayoni bo’lib hisoblanadi. U o’zaro bog’langan asosiy, yordamchi va xizmat ko’rsatuvchi jarayonlardan iborat bo’lib, bu jarayonlar bo’limlar va xodimlar o’rtasida mehnat taqsimotini talab qiladi. Shu maqsadda ishlab chiqarish bo’limlari va ularga xos bo’lgan boshqaruv apparati tuziladi.
Bo’linmalar yig’indisi, ularning tarkibi va o’zaro aloqa shakllari korxonalarning ishlab chiqarish strukturasini tashkil etadi. Har bir korxona o’ziga xos ishlab chiqarish strukturasiga egadir.
Shunday qilib, boshqarishning maqsadlari, funktsiyalari, vazifalari, ob'ektlari va organlari uning tashkiliy strukturasini belgilab beradi.
Tashkiliy strukturalarni hosil qiladigan boshqarish organlari boshqaruv bo’g’inlari va boshqaruv bosqichlari shaklida bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |