Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Download 1.44 Mb.
bet76/324
Sana02.01.2022
Hajmi1.44 Mb.
#184459
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   324
Bog'liq
menejment va marketing asoslari o`quv qo`llanma

Ijtimoiy psixologiya - bu kishilar va jamoa faoliyati psixologik va ijtimoiy omillarning o’zaro aloqasi qonunlarini, turli sotsial guruhlar xususiyatlarini, jamoa muloqoti va o’zaro ta'sir ko’rsatish shakllarini o’rganadigan psixologiya fanining sohasidir.

Mehnat jamoalaridagi sotsial-ruxiy vaziyat yuzaga kelgan nizolar soni bilan belgilanadi.



Nizo - bu rahbar, ishchi va boshqa xodimlar orasida muayyan masalalarni hal qilishda tomonlarning bir-biri bilan bir echimga kela olmaganligini bildiradi.

Jamoa a'zolari orasidagi nizolar, asosan ishlab chiqarishning qoniqarsiz tashkil qilinganligi, jamoa a'zolarining ruhiy holatlari hisobga olinmaganligi, zarur ish sharoitining yaratilmaganligi va boshqa sabablar natijasida vujudga keladi.

Mehnat jamoalari orasida nizo chiqaruvchi ayrim shaxslar bo’lishi ehtimoldan uzoq emas. Bunday shaxslar ish paytida foydali mehnat bilan shug’ullanish o’rniga, o’zlarining o’rinsiz e'tirozlarini gapirib ham o’zlarini, ham boshqalarni ishdan chalg’itib, ishlashga halaqit beradi.

Bunday nosog’loim vaziyat jamoa a'zolarining kayfiyatiga salbiy ta'sir qiladi, ularni asabiylashtiradi, natijada sotsial-ruhiy vaziyat yomonlashdi. Bu esa o’z-o’zidan ishga salbiy ta'sir ko’rsatadi.




Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling