Mexanik tarzda tashkil etilgan struktura ichida turli shakllardagi uzviy strukturani tashkil qilish.
Bu degan so’z korxona tarkibiga:
venchur va innovatsiya, ya'ni "biznesga tavakkalchilik "bo’limlari
biznes-markazlar
ekspert guruhlari
ishchi, brigadalar guruhlarini tashkil qilishni bildiradi.
Venchur va innovatsiya bo’limlaridagi tadbirkorlar yangi texnologiya uchun o’zlarining kapitalini yoki olgan qarz mablag’larini tavakkal qiladilar. "Venchur" iborasi tadbirkor, rahbar yoki menejerning tavakkalchilikdagi:
uddaburonligi, epchilligi
serharakatliligini
quntli, matonatliligini
dadilligi, jasoratliligini
jo’shqin, biznesga berilib ketishini bildiradi.
Konglomerat, modulli va "atomistik" strukturani barpo etish. "Konglomerat" - bu turli strukturalarni birgalikda qo’shib olib borilishini
anglatadi. Bunday strukturani yirik korporatsiyalarda, ya'ni chiziqli, funktsional, dasturli maqsadli strukturalarning birgalikda amal qilishida ko’rishimiz mumkin.
Axborot inqilobi byurokratiyaga bolta uruvchi modulli strukturaning, to’g’ridan-to’g’ri ma'muriy buysunuvchanlikka chek qo’yuvchi "atomistik" strukturalarning tashkil topishini taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |